Nimaga odam orqaga o‘girilib qaraydi?
(Orqasida ko‘zi yo‘q)
Odamzodda nima ko‘p?
(Umid, reja)
Odamda nima bo‘lmasa, nimali bo‘lmasa, Nima qilmasa yashay olmaydi?
(Hunari, ilmi bo‘lmasa, mehnat qilmasa)
Dunyoda nima chaqqon?
(Fikr)
Dunyoda nima yugurik?
(O’y)
Dunyoda nima qimmat?
(To‘g‘rilik, rostlik)
Dunyoda nima ko‘rinmaydi?
(Sevgi)
Qilichdan o‘tkir nima?
(Ko‘z)
Yuqoridan pastga qarab o‘sadigan narsa nima?
(Sariq sumalak)
Tipratikan qishda nima qiladi?
(Uxlaydi)
Yumuq ko‘z bilan nimani ko‘rish mumkin?
(Tush)
Ko‘prik ustida ketayotgan odam oyog‘ining tagida nima bor?
(Oyoq kiyimining charmi)
Dunyoda bir narsa borki, u bo‘lmasa hech kim bir-birini tanimaydi, u nima?
(Ism)
Yuki bo‘lsa yuradi, yuksiz to‘xtaydi.
Nima ekan u?
(Osma soat)
Har kim to‘yar, kim to‘ymas?
(Baxil, hasadchi)
Qaysi joyda daryolar suvsiz,
Shaharlar uysiz bo‘ladi?
(Xaritada)
Qaysi hayvon butun qish bo‘yi boshini pastga qilib uxlaydi?
(Ko‘rshapalak)
Qaysi joyda osmon pastda bo‘ladi?
(Suvda)
Qaysi so‘roqqa hech qachon «ha» deb to‘g‘ri javob berish mumkin emas?
(«Uxlayapsanmi?»— degan so‘roqqa)
Qaysi vaqtda soatga qarash mumkin emas.
(Uxlaganda)
Kecha «ertaga», ertaga «kecha» bo‘ladigan kun qaysi?
(Bugun)
Hayvonlardan birining nomini ikki tomondan o‘qilsa ham o‘zgarmaydi. Bu qaysi hayvon?
(Kiyik)
Sovuqda bir xil kiyingan kishi va bola turibdi, bularning qaysi biri tezroq sovuq yeydi?
(Ikkovi ham)
Qanday idishni sira to‘ldirib bo‘lmaydi?
(Teshik idishni)
Dengiz ostida qanday tosh bo‘lmaydi?
(Quruq tosh)
Qanday soat bir sutkada ikki marta vaqtni to‘g‘ri ko‘rsatadi?
(To‘xtagan soat)
Topishmoq so‘zini qanday o‘qish mumkin?
(Chapdan o‘ngga)
Uch og‘ayni qanday otni oq dalada yeldiradi?
(Uch barmoqning qalam ushlab yozishi)
Yomg‘ir yog‘ib turganda, qarg‘a qanday daraxtga qo‘nadi?
(Ho‘l daraxtga ko‘nadi)
Tushimda yovvoyi hayvonlar meni taladi, ulardan qanday qilib qutulish mumkin?
(Uyg‘onib)
Uchta traktorchining Ahmad ismli akasi bor. Lekin Ahmad akaning ukalari yo‘q. Bu qanday bo‘ladi?
(Traktorchilar — ayollar, Ahmad akaning singillari)
Qora mushuk qay vaqt uyga osongina kira oladi?
(Eshik ochiq bo‘lsa)
Suv qaerda ustundek turadi?
(Quduqda)
Qachon uchni ko‘rib o‘n besh deymiz?
(Kunduz soat 3 da)
Og‘zida tishi yo‘q odam tish og‘rig‘ini qachon biladi?
(It tishlaganda)
Bir joyda yonib turgan sakkiz lampochkadan uchtasi o‘chsa, nechta lampochka qoladi?
(Sakkizta lampochka qoladi, chunki uch lampochka singani yo‘q)
Nahorga nechta tuxum yeyish mumkin?
(Bitta, qolganlari nahor deb hisoblanmaydi)
Sizga tegishli bo‘lgan nimangizni sizdan ko‘ra boshqalar ko‘proq aytadi?
(Kishi nomi)
Olaqarg‘a o‘zini «Men qushman», deb ayta oladimi?
(Ayta olmaydi, chunki gapira olmaydi)
Otamning o‘g‘li, lekin mening akam ham emas, ukam ham emas.
Kim ekan u?
(Mening o‘zim)
Besh harfdan iborat bo‘lgan sichqon ushlaydigan qopqonni topa olasizmi?
(Mushuk)
Bir oilada cholu kampir yashaydi. Ularning ikki o‘g‘li bor. Har bir o‘g‘lining bittadan singlisi bor, Shu oilada nechta jon bor?
(Beshta: cholu kampir, ikki o‘g‘il, bir qiz)
Uyning har burchagida bittadan mushuk o‘ltiribdi. Har bir mushukning ro‘parasida bittadan mushuk o‘ltiribdi.
Hammasi qancha mushuk?
(To‘rt mushuk)
Bir kishi o‘zining o‘rtoqlariga bir bolaning suratini ko‘rsatib
shunday debdi:—Mening er ham qiz tug‘ishganlarim yo‘qdir. Lekin bu
bolaning otasi mening otamning bolasidir.
(O’zining surati)
Kunlardan bir kun chol o‘g‘liga o‘ttiz tiyin berib shunday debdi:
— O’g‘lim, shu pulga narsa olib kelginki, biz ham, tovug‘imiz ham, qo‘zimiz ham to‘yadigan bo‘lsin.
Aytinglar-chi, bola nima olib kelishi kerak?
(Qovun)
Anhor bo‘yida uch qarag‘ay o‘sadi. Ularning har birida uchtadan
yo‘g‘on shoxi bor, har bir yo‘g‘on shoxida beshtadan novda bor. Har bir
novdada yetti donadan olma bo‘lsa, hammasi bo‘lib nechta dona olma bor?
(Bitta ham olma yo‘q, qarag‘ayda olma bo‘lmaydi)