Воскресенье, 06.10.2024, 21:42
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Декабрь » 13 » RUHIY TEST...
12:51
RUHIY TEST...
Oramizda shunday ayollar borki, ularga qarab birgina jumla bilan ''xaqiqiy ayolda'' deymiz. Quyidagi ruxiy testni yechib korib o`zingizni qanday ayol ekanligizni bilib olishingiz mumkin.

1. Tug`ilgan kuningizda qanaqa sovg`a olishni istardingiz?
A. Pul, shirinlik yoki biron-bir buyum;
B. Xorijiy davlatlarga dam olishga yo`llanma;
C. Tilla taqinchoq.

2. Baxtli oila siz uchun:
A. Katta uy, 3 yoki undan ortiq farzand, sevuvchi er;
B. Shinam uy, farzand, qar`yera, turmush o`rtoqning ko`magi;
C. Uchrashuv, muxabbatga iqror bo`lish.

3. Sizga qilingan xushomadga qanday qaraysiz?
A. ''Siz judayam bo`rttirib yuboryabsiz'', deysiz;
B. ''Men xarakat qildim'', deysiz;
C. ''Minnatdorman, deysiz xalos.

4. Ingichka poshnali poyavzal qachon kiyasiz?
A. Kamdan-kam, chunki juda noqulay;
B. Bayramda yoki kayfiyatimga qarab kiyaman;
C. Deyarli xar kuni kiyaman.

5. Qanday iforli xidni yoqtirasiz?
A. Yengil, shabodani xis etadigan ifor;
B. Xamma yoqda gullar ifori bo`lsa;
C. Sharqona ifor bo`lsa.

6. Qaysi buyumsiz yurolmaysiz?
A. Saqich;
B. Taroq;
C. Lab bo`yogi`.

7. Bolaligingizda qaysi ertak qaxramoniga o`xshashni istardingiz?
A. ''Zumrat va Qimmat''dagi Zumratga;
B. ''Alisa mo`jizalar mamlakatida''gi Alisaga;
C. ''Qurbaqa-malika''dagi malikaga.

8. Uzoq safarga qaysi transportda borishni istagan bo`lardingiz?
A. Poyezd, chunki u xafsiz;
B. Samolyot, tez va qulay;
C. Mashina, yangi ta`surotlarga ega bo`lish mumkin.

9. Faras qiling, Hollywood filmida bosh ro`l`ni o`ynashga taklif etishdi. Qaysi janrdagi filmda ishtirok etgan bo`lardingiz?
A. Komediya;
B. Melodrama;
C. Triller.

10. Sizni magazinda yoki boshqa bir jamoat joida xaqorat qilishsa:
A. Kayfiyatimni buzmaslik uchun indamayman;
B. Shu tarzda javob qaytaraman;
C. Janjalkash odamga yaxshi kun tilayman.

11. Agar ko`chada adashib qolsangiz, qanday yo`l tutgan bo`lardingiz?
A. O`zim yo`l topishga urunardim;
B. Yo`lovchilardan yo`l so`rardim;
C. Biron-bir kelishgan notanish kimsadan yo`lni ko`rsatib yuborishini iltimos qilardim.

12. Bo`sh vaqtingizni qanday o`tkizasiz?
A. Uyni yig`ishtiraman, pishir-kuydir qilaman, TV ko`raman;
B. Oilam bilan mexmonga boraman;
C. Go`zallik saloniga boraman. Do`konlarni aylanaman. Yangi kiyimlarni yoki issiq o`lkalarga boriladigan yo`llanmalarni ko`zdan kechirman..

13. Kutilmaganda sovg`a keladi. Sovg`a kimdan ekanligi noma`lum, ya`ni ismi ko`rsatilmagan bo`lsa, nima deb o`ylaysiz?
A. Adashibdi;
B. Yaqinlarim yoki do`stlarim meni xursand qilishmoqchi bo`lishibdi;
C. Kimdir xushomad qilmoqchi.

14. Dam olishga ketish uchun samolyotga chiqmoqchi bo`lganizda sizni reysingiz ushlanib qolishi mumkin. Bu paytda vaqtingizni qanday o`tkizasiz?
A. Kutish zalida kitob o`qish bilan;
B. Barga borib qaxva ichish bilan;
C. Shunchaki do`konlarni aylanish bilan.

Javoblar uchun ballar: A - 1 ball, B- 2 ball, C- 3 ball.

Test javoblari:
14-25 ball — siz xaqiqiy ayolsiz. Lekin ayollik xusningizni yashirib olgansiz. Vaziyatni o`z qo`lingizga oling. Тashqi ko`rinish uchun soch turmagingizni o`zgartiring. O`zingiz uchun yangi parfyumer fositalarini sotib oling. Yomon xayollardan tiyilib, shirin orzular xam qilish kerak

26-38 ball — siz xar doim faqat kuni o`zingizga aloxida e`tibor qaratar ekansiz. Qolgan kunlari odatdagidek. BU yomon odat. Nima uchun sizga kam e`tibor berishlari sabarlaridan biri bu. O`zingizga qanday libos yarashishini bilasiz. Demak oldinga intiling. Xar doim boshlagan ishingizni oxiriga oborishga odatlaning.

39-51 ball — sizga xasad qilishlari mumkin. Chunki xar soxada oldindasiz. Siz doim bosgan qadamingizni nazorat qilib turasiz. Shunday qolishga xarakat qiling. Xar doimo`z kuchingiz va qobiliyatingizga suyaning
Категория: Qiziqish hobbi | Просмотров: 5889 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Декабрь 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz