<< Meni qarindoshlarimiz va
yaqinlarimizning hammasi yomon ko`radi. Garchi o`zimga aytishmasa-da,
shunday hisoblayman. Dunyoda sendan nafratlanadigan kishilar orasida,
har laxzada joningni o'rtab turguvchi vijdon azobi bilan yashashdan
ortiq iztirob bormikin?...Eng yomoni,bunga boshqalarning emas, o`zing,
faqat o`zing sababchi bo`lsang!... To`qqiz yoshimgacha o'tgan
kunlarimni entikib, sog'inch bilan eslayman.chunki o'sha kunlar -
beg'am,betashvish, beg`ubor damlarim edi. Hammasi uyimizga mehmon
kelganidan boshlandi. Tog`amning akam tengi o`g`li biznikiga keldi.
Bu paytda akam bog`da ishlab yurgandi. Kutilmagan mehmondan shoshib
qolgan onam ovqatga unnashga ulgurmadi. Ayni tushlik payt, hamma tushki
ovqatga kuni kecha dadamning mehmondorchiligian ortgan sho`rvani
ichgandik. Akam esa bo`g`dan kechqurun kelishi kerak edi. Mehmon sabab,
uni chaqirib keldik.Chunki dadam ishga ketgani uchun uyda yagona erkak
akam bo`lib qolgan, qolaversa, tog`avachcham ikkisi qalin og`ayni edi. - Ona, mehmon och ekan, men ham ochqaganman, tezroq boron nima bering,- dedi akam. - Aksiga olib, tuxum qolmabdi, qovurib berardim. Bir pas kutsanglar biror yengilroq taom qilaman, - dedi onam. - E, yo`q, ovqatlanib bo`lib bog`da ham ishla, ham hangoma qilamiz. Sho`rvadan qolmaganmi? - Bor. Lekin sen birovdan ortgan ovqatni ichmaysan-da o`g`lim. Shu fe'ling nozik-da?
- Hozir ichaveraman. Yaxna go`shtdan solib yuborib, vassalom! - akam
shunday deb mehmonning oldiga chiqib ketdi. Onam shorvali qozonchani
elektr plitaga qo`yib dasturxon tuzatishga ketdi. - Bu paytda men
oshxonada edim. Opalarim biri uzatilgan, biri soy bo`yida yalpiz
terishga, yana biri kutubxonadagi ishiga ketgan, men esa maktabdan kelib
onamga yordamchi bo`lib o`tirgandim. Onam bilan akam sho`rvadan gap
ochishganidayoq ichim shuvillab ketdi. Chunki... Boya mehmon
kelmasidan oldin onam: << Ovqatdan ozgina ortib qoldi, olib
qo`ysak, bu issiqda kechgacha ayniydi, shusiz ham kechadan beri teribdi,
kechga kuchukka berarmiz>> degandi. Bu gapdan men
hovliqib,yaxshilab-tuyib maydalab qo`yganim shisha parchalarini
sho`rvaga aralashtirib yuborgandim. Uni jinimdan battar yomon
ko`radigan, yaqinda tuxumdan chiqqan dum-dumaloq jo`jalarimizni naq
to`rttasini yeb qo`ygan kuchugimizga bermoqchi edim. Buni onamga ayta
olmadim.Yomon qilig`im va yomon yomon niyatim uchun dakki yeyishdan
cho`chigandirman. Bola aqlimbu ishim yaxshi emasligini, buning uchun
butun umr ta'naga qolishimni fahmlamabdi. Yana
o`ylabmanki:<<Moshxo`rdadan jichcha tosh chiqsa, darrov sezishadi,
buniyam sezib, yemay qo`ya qolishadi...>> Afsuski, ikki
og`ayni onam g`ira-shira oshxonadan suzib borgan sho`rvaga non to`rg`ab,
suxbatga andarmon bo`lib, kosaga qaramayancha-muncha
yeyishibdi.Dastlab tog`avachcham sezibdi. Tishida g`ichirlagan bir
nimalarni olib ko`rishga mezbondan andisha qilibyeyavergan ekan, kosa
yarimlaganda qoshiqda qon yuqi bor emish... Akamni dadam:
<<chaynamay yutasan, yov quvayotganlar ham senchalik shoshib
yemaydi>>, deb urushardilar. Xullas akam tog`avachcham
ogohlantirganida kosani bo`shatgan ekan. Ikkisini shifoxonaga
yotqizishdi. Tog`avachcham tuzalib chiqdi. Ammo yarimjon bo`lib
qoldi. Lekin akam… onam va dadamning to`rt qiz ichida yolg`iz o`g`li,
go`dakligidan ko`p kasal bo`lib kuydirgan, sog`ligi nozikligi uchun ham
o`qishga ketmay yonimizda qolgan akamni shu fojiadan keyin ikki kun
o`tib, tuproqqa topshirdik… O`shanda yaqinlarimning dod solib
yig`lagani, onam bilan dadamning <<mening go`rimga kirgan bolam,
kimning qasdiga qolding?>> deb nola chekkanlari hech xotiramdan
o`chmaydi. Buni qarangki, <<qasd qilgan>> odam sifatida
dadamdan, tog`avachchamdan va bir qancha kishilardan shubhalanishdi.
Ular bir qancha vaqt tergovga qatnashdi. Musibat ustiga tashvish
dadamning sochini qorga bo`yadi. Asl aybdor – men o`zim iqror
bo`lmadim, bu voqealar dahshati tilimni bog`lab qo`ygandi. Odamlarning
o`zlari haqiqatni bilishdi. O`shanda onam umrida birinchi marta
qarg`adi, meni yomon qarg`adi: <<Iloyo juvonmarg bo`l, akasini
qotili bo`ladigan bu qizbi tuqqan kunimga lanat!>> Men esa
o`shanda qilmishimdanko`ra ko`proq onamning qttiq muomalasidan
qayg`urdim… Vaqt ko`p narsalarga davo. Lekin ko`ngil yarasiga,
vijdon azobiga davo davo bormikan?...Qo`shnilarimiz qarindoshlarimiz
o`g`il uylantirganda, to`yga aytib kelganda unsiz yig`laydigan onam,
ellikka kirmay xassa tayangan dadam hozir yorug` dunyoda yo`qlar.
Ikkala opam <<akamiz uylansa, yangalik bo`lib uzatilardik>>
armoni bilan uzatilib ketishgan. Men esa qishloqdan o`qish uchun
chiqib ketgancha shaxarda qolib ketdim. Ishlayman toppish –tutishim
yaxshi… ammo qarg`ishga, uvolga qolganim uchunmi, baxtim ochilmayapti.
Olilasi but, akasi himoyasida yurgan dugonalarimga havasim keladi.
Ko`cha- ko`yda akamga o`xshagan yigitlarni ko`rsam, ko`zimga yosh
tizilaveradi. O`zimni, kuchukka shisha siniqlari qo`shilgan ovqat
berishni o`rgatgan sinfdoshimni kechira olmayman. Eh, qani endi umrni ortga qaytarishni iloji bo`lsa, o`sha mudhish kunni, xatoni aslo takrorlamasdim..>> haqida.uz
|