Qiyinchiliklardan
qochib yashashga harakat qilamiz… umid bog’laymiz.. malhamimiz
orzularimiz bo’ladi. Ro’yobga chiqishi umrini oxirigacha cho’zilishini
bilsa ham, kutadi inson… sabr qilgan doim g’olib bo’ldi. Maqsadimiz
baxtli bo’lish edi… yolg’on dunyoda bir iz qoldirish… Har kimning
vazifasi turli mukofoti boshqacha bo’ldi… vaqtni to’xtata olsak yoki
ortga qaytarsak, pushaymonliklarimizdan qutila olamizmi? Menimcha iloji
yo’q. Hamisha afsuslanishga sabab bo’ladigan ishlar bor. Yillar o’tib
borar ekan kech qolish hissi bilan tanishdik. Umrimiz o’tib borar ekan,
qo’ldan boy berishni hohlamaganimiz BAXT payiga tushdik. Yillardan
o’qimagan kitoblarimizni o’qidik, bir necha til o’rgandik, kezdik,
xatolar qildik, yangi hayot bilan tanishdik. Vaqtni ayblab qo’yish
o’rniga jasur bo’lish va hohlash yetarli ekan. Bir kun tanlashingiz
kerak bo’lib qolsa ikki yo’l bor birini tanlang. Shu on kelishini
hohlaysiz, keyin yaqiningiz uchun fidokorlik qilasiz, vaqt esa
fidokorlini mukofotlaydi. Vaqt o’tyapti, umrimiz tugab boryapti …
ba’zan, shoshma! Yurma! Baxtimni buzma! deya hayqirging kelarkan… keyin
hamma yaralarni mahorat bilan davolab qo’yganini sezamiz… Inson
hammasini unitadi! Qanchalar og’ir kunlar kechirganini, qanchalar
kurashganini… Keyin esa ortimga qarab qotib-qotib kulaman, HAMMASI
O’TDI… Baxtliman..! senga rahmat vaqt, menga o’rgatgan hamma narsang
uchun katta rahmat.
|