Bir oilada tug'ilgan
bolalar ayni shirin davrida, 2-3 yashar bo'lganida o'lib qolaverarkan.
Allohning irodasi ekan. Har gal Ona bechora O'lik bolasini bag'riga
bosganicha bo'zlab-bo'zlab yig'larkan, uning dod faryodiga osmon toqat
qilolmay, duv-duv yosh to'karkan. Tog'lar larzaga kelib, daryo-yu
dengizlarda toshqin paydo bo'larkan. Lekin erning ko'zidan biror tomchi
ham yosh chiqmas ekan. Har gal bolasi olamdan ko'z yumganida Onaizor
boshini devorlarga urib yig'larkan, sochlarini yularkan, yuzlarini
tirnarkan. "Sen o'lguncha men o'lsam bo'lmasmidi",- deya Allohdan oziga
o'lim tilarkan. Er bo'lsa bu kulfatni jimgina o'tkazaverarkan. Har gal
boladan judo bo'lganida mushtipar Ona farzand dog'ida 1-2 oylab kasal
bo'lib yotarkan. Tabiblar turli dori darmonlar berishib, har xil
muolajalar qilib uni arang oyoqga turg'azisharkan. Oilada unga og'ir ish
qildirishmas, qattiq botadigan gap etishmas, ko'ngliga qarab ish
tutishar ekan. Er esa soppa sog'day yuraverarkan. O'n birinchi farzand 3
yoshida olamdan o'tganida Onaning toqati toq bo'libdi. -Hoy Er,
Otamisan o'zi, nimasan ?! Nega qayg'urmaysan?! Xotin shunday deb tik
turgan Erining yoqasidan olib, siltagan ekan, Er yerga gup etib
tushibdiyu Jon taslim qilibdi !!!!! Bechora Er g'amni ichiga yuta-yuta
tugab, bir siltashgayam bardosh berolmaydigan holga kelgan ekan...