Среда, 04.12.2024, 12:05
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Март » 17 » UCHTA GUNOH
08:42
UCHTA GUNOH
— Uchta gunoh bor, — dedi donishmand.
Olomon jim bo‘lib qoldi.
— Birinchi gunoh — bu ichiqoralik. Agar qo‘shningizning sigiri harom o‘lgan bo‘lsa, bu quvonish uchun sabab emas. Men qo‘shningizga yordam berishingiz kerak demoqchi emasman, lekin hech bo‘lmasa birovning qayg‘usidan sevinmaslik kerak. Qo‘shnilaringiz ham odam, ularga yomonlik tilamaslik lozim.
Olomon ma’qullab shovqin soldi. Donishmand hamma tinchishini kutib, yana davom etdi:
— Ikkinchi gunoh — bu umidsizlik. Agar bittagina sigiringiz bo‘lsa ham, u kasal va qari bo‘lsa ham, hatto ozgina sut bersa ham, umidsizlikka tushmaslik kerak. Hayotdan zavqlaning. Ha, u kasal va qari, lekin baribir sigir-ku. Masalan, ba’zilarning umuman sigiri yo‘q.
Olomon yana ma’qullab shovqin soldi. Donishmand odamlar tinchishini kutib, davom etmoqchi bo‘ldi, lekin olomon ichida bir kishining ovozini eshitdi:
— Agar men umidsizlikka tushmay, sigirim borligidan quvonsam, kimdadir esa u yo‘q bo‘lsa, bundan chiqdi, men o‘sha kimdir mendan yomon yashayotganidan quvonaman-ku, bu ham ichiqoralik.
Odamlar bu gapni mulohaza qilib o‘ylanib qolishdi, donishmand esa o‘z nutqini tugatdi:
— Uchinchi gunoh — bu ming‘ir-ming‘ir qilish, mijg‘ovlik. 
manba:sevdora.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 1016 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Март 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz