Воскресенье, 24.11.2024, 04:03
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Июнь » 25 » Шармандага шаҳар кенг(ми?)
12:44
Шармандага шаҳар кенг(ми?)
Ishdan enidigina kelib, kiyimlarimni almashtirishga
ulgurmasimdan ayolim gap boshlab qoldi (xotinlarning ichida gap
turarmidi):

– Voy dadasi, bugun bolalarni boqqa olib chiqqandim,
shunaqa narsa ko`rib qold-i-i-m, er yorilsayu, erga kirib
ketsam...

Tushunarli. jiyanlarim biznikiga dam olishga kelishgan.
Uyimiz Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`ining yaqinida.
Bolalarni o`sha erga aylantirgani olib chiqqan.

– Ҳa, nimani ko`rib qoldingiz, – so`radim men, – juda
vahimaliga o`xshaydi gapirishingizdan.

– E-e, vahimali bo`lmay o`lsin. Bolalar basseynda
cho`milishdi, keyin uyga qaytayotsak, skameykada bir yigit bilan qiz o`tirvolib
shunaqa bemazagarchilik qilyaptiki, aytgani til bormaydi. Ikkovi ham o`zini
bosolmaydi-ya, bolalarning oldida xijolat bo`lganimdan o`zimni qo`yarga joy
topolmadim. Bechoralarni yugurtirib o`tkazdim o`sha erdan.

– O`zbek ekanmi ular?

– Ҳa-a, ikkalasiyam o`zbek.

– Ҳech bo`lmasa qizni tartibga chaqirib
qo`ymabsiz-da.

– Qayoqda deysiz, qo`rqqanimdan oyog`im qaltirab zo`rg`a
o`tvoldim-ku.

– Nima, hech kim indamadimi?

– Shuni ayting, dadasi, hech kim nima qilyapsan demaydi-ya.
Katta yoshdagi amakilar ham hech narsa ko`rmaganday parvo
qilishmadi...

Abdulla Qodiriy nomidagi bog` ochilganida juda xursand
bo`lganmiz. Chunki yaqin o`rtada oilaviy hordiq chiqaradigan maskan yo`q. Lekin
«istirohat» so`zini boshqacha tushunadigan ayrim yoshlar uchun bu er visol
bog`iga aylanib qolgan. Bir-birining pinjiga kirvolib aylanib yurishlariga
chidasa bo`lar, ammo skameykalarda o`rivolib, atrofdagilarni umuman pisand
qilmay, istagancha ko`ngil xushlaydigan yigit-qizlarga ko`rib qolsangiz,
ko`zingizni yumib o`tishdan boshqa iloj yo`q. Ҳa, Xudodan uyalmaganlar,
bandasidan xijolat bo`larmidi. Aqalli bog` ma`muriyati o`sha odobsizlarni
tartibga solib qo`ysa bo`ladi-ku. Axir boqqa asosan ota-onalar yosh bolalarini
o`ynatgani olib kelishadi. Uyatsiz manzaralarga guvoh bo`lgan bolakaylar qanday
xayolga borishadi? Ularning tarbiyasiga ham salbiy ta`sir qilmaydimi bu
holat?

– O`sha qiz kun kelib turmush qurar, – deydi ayolim, –
o`shanda turmush o`rtog`ining ko`ziga qanday qararkan? Bog`larda qilib yurgan
ishlari esiga tushib, vijdoni qiynalmasmikan?

– Vijdoni bo`lganida bunday ishlarga qo`l urmasdi, – javob
qildim men. – Qolaversa, Yaratganning adolati haq. Kun kelib o`sha ahmoq yigit
o`ziga o`xshagan buzuq qizga uylanadi, hayosiz qizga esa buzuqchilikda uchiga
chiqqan kuyov uchraydi.

Jigit va qizning tarbiyaga muhtojligi kunday ravshan. Eng
avvalo ularda bunday «oshkoralik» paydo bo`lishida bizning ham «hissamiz»
borligini unutmaylik. «Mening ishim nima», deb yuz o`girib o`tib ketaversak, bir
kun o`zimizning farzandlarimizni ham o`sha skameykalarda ko`rib
qolmasaydik...
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1076 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Июнь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz