Kutubxonadan chiqdim-u,
oyim "barvaqtroq qayt" deb tayinlaganiga qaramay, universitet yaqinidagi
hiyobonga qarab yo'l oldim. Havoda bahorning ilk kunlarining tafti
sezilib turar, zamindagi mehrdan, oqibatdan ko'ngli to'lib, parqu
bolishlarga yonboshlab olgan quyosh oltin sochlaridan zaminga ayamay nur
sochardi. Bahorning ilk tashrifi aslida bodom gullari yoki
boychechaklarda emas, insonlarning kayfiyatida sezila boshlaydi. Ukpar
kaftlarida bir olam shodlik, quvonch keltiradi bahor…
Hiyobon ichi
har doimgidek salqin, odamlar siyrak. Faqat u yer bu yerdagi o'rindi?
lardagina hiyobonning doimiy "a'zolari"- sevishganlar bir- birlariga
termulgancha o'tirishardi. Ko'pincha darsdan keyin shu yerga kelaman.
Kimsasiz, salqingina bu joyda kitob o'qish biram maroqli…
Lekin
bugun salgina o'zgacharoq bo'ldi. Xullas hiyobonga kirib, har doimgi
joyimga borib o'tirdim. Sumkamni kavlab endigina kitobimni olishga
tutingan edim ham-ki, shundoqqina oyoqlarim ostida yotgan qandaydir
daftarga ko'zim tushdi. Birovniki tushib qoldimikan deb yon- atrofga
alangladim. Hech kim yo'q. Qiziq, qanday daftar bo'ldiykin? Engashib
asta qo'limga oldim. Qizil muqovali, umumiy daftar. Astagina ichini
ochib razm soldim. Bir tekis husnixat bilan yozilganidan daftar qiz
bolaniki ekanligi shundoqqina ko'rinib turibdi. Ko'zlarim bir- biridan
ezgin satrlar bo'ylab yugurar ekan, bu daftar bugun kutubxonadan olgan
kitobimdan ko'ra qiziqarliroq ekanligini his qildim. Satrlar mana bunday
boshlangan edi.
"29.01.2005
Bugun erta tongdanoq ko'kdan oppoq qor yoqib berdi. Yer-u ko'k bir zumda oq choyshab yopinib oldi. Tabiat ajoyibda…
Zaminning ko'rimsiz, o'nqir-cho'nqir yerlarini ham, hushmanzara
joylarini ham birday ko'radi. Birday oqlikka bo'yaydi. Faqt mening
qalbim…
Zulmat libosiga burkanganicha qolib ketaveradi…
Kundalikjon, bugun sening bag'ringga ilk bor bosh qo'ydim. Ko'ksim to'la dard, kel, ularni senga to'kay, zora yengil tortsam.
Men dunyoga nega keldim o'zi? Boshqalarday baxtli bo'lishga nahot noloyiq bo'lsam? Xozir necha yoshdaman? O'n sakkiz?!
Eh…
O'n sakkiz yosh…
Umr bahori! Ayni o'ynab kuladigan, hayotning quvonchlaridan zavq oladigan yoshdaman. Lekin…
Men bahorni his etmayapman! Bolaligim…
Bechoragina bolaligim mening. Podsho bo'lolmadim bolalikda ham.
Tengdoshlarga havas qilib ko'chaga chihar, birga o'ynagim kelardi-yu,
ularga qo'shila olmasdim. Kim ham menday oqsoq qiz bilan dugona
bo'lardi? Na yugura olmasam, na sakrog'ich sakray olmasam…
Doimo
yakkalanib, o'z- o'zimdan hafa bo'lib yurardim. "Nega meni bunday
tuqqansiz?" deb har kun onajonimni qon qilganlarimchi? Meni bag'rilariga
bosgancha unsizgina yiqlab qo'yaverardi onam sho'rlik. Yoshim ulg'aygan
sari bog'chada ham, maktabda ham menga shu tahlit munosabat
takrorlanaverdi. Goqida yolg'izlik shunday jonimdan o'tib ketardi-ki!
Xusnim-ku yomon emasdi- ya…
Yuqori sinflarga o'tganimda qomatim ham,
xusnim ham kelishgangina bo'lib bordi. Biroq oqsoqligim sabab hech kim
menga e'tibor qilmasdi. Shu qolimga ham boshqa qizlar singari pinhoniy
orzularim bor edi meniyam! Bir kun kelib bir pahlavondek yigit meni
sevib qolishini, oqsoqligimga ham qaramay bag'riga bosgancha meni
uzoq-uzoqlarga olib ketishini istardim.
Kulasizmi, kuyasizmi?
Maktabni bitirgach tibbiyot kollejiga o'qishga kirdim. Maktabda zo'r
berib o'qiganim foyda berdi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib oldim.
Shukr, hozirgi dugonalarim juda yaxshi. O'zimni avvalgiday yakka moqov
his etmayapman. Ular bilan suqbatlashib, dardlashib, birozgina bo'lsada
o'zimni baxtlidek his etaman. Xa mayli, bugungisi yetar…
Dars qilishim kerak.
01.02.2005
Bugun avtobusda bir yigit menga shunday tikilib qaradi…
Bora-borgunimcha ko'zini uzmadi-ya…
Bunchayam surbet bo'lmasa? Oqsoqligimni bilmaydi-da, bo'lmasa qararmidi…
Darslarim juda ko'payib ketdi, kundalikka yozolmayapman.
03.02.2005
Ey Xudo! Men uni topdim! Shunchalik baxtlimanki, shu paytgacha hech
o'zimni shunday baxtli his etmagandim. haligi "surbet"o'ziyam ikki kun
meni tinmay ta'qib qildi. Bugun esa shartta yonimdagi bo'sh o'rindi?qa
o'tirib oldi. O'tirib olgancha yuzimga tikilib qarayverdi. Toqatim-toq
bo'lib
- Tinchlikmi?!-deb so'radim qoshlarimni chimirib. Yigit shoshganidan tutilib qoldi.
- Me… Men… Kechirasiz, bir odamga judayam o'xshar ekansiz. O'lay agar,
ikki tomchi suvdek! Sizni birinchi bor ko'rganimdayoq sezdim buni!
Shundan beri har kuni kuzataman…
Yigitning birdan ko'zlari namlandi.
Boshini egib oldi. qo'pol gapirganimdan juda xijolat bo'lib ketdim.
qiziq kimga o'xshatdi ekan? Bekatimgacha qali ancha bor edi. Biroz
ko'nglini ko'targim keldi
- Kim ekan u, mening qiyofadoshim? -so'radim o'zimni quvnoq tutishga urinib.
- U… Sevgan qizim edi…
- Nima uchun "edi"?
- U meni tashlab ketdi.
- Boshqaga turmushga chiqdimi?
- Koshkiydi… Boshqasiga turmushga chiqsayam roziydim. U… Bu dunyoni tashlab ketdi!
Ko'nglim buzulib ketdi. Esiz, yarasini yangilab nima qilardim?
- Kechiring…
- Hech hisi yo'q, sizni ko'rib huddi Malikamni ko'rgandek bo'ldim.
- Nima? Malika dedingizmi? Demak… Ismimiz ham bir qil ekanda!
- Siz ham Malikamisiz? Buni qarang. Sizni menga Ollohimning o'zi
yubordi. Malika! Bu ismni yana aytib chaqirayotganimdan shunday
baxtlimanki! Sizdan bir narsa so'rasam maylimi?
- Albatta! - Negadir bu qalati yigit menga yoqib qolgandi.
- Keyingi bekatda bir hiyobon bor…
Biz u bilan doim shu hiyobonda uchrashar edik. Agar yo'q demasangiz…
- Mayli.
Yigitning ko'zlari quvonchdan chaqnab ketdi. Biz keyingi bekatda tushib
qoldik. Bilasizmi, u hatto mening oqsoq oyoqlarimga e'tibor ham
bermadi! Shavkat! Shavkat ekan uning ismi! quvnoq, ko'rkam, kuchli!..
Nimalar deyapman o'zi? Menga nima bo'lyapti? Hiyobonda ikki soatlar
aylandik. Keyin telefon nomerlarimizni almashdik. U albatta qo'ng'iroq
qilishga va'da berdi. Men juda baxtliman!
04.02.2005
Uxlolmayapman…
Nega qo'ng'iroq qilmadi? Balki…
O'zi nega ajablanyapman? Tag'inam oqsoqligimni ko'rgan zaqoti burilib ketib yubormadi- ku? Yana qo'ng'iroq ham qilsinmi? Yeh…
Men bo'lsam nimalarni orzu qilib yuribman. Uxlash kerak…
05.02.2005
Tong saharlab telefon jiringladi. O'zi kechasi uxlolmay chiqqanimdan
boshim shunday og'riyaptiki! Shunday shirin uy?umni buzgan yaramasni
qarg'ab- qarg'ab telefonni ko'tardim.
- Allo!
- Kechirasiz… Bu Malikalarning uyimi?
- Yo'q qo'shnilarniki! -dedim jaql bilan.
- Malika, bu sizmi?
- Ha, o'ziman, kim bu kallai saharlab?!
- Men… Men haligi… Shavkatman.
Yuragim qaerdaydi? Tushib ketdi chog'i… Voy Xudoyim, yer yorilmasa kirib ketmasam. Men aqmoq nimalar dedim-a?!
- Sizmidingiz… Assalomu aleykum! Uzr biroz…
- Hech hisi yo'q. Ikki kundan beri sizni o'ylayman, Malika, tuni bilan
uxlolmay chiqdim. Tongning otishi biram qiyin bo'ldiki, sizni bezovta
qilib qo'yishni o'ylamay qo'ng'iroq qilib yuboribman.
- Bezovta
qilmadingiz! O'zim ham…-U yog'ini aytishga, "qo'ng'iroqingizni
kutayotgandim" deyishga uyaldim. Lekin u huddi sezgandek
- Rostdanmi?! -dedi. - Agar… Ilojingiz bo'lsa, bugun uchrashsak, o'sha, avvalgi joyda.
- Albatta! -shunday dedimu duv qizarib ketdim.
- Soat 3 da ilojingiz bormi?
- Harakat qilaman.
- Kutaman. Go'shakni qo'yishga qo'ydim- u, yuragim huddi qafasidan
chiqib ketayotganday urayotganini his qildim. Nima kiysam ekan?
06.02.2005
Kechadan beri o'zimga kelolmayman. Ko'zimni yumganim zaqot, kechagi
uchrashuv ko'z oldimga kelaveradi. O'z vaqtida, hatto salgina ilgariroq
yetib bordim u yerga. Chinor daraxtining ostida, qo'llarida bir dasta
oppoq atirgulllarni ushlagancha kutib turgan ekan. Meni ko'rib yosh
boladay sevinib ketdi.
- Kelmaysiz deb o'ylagandim. - dedi jilmayib
- Nega endi? Do'st tutingan bo'lsak, bundan buyon tez-tez uchrashib turamiz! Shundaymi?
- Albatta! -shunday dediyu, biroz o'ylanib qoldi.
- qiziq, gapirishingiz,, quvnoq fe'lingiz, barisi mening Malikamga o'xshab ketarkan…
- Rostmi?
- Rost… Faqat taqdiringiz o'xshamasin iloqim.
Uni chalqitish maqsadida
- Yuring, aylanaylik! -dedim quvnoqlik bilan.
- Xo'sh, Malikam, buyursinlar, qaerga boramiz!
- Ochiq fazoga!
- Amringizga muntazirman!
U qo'llarini ko'ksiga qo'yib ta'zim qildi. Ikkalamiz ham kulib
yubordik. Kun juda maroqli o'tdi. Hiyobon ham, undagi darxtlar ham juda
go'zal edi. Kechgacha aylandik o'ziyam. Menga oilasi haqida so'zlab
berdi. Aytishicha badavlat oilaning kenja farzandi ekan. Mendan ham
oilam haqida so'radi. Mening oilam o'rtaxolgina edi. Otam qimorga
berilgan, yutqazib qo'ysa uydagi qo'liga ilingan narsani olib chiqib
sotib yuboradigan odam edi. Mushtipargina onam esa, boriga qanoat qilib
yo'qni yo'ndirib yashab kelayotgan ayol…
Men unga bular haqida aytmadim. Negadir…
Nomus qildim. Tavba, u bilan atigi ikki marta uchrashgan bo'lsakda, huddi ming yillik qadrdonlarday tutardi o'zini…
hayrlashayotib qo'llarimni bir zum tutib turdi. Men ham tortib olmadim. Bechora, uyalgandek qizarib ketdi.
- Ko'rishamiz-a? -dedi yerga qarab.
- Nasib etsa…
qo'llarimni asta sug'urib olib, uyga qarab yugurib ketdim. Kaftlarim o't bo'lib yonardi go'yo…
Onamga dugonamnikiga boraman degandim. qavotirlanib kutib turgan
ekanlar. Chopib borib yuzlaridan o'pib qo'ydim. Onajonim doim mayus
yuradigan qizlaridagi bu o'zgarishni ko'rib hayron edilar. Mening esa
tinmay sakragim, baqirgim, raqsga tushgim kelardi. hatto…
Oqsoqligim ham yodimdan ko'tarilibdi!
10.02.2005
Kundaligimga yozmaganimga ham to'rt kun bo'libdi. Nimaniyam yozay? har
kunim shodlikka, baxtga to'la bo'lsa! Yana yonimda Shavkatday do'stim
bo'lsa. Do'st…
uni chindanam do'stdek ko'ramanmi? Balki…
15.02.2005
Bugun Shavkat bir joyga taklif qildi. Yaqin do'stining tug'ulgan kuni
ekan. Yo'q deyolmadim. Ko'zguning qarshisida turibman-u, negadir hech
borgim yo'q…
Begona odamlar bo'lsa…
Men nima qilaman u yerda? Mayli…
Borsam boraqolay, yana Shavkat hafa bo'lmasin…
17.02.2005
Qaerdanam bordim o'zi? Bekorga oyog'im tortmagan ekan. Eslasam
o'z-o'zimdan uyalib ketyapman. Allaqanday ko'chalardan yurib, eskiroq
bir domning uchinchi qavatiga ko'tarildik. Shavkat negadir eshikni o'z
kaliti bilan ochdi. Ajablanib
- Do'stingiz bu yerdamasmi? - deb so'radim.
- Do'stim… hozir keladi. Bozor- o'char qilgani chiqib ketgandi.
-Shavkat negadir juda shoshardi. O'zini g'alati tutyapti. Birov
majbulagandek ichkariga kirdim. Eskigina ikki xonali uy. Tug'ulgan kun
bo'layotganga sirayam o'xshamaydi. Ichkari xonaga kirishimizni bilaman
birdan…
U yogini yoza olmayman… Shavkat ko'zlarimdan oqayotgan
yoshni zo'r berib to'xtatishga urinardi. Nimalar deb ovutgani esimda
yo'q. Ertaga sovchi yuboraman dedimi, to'y qilamiz dedimi? Uyga qanday
yetib oldim bilmayman…
19.02.2005
Bugun yaxshilab tayyorgarlik
ko'rayapman. Shavkatning oyisi kelishi kerak. qanday yaxshi! Men bo'lsam
undan shubhalanib yuribman-a! Zo'r berib stol bezatayotganimni ko'rgan
onam
- qizim, kimdir keladimi? -deb so'rab qoldilar.
- Birov kelishi shartmi oyi? O'zimiz ham bir bayram qilaylik! Onamga sir boy bermadim. Uyalaman aqir…
20.02.2005
Kecha kechgacha kutdim sovchilarni. Balki biror ishi chiqib qolgandir oyisini? Bugun bo'lmasa ertaga kelishar…
Ahir Shavkat va'da bergan-ku!
23/02.2005
Shavkat qo'ng'iroq qilmayapti…
O'ziniki o'chiq…
Tinchlikmikin ishqilib? qaerda bo'lsa ham sog' bo'lsa bo'lgani…
Onam "o'zgarib qolding qizim, kasal emasmisan, biror darding bo'lsa ayt!" dedilar. qanday aytaman… Davimi bor...