Среда, 18.12.2024, 06:30
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Июнь » 4 » Siz izlagan baxt
11:43
Siz izlagan baxt
Har bir inson (u xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon) baxtli hayot kechirishni istaydi. G‘am-qayg‘udan, tashvishdan yiroq bo‘lishni xohlaydi. Ammo... oyning o‘n beshi yorug‘ bo‘lsa, o‘n beshi qorong‘u. "Yorug‘ kunlarni umid bilan kutib yashashning o‘zi ham bir baxt”, deydi ba’zilar. Siz-chi, siz baxtni qanday tasavvur qilasiz? 
* * *
Baxt!.. Bu so‘z juda tansiq, ayni paytda ko‘p ishlatiladi. Huda-behuda bu so‘zni tilga olaveramiz. Arzimas narsadan sevinib, "Men hammadan baxtiyorman!” deguvchilarning son-sanog‘i yo‘q. "Baxtlimisiz?” degan savolni duch kelgan odamga beraveramiz. Ammo tayinli javob olish o‘ta mushkul. Negaki, har kim baxtni o‘zicha tasavvur qiladi. Kimdir ko‘ngil xotirjamligini baxt deb bilsa, kimdir — molu davlatni. Yana kimdir murod-maqsadiga yetsa, "Shu emasmi baxt?” deydi. Biroq...
"Baxtga yetishish yo‘llarini izlash ham baxt”, — degan ekan bir donishmand. O‘ylab ko‘ring, siz uchun baxt nima?! Qanday voqea ro‘y bersa, o‘zingizni baxtli sanaysiz? Universitetga kirsangiz, armoningiz qolmaydimi? Sevganingiz bilan turmush qursangiz, murod-maqsadingizga yetasizmi? To‘la-to‘kis hayot kechirsangiz, tashvishingiz bo‘lmaydimi?.. Yaxshilab o‘ylang, qachon topasiz baxtingizni?
Tasavvur qiling: Siz boy-badavlat, jamiyatda yuksak obro‘-e’tiborga ega odamsiz. Qo‘lingizni qayoqqa uzatsangiz, yetadi. Sizni boshiga ko‘taradigan, bor mehrini bag‘ishlaydigan yaqinlaringiz, yoru do‘stlaringiz atrofingizda parvona. Hech nimadan kamchiligingiz yo‘q. Xullas, aytganingiz aytgan, deganingiz degan. Shumi siz uchun baxt?! Bir kunmas, bir kun bunday hayot joningizga tegib ketadi-ku! Hayot tashvishlarini qo‘msab qolasiz. Nimaningdir orzusida kuyib-yonishni istaysiz. O‘sha ko‘zingizga "baxt” bo‘lib ko‘ringan narsa aslida sarob ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ana shunaqa, baxt to‘kin-sochin, betashvish hayot kechirish emas. Bu so‘zning ma’nosi juda keng. Ba’zan shu oddiy so‘zni anglash uchun bir insonning umri kerak bo‘ladi. 
Siz o‘zingiz sevgan sohada qizg‘in faoliyat yurityapsiz. Bu — baxt! Kimnidir devonalarcha sevib qoldingiz. Qalbingizda ezgu tuyg‘ular uyg‘ondi. Bu — baxt! Siz shayton vasvasalariga uchmaysiz, doimo vijdon amriga qarab ish tutasiz. Bu ham baxt! Kimgadir yaxshilik qildingiz. U endi sizni umr bo‘yi duo qiladi. Bu — baxt! Ayrim odamlar kabi o‘z manfaatingizni o‘ylab emas, elu yurt, xalq uchun yashayapsiz. Bu ham baxt! Do‘stingizni og‘ir, daldaga muhtoj paytda suyab qo‘ydingiz, tirgak bo‘ldingiz. U sizga ishonish mumkinligini his qildi. Bu ham baxt emasmi?! 
Bunday vaziyatlarning yana bir talayini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Har birimizning hayotimizda ko‘nglimizga taskin beradigan, yo‘limizni yoritadigan nurli nuqtalar bor. Shunday ekan, nega tushkunlikka tushasiz? Nega o‘zingizni baxtsiz sanaysiz? 
Hozirgacha inson qachon va qanday holatda o‘zini baxtiyor his qilishini aniq aytib bera oladigan donishmand topilmagan. Shunday bo‘lsa-da, hayoti davomida ma’lum tajribaga ega bo‘lib, baxt haqidagi o‘z tasavvurlarini bayon etishgan. Ehtimol, inson o‘zini baxtli sezishi uchun ko‘p narsalarni o‘rganishi, tushunishi, o‘zgalarning dardini his qila olishi, kuyinishi, dardiga darmon bo‘la olishi kerakdir. Balki, shundagina inson baxt nimaligini anglab yetar. Ehtimol, siz uchun qo‘l yetmas olisda ko‘ringan baxtingiz yonginangizdadir. 
Atrofingizdagilarga, qolaversa, qalbingizga bir nazar tashlab ko‘ring-a! Ajabmas, dunyodagi eng baxtiyor inson siz bo‘lsangiz!..
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1350 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Июнь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz