Среда, 16.10.2024, 04:59
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Сентябрь » 28 » Ota
13:31
Ota
Oilaning tayanchi hisoblangan ota-onalarning hamjihatligi, totuvligi farzandlarning yaxshi tarbiya ko`rishiga, ularning kelajakda kamol topishiga katta ta’sir ko`rsatadi. Quyida taqdim etmoqchi bo`lgan hayotiy tavsiyamiz ham ota-onalarning inoqligini ta’minlashga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Olti yoshli qiz ota-onasining navbatdagi janjallariga guvoh bo`libdi. Tortinibgina otasining yoniga kelib, qulog`iga "Dadajon, oyim bilan tortishmanglar. Sizlar janjallashsangiz, men juda qo`rqib ketaman” – debdi. Balki bu bilan qizcha jajjigina yuragida kechayotgan iztirobni izhor etmoqchi bo`lgandir.

Oramizda oilasiga, do`stlariga, yaqinlariga samimiy munosabatda bo`ladigan, doim ularning ko`nglini ko`tarishga harakat qiladigan insonlar ko`p uchraydi. Bu quvonarli hol, albatta. Ammo, guruch kurmaksiz bo`lmaydi, deganlaridek, afsuski, jamiyatda bunday insonlarning aksi ham uchrab turadi. Bunga, tabiiyki, befarq qarab bo`lmaydi.

Oilada ota-ona tortishadi, keyin bahslashadi, axiri janjalgacha borishadi, ammo o`rtada aziyat chekkan farzand bo`ladi. Naql qilinishicha, "Insonlarning eng xayrlisi bu – oilasiga va ayoliga yaxshi munosabatda bo`lganidir. Insonlarning eng quvnog`i esa ayoli bilan ko`p hazil qilganidir”. Shunday ekan, vaqt ajratib oila a’zolarimizga qiziq voqealar aytib berishga, ularni xursand qilishga, bog`larda birga sayr qilishga, vaqti kelganda ular bilan turli musobaqalar uyushtirishga nima deysiz?

Unutmaslik kerakki, otalarning farzandlarga bera oladigan eng go`zal sovg`asi bu – ularning onalarini sevish va ardoqlashdir. Turmush o`rtog`ingiz yoqtiradigan biror bir buyumni, jumladan, ko`ylak yoki kitobni unga bildirmasdan olib, kutilmagan sovg`a qiling. Yoki bir dona gul olib, oshxonada ko`zga ko`rinadigan joyga qo`yib qo`ying. Ayolingiz gulni ko`rib sizni eslaydi va ko`ngli ko`tariladi. Yohud bayram kunlarida qaynona va qaynotangizni ziyorat qiling. Turmush o`rtog`ingizga shunday go`zal tarbiya berganlari uchun ularga ochiqchasiga tashakkur izhor eting.

Bular bizning "otalarimiz”ga bildirgan kichik tavsiyalarimiz edi, xolos. Siz ham o`zingizning noyob va ajoyib takliflaringiz bilan fikrlarimizni to`ldirishingiz mumkin.

Xullas, oilada erkak ayolning, ayol o`z navbatida erkakning ko`nglini olishga, uni mamnun qilishga harakat qilsa, bu oilada inoqlik, totuvlik doimo barqaror bo`ladi.

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1245 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Сентябрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz