Воскресенье, 24.11.2024, 07:59
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Февраль » 29 » Photoshop darslari: Fotoshopda shisha effektli knopka yaratish
08:31
Photoshop darslari: Fotoshopda shisha effektli knopka yaratish

Kompyuterda chiroyli effektga ega tugmachalarni ko'rib, uni yaratish judayam qiyin deb o’ylasangiz kerak, lekin bu noto'g'ri. Bunday tugmachalar  yasalishi oson, va ko'p vaqt talab qilmaydi. Hullas, quyidagi darsni o'qing va veb-dizaynerlik mahoratingizni oshiring.

Bizga kerak bo’ladi

·         Kompyuter

·         Fotoshop (Adobe Photoshop) (CS1, CS2, CS3, CS4, CS5)

·         Fotoshop dasturi bo’yicha oz-mumcha bilimingiz

Qadamba qadam maslahat:

·         1 Fotoshopingizni (Adobe Photoshop) yoqing.

·         Yangi fayl yaratish uchun CTR N tugmalarini bosasiz. Yangi faylimizni enini (width) va bo’yini (height) o'z xohishingiz bo'yicha belgilasangiz bo'ladi. Hozir menda eni va bo'yi 300 pikseldan (px) iborat.

·         Yaratiladigan shaklimizni rangini qora rangga bo'yash uchun klaviaturada D tugmasini bosamiz. Endi bizga dumaloq shakl kerak bo'ladi, buning uchun U tugmasini bosing. So'ng sichqoncha bilan oq varoqda SHIFT knopkasini bosib turib yurg'izib chiqing. Natijada dumaloq shakl chizilishi kerak.

·         3.1 Endi bu shaklni chiroyliroq bezaymiz. F7ni bossangiz faylimizning qatlamlari joylashgan oynachasi paydo bo'ladi. Aynan shu dumaloq bo'lgan shaklni bosib tanlab, pastroqdagi FX tugmasini bosamiz va ro'yxatdagi INNER SHADOWni(ichki soya) bosamiz ,so'ng kerakli natijaga erishish uchun berilgan rasmlardagi son va rasm kodlarini qo'yib chiqamiz.

·         3.2 OUTER GLOW tashqi har tomonlama soya bezalishi

·         3.3 COLOR OVERLAY rang berish

·         3.4 STROKE chegara chiziqlar rangi

·         M  tugmasini bosing. Bizga dumaloq shakldagi MARQUEE asbobi kerak bo'ladi. CTR SHIFT N bosib yangi qatlam (layer) yarating. Endi bo'lsa MARQUEE asbobi yoradmida dumaloq shaklimizni ustiga oval shaklida chizib chiqamiz.

·         G  tugmasini bosib Gradient asbobini tanlaymiz. Bu asbob orqali yarim shisha effektini beramiz. Rangini oqdan shaffof ranggacha bo'lganini tanlash kerak bo'ladi.

·         Myshkani dumaloq shaklning tepasiga olib borib bosib, pastga qaratib SHIFT tugmasini bosib tushuramiz, so'ng qo’yvorsak bo'ladi. Natijada oqdan ko'k rangga o'tuvchi rang paydo bo'ladi. Agar sizga natija yoqmasa o'zingiz eksperiment qilib kerakli xolga olib kelsangiz bo'ladi.

·         M  tugmasini bosib, shaklimizning tagida yana bir dumaloq shakl yaratamiz CTR SHIFT N tugmalarini bosib dumaloq shaklni chizing, va unga rasmda ko’rsatilganidek rang kodini bering.

·         7.1 ALT BACKSPACE knopkalarini bosib rang berasiz. Natijada,yana bir aylana paydo bo’ladi.

·         7.2 Endi tepa Menudan FILTER>BLUR>GAUSSIAN BLURni bosib, pastroqdagi aylanaga hiraroq effect beramiz. RADIUSini o’z xohlaganingizdek bersangiz bo’ladi, hozirgi xolatda 23 berildi.

·         7.3 Ortiqcha ranglarni olib tashlash uchun, qatlamlar ro'xati oynachasini (F7) ochib, to'q ko'k aylana qatlamini, CTRknopkasini bosib turib, aylana joylashgan to'rtburchak ichini myshka bilan bosamiz, natijada to'q ko'k aylanamiz atrofida chiziqlar paydo bo'ladi. Ortiqcha ranglarni olib tanlash uchun och ko'k bo'lgan qatlamni tanlab, CTR SHIFT I bosiladi va DELETE knopkasini bosing.

·         Natija pastdagi rasmdagidek bo'lishi kerak

·         Dumaloq shaklimiz tayyor, endi bo'lsa uning ustiga uchburchak shaklini qo'yamiz. U asbobidagi ko'proq shakllarga ega bo'lgan shaklchalardan uchburchakni tanlaymiz.

·         Aylanamiz ustiga kerakli hajmda chizib, uning burchagini 30daraja qilamiz.
Qatlamlarimiz ro'yxatidan topib bezaymiz. GRADIENTning chap tarafida kul rang, o'ng tarafida oq ranglarni tanlang.

·         10 STROKE (chegara chiziqlari) da rasmdagidek belgilaysiz

Natijada, pastroqdagi rasmimiz kelib chiqadi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 2313 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Февраль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz