Понедельник, 30.12.2024, 20:56
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Сентябрь » 6 » (Zarina ismli qiz maktubi asosida) Ta'sirli Hikoya
12:37
(Zarina ismli qiz maktubi asosida) Ta'sirli Hikoya
Men opamning taqdirini aytib bermoqchiman. Bu xuddi qörqinchli tushga öxshaydi. Opam bir yigit bilann bir-birlarini qattiq sevishardi. Yigit opamni bir zum ham yolg'iz qoldirgisi kelmasdi. Shunchalik sevardiki, xatto tun-u kun eshigimiz tagidan ketmasdi. Men uni issiq kunda ham, sovuq tunda ham köp bora uyimiz qarshisida körardim. Ammo adam bilan oyim bu haqda bilib qolishgach opamga qattiq shart qöyishdi: yo u, yo biz... Opam xonasida rosa yig'ladi ösha kuni. Bu köz yoshlar yetaklab kelgan dardni opamning közlaridan boshqa hech qayerda uchrtamaganman. Keyin ösha yigit bilan umuman körishmay qöydilar. Aminman, opam endi faqat Xudodan adamning rozi bölishini söraydigan bölgandi. Köp ötmay boshimizga musibat tushdi. Opam og'ir xastaligini bildik. Unda miya saratoni borligini eshitganimizda uyimizda deyarli hamma yig'lagandi. Adam opamni köp doktorlaga körsatdilar. Ular zudlik bilan operatsiya qilish lozimligini aytishardi. Bu orada ösha yigit köp marta telefon qildi. Tabiiyki, opam unga bu haqda aytishimizni umuman xohlamasdilar. Yigit Moskvaga ketyotganligini bilgach, yana rosa yig'ladilar. Men öshanda tushunganman. Inson özidan ham battar yöqotishdan qörqadigan insonlar bölarkan dunyoda. Har holda opamning közidan (katta ehtimolki, qalbidan ham) oqayotgan köz yoshlari shundan dalolat berardi. Opamga oxirgi marta u bilan körishish u-n ruhsat berishdi. Ösha kecha opam bilan birga chiqdik. Opam u bilan yonma- yon turib, bir og'iz ham gapirmadi. U faqat yig'ladi. Yigit esa opamni yupatardi: "Men tezda qaytaman, jonim, yig'lama",- derdi u. Öshanda u opamni sönggi bor körib turganligini qayerdan ham bilardi. U ketgach opam meni quchoqlab, qulog'imga shivirlaganida butun vujudim muzlab ketdi. Opam aynan shunday dedilar: "Nega aynan men?"... Yigit ketgach opam u bilan telefonda ham gaplashmadi. Ehtimol qörqqandir. Unga hammasini aytib yuborishdan qörqqandir. Uni operatsiya qilishadigan kun ham keldi. Ösha kun kutish zalida ötirib, Xudodan opamning tirik qolishini söradim. Qizil chiroq öchib, doktor chiqqach esa... adamning toshdek qotganlariyu, oyimning ezilib yig'laganliklari yodimda qolgan xalos. Opamni qabrga qöydik... Ancha vaqt ötgach, tongda dasturxon atrofida ötirganimizda ösha yigit Moskvadan telefon qildi. Men javob berdim. Unga opam vafot etganligini aytdim. U gapimni oxirigacha eshitmasdan göshakni qöyib qöydi. Ösha kuni yarim tunda eshik taqilladi. Adam eshikni ochganlarida qarshisida ösha, opam sevgan yigit turardi... Uning közlarida men opamning közlarida ham körmaganim öta kuchli alam bor edi. Ösha kuni ilk bora adamning yig'laganlarini kördim. Ehtimol köz yoshlari bir vaqtlar ularni majburan ayirganliklari uchun pushaymonliklaridandir... Ehtimol yigitning közlarida opamning yuzlarini körgandirlar...

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 14305 | Добавил: Admin | Рейтинг: 4.5/4
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Сентябрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz