Vazira
ismli bir ayol bor edi. U o’zbek mahallalarining birida istiqomat qilar
edi. 1 og’il va bir qizning onasi. Lekin g’iybatchi,ikkiyuzlamachi ayol
edi. Vaziraning yon qo’shnisi Muxlisa ismli bir beva ayol bor edi. Eri
avtoxalokat sabab vafot etgan edi. Muxlisaning 2 og’li va bir qizi bor
edi. Muxlisa beva bo’lishiga qaramasdan halol mehnat bilan hech qanday
nomaqul ishlarni qilmasdan pokiza ayol bo’lib yashardi. Eri hayotligida
bir katta kafeni boshqarardi. Vafot etgach Muxlisa kafeni boshqarishni
davom ettirdi. Hayotlari ancha yaxshi,o’ziga to’q bo’lib yashardilar.
Muxlisa opaning qizlari ulg’aygach uyga yaxshi honadonlardan sovchilar
kela boshladi. Bundan
habar topgan qo’shnisi Vazira ularga hasad qildi. Kelgan sovchilar
oldin mahalladan qiz va oilasi haqida surishtirib ketishadi. Sovchilar
ham Muxlisaning qo’shnisi Vaziradan ular haqida so’rashdi. Vazira ularga
shunday dedi: Bekor kelipsizlar. Men bu oila haqida yaxshi bilaman
Muxlisaning eri vafot etgach Muxlisa bolalar tarbiyasiga yaxshi etibor
bermagan. Qizi yomon yo’lga kirib ketgan. Chet elga ishlagani kettim deb
u yerda foxishalik qilib buzulib ketgan. Qaytib kelgandayam shu ishini
davom ettirgan.Mana hoz hayotlari yaxshilangach doktorga borib qizligini
tiklatib qolgan emish. Og’illari esa otasi o’lganidan keyin qimorga
berilib ketishgan. Qimorga uyini tikib yuborgan yutkazib qo’ygan.
Og’illari qamalib chiqqan. Ular juda buzuq odamlar.Sizlar ziyoli odam
ekansizlar og’lingiz baxtsiz bo’lib qolmasin deb sizlarga achinganimdan
haqiqatni aytim deb yomon bo’xton tuxmatlar bilan sovchilarni aynitib
yuboradi. Sovchilar uning gaplariga ishonib qaytib ketishadi. Bu gaplar
Muxlisaga yetib boradi. U Vaziraga : Seni Xudoga soldim. Qilgan
tuxmatlaring o’zinga qaytsin. Sendan noroziman Xudo ham norozi bo’lsin
dedi. Oradan 1 oy o’tgach Muxlisa tezda uyini sotib bolalari bilan
boshqa mahallaga ko’chib ketishadi. Shunday qilib oradan yillar o’tadi.
Vaziraning erini ishlari yurishmay firmasi kasotga uchraydi va katta
moddiy zarar ko’radi. Bu ko’rgilikka dosh berolmay infark bo’lib olamdan
o’tdi. Oradan vaqt o’tgach Vaziralarning oilaviy ahvoli og’irlashadi.
Og’li bu orada ko’p pul topaman deb o’ylab qimor yo’liga kirib ketadi.
Avvaliga kattagina pul yutib oladi. Keyin yutkazib yashayotgan uyini
qimorga tikib yuboradi. Lekin bu narsadan onasi Vaziraning xabari yo’q
edi. Qimorbozlar uyingni bizga bermasang seni va oilangdagilarni
o’ldiramiz deb qo’rqitishadi. Orada janjal paydo bo’ladi, Vaziraning
og’li qimorbozlarning biriga pichoq sanchib uni o’ldirib qo’yadi. Bu ish
tergovga topshiriladi. Bu voqeadan keyin Vazira og’lini qutqaraman deb
Bir advokat topadi. Advokat bu ishga katta pul so’raydi. Vazira esa
yashab turgan uyini sotib pulini advokatga beradi. Lekin advokat hech
narsa qila olmaydi og’li esa qamaladi. Advokat Vaziradan olgan pulini
qaytarib bermaydi. O’rtada pul olganligi haqidayam hech qanday hujjat
yo’q edi. Vazira 2 xonali do’mni ijaraga olib o’sha yerda qizi bilan
yashab turadi. Oilaviy ahvoli judayam yomonlashadi. Vazira qarindoshlari
bilan ham yuzko’rmas bo’lgan edi. Chunki qarindoshlariga ham turli
tuxmatlar qilib bazilarini bir biridan ajratib yuborgan edi. Shuning
uchun ko’pchilik undan yuz o’girgan edi. Vaziraning og’li qamoqda u endi
faqat qizi Sayyora bilan o’sha ijaradagi do’mda yashar edi. Sayyora
yaxshi ish topaman deb qalloblarga aldanib qoladi chet elga ishga
jo’natamiz deb uni aldap olib ketishadi. Sayyorani u yerda buzuqlik
qilishga majbur qilishadi. 1 yildan keyin qaytib keladi lekin buzuqlik
yo’lidan qaytmaydi. Sayyora u yerlarda shunaqa buzuq hayotga o’rganib
qolgan edi. Vaziraga o’sha bundan bir necha yillar ilgari sobiq
qo’shnisi bo’lgan Muxlisaga qilgan tuxmatlari o’ziga qaytgan edi. U
hammasini tushunib yetti ammo kech edi. Eri o’ldi, og’li qamalib ketti,
qizi qip qizil foxishaga aylandi. Butun hayoti barbod bo’ldi.