Yolg’izlik!
Bu sen menga qoldirgan eng shavqatsiz… mehrga ega bo’lmagan sovg’a. Bu
”sovg’a”ni qabula qildim… Qabul qildim-u, borimdan ayrildim. Qalbim
yig’laydi. U mendan hafa… Juda ham hafa! Uning o’rnida bo’shliqdan o’zga
hech qanday his sezayotganim yo’q. Nega? Shu savolni o’zimga - o’zim
beraman. Hatoni o’zimdan izlayman… Hatolar, hatolar, hatolar… Nahotki
hatolar sabab sevgi nobud bo’lsa, arzimas hato sabab. Ko’zguga boqaman,
ko’zlarimga sevgining qotili ko’rinmoqda… Sendan ayrilishimga sababchi
insonni ko’rmoqdaman. Sevaman… Achinamano’tgan damlarning yomg’irlarga
to’laligiga. Bahorga o’xshar edi sevgimiz, biz esa uni yig’latdik! Sen
ketmoqdasan. Ortingga boqishni o’ylaganmisan hech? Menga shu onlarda bir
bora bo’lsa ham boqishni, ko’zlarimga to’yib – to’yib termulishni
o’ylaganmisan hech? Men-ku seni kutmoqdaman. Ortingdan borishni esa…
Bormaslik… bilmadim. Ne qilarim bilmasman hamon. Ketma deya jar solgim
keladi. Qarayqol menga?! Eshitmaysan qalbim nolasin.. Tinglamaysan hozir
so’zlarim. Sen jimgina ketmoqdasan, uzoqlarga, mendan olislarga. Hozir
hayolingda nimalar o’z izini qoldirayotgan ekan a?... Qiziqdim. Meni
hayollarim seni qiziqtirarmikan... Ketma! Sen uzoqlashganing sari shu
so’z yuragimni holsizlanishiga, nafasim esa siqilishiga sababchi
bo’ladi. Ketmagin deb tinmay aytmoqda ahir bu bedor qalbim... Kechir
degim keladi, beg’ubor sevgim. Aytay deyman so’zlarim, tinmayin senga.
Eshitishing hohlayman, istadim shuni...Tushunishing istadim qalbim
so’zlarin, uning nolasin. Ketma deyman, ketmagin...qolgin yonimda. Birga
ketaylik uzoqlarga, topolmasin bizni hech kim... dardlar,
alamlar...qayg’u va ayriliq. Ko’z yoshlarim qolmadi-ku, qaragin menga.
Nega gapirishga kuchim yo’q?! Senga ayta olaman, aytmoqchiman, lekin
mador yo’q. Uzoqlashganing sari jon ham tark etayotir tanimni.. Gar
boqmasang qayrilib, yuragim urishdan to’xtashi aniq... Qaytaqol jonim,
ketmagin hech ham.
”To’xta!” .... Nahotki...bu mening
ovozim?! Men aytdim! Sen qayrilib qarading. Kutmagandim
men...ko’zlaringda yosh, qalbing yig’lardi... Ayriliqdan yonar diling
olovlarda. Qaytishni istading, ammo... Nega qaytmading? Men kutdimku,
ketishingni istamagandim. Hatolarga, yolg’onlarga aldanding,
ishonding-ku sen. Meni haqiqatdan ham yolg’izlikka topshirmoqchi
edingmi? Sen hali ham turibsan menga ma’yus termulib... Ilk qadam... Uni
sen tashlading, men tomon kelmoqdasan, qaytmoqdasan.. Onlar... Bizni
ayamay, o’tib bormoqda. Men kutmay ham so’zladim: ”Ketmagin, jonim”. Sen
gapimni eshitmay ham aytding: ”Kechir meni!” .... Yuragingni urishini
sezdim, yuragim urishni boshladi... Yo’qotishdan qo’rqqaningni aytib,
bag’ringga bosding... Men buni sog’ingan edim... Nega ketishni
istaganingni bilgim keldi, sen huddi buni sezganday: ”Meni sevmaysan deb
o’ylagan edim”, deb ko’zlarimga boqding.... va men kutgan savolni
berding... ”Meni sevasizmi?” ..............
....................... ”Sevaman...”
”Seni jonimdan ortiq sevaman, kechir...!!!”