Birinchi muhabbat Nima o'zi u?
Yuragimizni otash qilib yondirgan, o't bo'lib kuydirgan hislar --
tuyg'ular. Birinchi marta yoqtirib qolganimizda ichimizda nimadir chirt
uzilgandek bo'ladi go'yo. U hoh havas bo'lsin, hoh shunchaki
yoqtirish, biz buni birinchi muhabbat deb ataymiz. Bu tuyg'u ko'pincha
biz hali muhabbatning tub ma'nosini anglab etmasimizdan oldin
qalbimizga joylashadi. MUHABBAT -- bu bir bir-birini tushunish,
ishonch, mehr kabi tuyg'ular birlashuvidir. Bir shoir aytgan ekan, "Sen
meni mendan ko'proq sevganing uchun emas, meni o'zimdan ham ortiqroq
tushunganing uchun sevaman", - deb. Agar orada men sanab o'tgan
tuyg'ular bo'lmasa, bunday munosabatlarni muhabbat deyish mushkul.
Katta gulxanni hosil qilganda birinchi navbatda tez va oson yonadigan
o'tindan foydalanamiz. Keyin esa uzoq va sekin yonadigan o'tin
tashlaymiz. Agar sekin yonadigan o'tin bo'lmaganida olovimiz bir zumda
o'chib kulga aylanib qolgan bo'lardi. Sevgi ham shunday, faqatgina
ko'ngil tuyg'ularidan iborat bo'lgan sevgi abadiy emas. Ya'ni
sevgida ishonch, bir-birini tushunish kabi tuyg'ular bo'lmasa, u lov
etib yonib, tez so'ngan olovga o'xshaydi. Hali aytganimdek, biz
muhabbat nimaligini bilmasdan turib sevib qolamiz va buni "birinchi
muhabbatim" deb ataymiz. Bilasizmi nimaga ko'p hollarda birinchi
sevgimizga yeta olmaymiz, chunki u paytda bir-birini tushunish degan
tushuncha bo'lmaydi. U shunday beg'ubor damlarki, o'zimizni yettinchi
osmonda uchib yurgandek his qilamiz. Yerdaligimizni esa unutib qo'yamiz.
Ertakdagi Shaxzoda va Malikalardek tutamiz o'zimizni. Biroq hayot
ertak emas. Hayolot ertagimiz ham bir kun tugaydi va shu joyidan
muhabbat sinovlari boshlanadi. Bu paytda sinovlarni yengishga ojizlik
qilamiz.
Sevgi ikkinchi marta kelishi mumkinmi?
Ha,
kelishi mumkin. Buni ikkinchimas haqiqiy muhabbat deb atasak to'g'ri
bo'lardi manincha. Bu davrga kelib biz ancha ulg'aygan, hayotga jiddiy
boqadigan yoshga kelganmiz. Aynan shu davrda hayotimizda qandaydir inson
paydo bo'ladi -- bizni tushunadigan va biz tushunadigan. To'g'ri,
bunda oldingidek yurakning hapqirib urishi, hayajonlanishlar
bo'lmasa-da, biz o'zimizni baxtli his qilamiz. Chunki dardimizni
oladigan, mehrini beminnat taqdim eta oladigan, bizga g'amxo'rlik
qiladigan inson bor. Bunday munosabatlar aksar hollarda nikohga olib boradi.
Sevgi ko'p marta kelishi mumkinmi?
Ha! Faqat buni sevgi emas yoqtirish deb nomlasak to'g'ri bo'ladi.
Ko'ngil -- bu kapalak. To o'z gulini topganuncha, u guldan bu gulgan
qo'nib yuraveradi. O'z gulini topgach esa abadga shu yerdan qo'nim
topadi. Ba'zida esa gulini topolmasdan, taqdirga tan berib duch kelgan
gulni o'ziga makon aylaydi. Bu - sevgi qissalaridagi eng ayanchli holat.
Axir o'zing suymagan gulni hidlaganingda uning ifori yo yoqadi yoki
yo'q.
So'ngso'z o'rnida shuni aytmoqchimanki, agar sevgilingiz
bilan orangizda o'zaro ishonch bo'lsa, bir-biringizni yaxshi tushuna
olsangiz, sevgingiz abadiydir. Yana shuni qo'shimcha qilishim kerak,
juftliklar bir-birini qo'llab-quvvatlab, kuch bera olishi eng muhim
masala. Qiyinchilik qaddingizni bukkanda, suyanadigan insoningiz
borligi naqadar yaxshi, shunday emasmi?!
Barcha insonga tilagim, muhabbatimiz haqiqiy va abadiy bo'lsin! manba: haqida.uz