Воскресенье, 06.10.2024, 21:45
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Июль » 29 » Varikozning oldini oluvchi mashqlar akvaaerobika
09:37
Varikozning oldini oluvchi mashqlar akvaaerobika

Varikozning oldini oluvchi mashqlar

Qomatni har qanday yoshda va har qanday vaziyatda parvarish qilish kerak. To‘g‘ri ovqatlanish va mashqlar rejimiga amal qilgan holda, siz har doim betakror ko‘rinishga ega bo‘lasiz. Ko‘p holatlarda salomatlik bilan muammolar, xususan varikoz, jismoniy mashqlarni bajarishga to‘siq bo‘ladi.

Varikoz muammosi – u jismoniy mashqlar uchun to‘siq emas. Shunchaki yuklama turini to‘g‘ri tanlash kerak xolos. Ushbu materialda biz qaysi mashqlarni tanlash va qaysilaridan voz kechish kerakligi haqida gapirib beramiz.

Tavsiya etilmaydigan jismoniy mashqlar: yugurish, tez tempdagi raqslar, step-aerobika, faol kardio mashqlar, kallanetika va bir qator kuch talab etuvchi mashqlar.

Yuqorida biz taqiq ostiga tushuvchi keng tarqalgan mashqlarning hammasini sanab o‘tganimiz yo‘q. Shuni ham inobatga oling.

Varikozda suzish va akva-aerobika bilan shug‘ullanish juda foydali. Suv mashqlari tomirlar uchun halokatli bo‘lgan yuklamani bermaydi va qomatni ushlab turishga hamda ozishga yordam beradi. Buning ustiga suv bosimi havo bosimidan bir necha baravar katta, bu esa qonning turib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Akva-aerobika mashqlari – bu holdan toydiruvchi mashqlarsiz paydo bo‘ladigan va jarohat olish yoki pay cho‘zilishidan qo‘rqmasdan ajoyib kayfiyat, mustahkam sog‘liq va chiroyli qomatdir. Suvda murakkab bo‘lmagan mashqlarni bajargan holda, siz ortiqcha kaloriyalardan xalos bo‘lasiz, tananing qayishqoqligini oshirasiz va mushaklarni mustahkamlaysiz.

Toshkentda akva-aerobika mashqlari:

«O’zbekistan» Suv sporti saroyi (General Xo‘jaev ko‘chasi,1) tel. 234 32 85

Mashg‘ulotlar haftada 3 marta (dushanba, seshanba, juma) soat 9:30, 1:00, 18:45 da olib boriladi.

Bir mashg‘ulotning qiymati – 9 000 so‘m

Chehov sport klubi (Chexov ko‘chasi 40/1) tel. 929 20 00

Bir martalik tashriflar ko‘zda tutilmagan. Mashg‘ulotlarga faqat yarim yil yoki bir yilga abonement sotib olgan holdaaerobika yozilish mumkin.

Shuningdek, venalari bilan muammolari bor kishilar uchun pilates mashqlari ideal hisoblanadi.

Pilа́tes – bu Jozef Pilates tomonidan ishlab chiqilgan jismoniy mashqlar tizimi. Pilates tanga mushaklarini mustahkamlaydi, qayishqoqlikni oshiradi va organizmning umumiy jismoniy holatini yaxshilaydi. Pilates tizimidagi mashqlar gilamchalarda va Pilates tomonidan maxsus ishlab chiqilgan uskunalarda bajariladi.

Agar siz faqat trenajyor zaliga, klassik fitnes yoki sheypingga qiziqsangiz, unda bitta qoidani eslab qoling. Varikozda unga amal qilinishi shart: oyoqlardagi mashqlarni boshqalariga almashtiring. Masalan, stanok oldida turib oyoqlarni siltashni faqat yotgan holatda siltashlarga almashtiring.

Shuningdek, varikozda stretching, yoga yoki arab raqslariga qatnashish mumkin. 

u-lady.uz

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 3376 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Июль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz