Среда, 18.12.2024, 07:58
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Июнь » 28 » U qorongulikdan quradi ....
15:43
U qorongulikdan quradi ....
Reanimatsiya bölimiga bir yigitni olib kelishdi. Közida yosh, qandaydir ma'yus ovozda baqirardi: "Men ölishim kerak! Bu dunyoda yashashga haqqim yöq! Nargizamning yoniga borishim kerak, u qorong'ulikdan qörqadi.." Uning holati meni batamom karaxt qilib qöydi. U bizni deyarli sezmasdi ham. Menga bu bemor özini öldirishga uringanligini va alohida nazoratda bölishi lozimligini aytishdi. Sezdimki sevgan qizining vafotini kötara olmagan. Men shu tunda uning yonida qoldim. Yashash ishtiyoqini yöqotgan bechora bemorim tomirlariga yuborilgan dorilar ta'sirida chuqur uyquda edi. Közim ilinibdi. Tongotar chog' uning alahsirashidan uyg'onib ketdim: "Azizam, qörqma, men albatta boraman, faqat qörqma!" Uning közlaridan yosh sizardi. Yoniga borib, qölidan siqdim, buning oddiy bir tush ekanligini, hali hammasi yaxshi bölishini tushuntirdim. Qörqqanidanmi qorachiqlari kengayib ketgan, kipriklari nam bu navqiron yigit menga bir muddat jim termulib qoldi. Keyin siniq ovozda söz boshladi: "U b-n ilk marta uchrashganimda 18 yoshda edim. Uningdek parini menga röbaro qilgani uchun Yaratganga shukr qilaman. Men u kabi farishtani ilgari hech körmagandim. Jonimdan ziyod sevardim. Nargizam, gulim.. Doktor, u qorong'ulikdan judayam qo'rqardi... Biz baxtli edik, ösha kun töyimiz ham aniq bölgandi, shom tushgach uni uyiga kuzatib qöydim. Shomda.. Negaligini bilasizmi? Chunki shom kun b-n tunni ajratadi... Doktor men qayerdan ham bilardim bu shom meni Nargizamdan ajratishini..." Yigit biroz jim qoldi, uning yuzlaridan oqayotgan yoshlarni körib uni yupatishga ojiz edim. Biroz ötgach u davom etdi: "Tongda uyg'onganimda uning uy telefonidan qöng'iroq keldi. Odatda har tong u menga qöng'iroq qilardi, kunni ajoyib qarshi olish kerakligini uqtirardi. Lekin bu safar göshakdan uning onasining yig'i aralash iztirobli ovozi eshitildi: Ög'lim, endi Nargiza oramizda yöq... Mana shu 5 söz hayotimni ostin-ustun qilib yubordi. U menga nimadir demoqchi bo'lgan, ortimdan chopgan-u, avtohalokatga uchragan... Ösha mashinaga öt qöyaman doktor, axir u qörqardi... Eshityapsizmi, u qorong'ulikdan qörqardi... Nargizam, gulim... U menga doim aytardi, biz dunyoda eng baxtli bölamiz deb. Doktor ayting, usiz qanday yashayman endi? Ayting doktor, sen ham ölishing kerak deb ayting! Ayting..." Bemor ortiq gapirolmadi. Xuddi uniki kabi shu asnoda mening ham közlarimda yosh tinmasdi. Uni yupatdim. Hali hammasi yaxshi böladi dedim, endi uning u-n ham yashashing kerak dedim. U nihoyat uxlab qoldi. Ertasiga tongda smena almashdik, kechgacha hayolim unda böldi. Allohdan unga iroda tiladim. Shom tushgach yana shifoxonaga keldim-u darrov uning palatasiga shoshdim. Lekin uning kravati bösh edi. Xamshiralar bilmaydi. Kimdir uni 5-qavatda köribdi. Ey, Xudo... Tepaga shoshildim. Taxmin qilganimdek u bino tomida pastga qarab turardi. Uni chaqirib hayajon b-n bunday qilmasligini söradim. U nariroqdan közida yosh, lablarida achchiq tabassum b-n menga qaradi: -Kechiring doktor, u qorong'ulikdan qörqadi...
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 907 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Июнь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz