Пятница, 19.04.2024, 20:10
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Июль » 28 » Oppoq libos yoxud kafan
12:35
Oppoq libos yoxud kafan
Shifoxonaga yurak xurujini boshdan ötkazgan 22 yoshlar atrofidagi qizni olib kelishdi. Ahvoli og'ir edi. Qiyin operatsiyadan keyin uni jonlantirish bölimiga olishdi. Men amaliyot ötardim shu shifoxonada. Soham kardiologiya bölganligi u- n Malika (uning ismi shunday edi) ning ahvolini örganishim mumkin böldi. U juda chiroyli qiz edi. Közlari betobligidan bölsa kerak, mungli boqardi atrofga. Uni alohida palataga ötkazishgach u b/n gaplashishga urindim. U unashtirilgan, 15 kundan söng töyi bölishi kerak ekan. U qallig'i haqida shunday zavq b-n gapirardiki, uni qattiq sevishi sezilib turardi. "Ota-onasi töyimizga qarshi, u esa mening kasalligimni bila turib uylanyapti. U doim va'dasining ustidan chiqadigan bir sözli yigit". Ösha yigitni körgach özim ham bunga amin böldim. Ha, chindan xavas qilsa arzigulik juftlik. Oradan bir haftacha ötdi. Malikaning ahvoli ancha yomonlashdi. Yigit esa har kuni uning yonida böldi. Ba'zan uxlamasdi ham. Men bu kasallikni endi davolab bölmasligini bilardim. Malikaning palatasiga ularning könglini kötarish u-n bordim. Eshik ochiq ekan, qulog'imga yigitning dardli yupanch ovozlari eshitildi: "Menga ishonasanku, tög'rimi? Söz beraman, kelasi xafta töyimiz kuni sen oppoq libosda, men qop-qora kostyumda yonma- yon ötirgan bölamiz. Hammaning bizga xavasi keladi".

Kirmadim ichkariga, Xudodan ularni ayirmaslikni sörashgagina qurbim yetardi öshanda...

Töy kuni ham keldi.

Afsuski, ösha kuni tongda Malika olamdan ötdi. Uning töyi örniga janozasiga bordim. Ajabo! Malika haq ekan, ösha kuni u chindan oppoq libosda (afsuski, bu kiyim kafan edi), yigit esa qop-qora choponda yonma-yon borishardi.

Faqat ... faqat, hech kimning ularga havasi kelmasdi...
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1115 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Июль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz