Ko’ngliga
yoqadigan ko’ylak qidirib, Nafisa bir necha marta bozor aylandi. U har
gal lov lov yonib, ko’zlarini qamashtirgan moviy ko’ylak yonida
to’xtayverardi. Libosga mahliyo bo’lib qolgan qizni ko’rgan sotuvchi
qo’yarda-qo’ymay, uni ko’ylakni kiyishga undadi. Xuddi ataylab u uchun
tikilganday, libos qizning chiroyini yanada ochdi. Nafisa ko’ylakni jon
deb olgisi kelar, lekin, uning bahosi maqul kelmayotgandi. Sotuvchidan
narxini tushirishni iltimos qildi, ammo buning iloji bo’lmadi. Olay desa
puli kamroq, ammo ko’ngliga shundan boshqasi o’tirmayapti. -
Keling yetmaganiga men qo’shib yuboraman. Qiz notanish kishinig
ovozidan cho’chib, orqasiga tisarildi. Ortida bir begona yigit jilmayib
turardi. Qiz xayron bo’lib u yoq-bu yog’iga qaradi. O’zidan boshqa xech
kimni ko’rmagach, "Menga gapiryapsizmi?” deya yigitdan so’radi. - Ha, sizga aytyapman. Bu ko’ylak sizga juda yarasharkan. Yigit samimiy jilmaydi. Biroq uning bu iltifoti, Nafisaga yoqmadi. Duch kelganga gap otadigan yigitga o’xshab ko’rindi. - Kimsiz o’zi, menga yordam berasiz? Sizni tanimayman. Ko’ylak xecham yoqqani yo’q. Uni olmoqchi emasman. Nafisa jaxli chiqqanidan xo’mrayib, ildam yurib ketdi. -
Nimaga hafa bo’lasiz? Ko’ylak yoqqanini bilaman. Sizga xolis yordam
bermoqchi edim – dedi Nafisaning izidan yugirib kelgan xaligi yigit. - Meni duch kelganga ko’ylak oldiradigan qiz deb o’yladingizmi? - Yo’q, unaqa o’ylamadim. Aqlli qizligingiz ko’rinib turibdi. Sizga yordam bermoqchi bo’lsam, buning nimasi yomon?
Qiz indamay shaxdam qadam qadam tashlashda davom etdi. Yigit
sezdirmasdan uning orqasidan ergashib keldi. Nafisa uyiga yugurib kirib
ketgachgina, yigit ortiga qaytdi.
Shu kecha Nafisaning ko’ziga uyqu ilinmadi. Xayolidan notanish
yigitning kulimsiragan chexrasi ketmasdi. Garchi o’sha paytda unga
xo’mrayib, qo’pol gapirgan bo’lsa-da, ammo yana ko’rgisi kelayotgandi.
Endi uning bir lahza uchrashgan quvnoq nigohlari qizning oromini
o’g’rlagandi.
Ertasiga Nafisaning darslari ko’payib, universitet binosidan chiqqanida
qosh qorayib qolgandi. Uzun yo’lakdan erinibgina qadam tashlarkan,
qarshisida tanish yigit to’xtadi. Bu kutilmaganda sodir bo’lganidan qiz
shoshib qoldi, biroq gullarni ko’rib, yuziga tabassum yugurdi. - salom, Nafisa, yaxshimisiz?.. – dedi yigit hayajonlanib. Nafisa uni ko’rib sevinib ketti-yu, lekin buni sezdirmadi. Yana jiddiy qiyofaga kirdi: - Sizmisiz? Meni shu yergacha izlab keldingizmi? Yigit Nafisaning pisanda gaplariga e’tibor bermay, xazilga o’tdi: - Izlab-izlab Makkani topishganida, sizni toppish nima bo’libdi? Endi Nafisa o’zini bosib turolmadi. Shaqillab kulib yubordi:- Juda g’alati ekansiz-ku, men bu gaplaringizni nima deb tushunay?- Meni ahmoq deb o’ylayapsizmi? Noo’rin gapirib qo’yganini bilib, Nafisaning yuzlari qizardi:- Men unday demadim, shunchaki, institutimgacha kelganingizga… - Yaxshiyam kelibman, bo’lmasa, qorong’ida bir o’zingiz qanday ketardingiz?.. Yigitning xazilidan ikkisi ham berilib kulishdi.- Qo’riqchilarim ko’payaversa, har kuni kech chiqishga o’rganib qolaman. - Unda o’qishni tashlab qo’riqchilikka ishga kirarkanman-da… Ular xazil-xuzul bilan manzilga yetib kelishganini sezmay qolishdi. - Kuzatib qo’yganingiz uchun sizga raxmat, - deya muloyim jilmaydi qiz.- Akrom, otim Akrom.- Qarang-a, shuncha gaplashibman-u, ismingizni so’ramabman. -
Hechqisi yo’q, mayli, yaxshi dam oling. Ha aytgancha, - deya darvozadan
kirib ketayotgan qizni to’xtatdi Akrom. – Sizdan bir narsani
so’ramoqchi edim. Ertagayam oldingizga borsam maylimi? Faqat yo’q
demang… Nafisa uyalinqirab yerga qaradi va xech narsa demay, darvozani yopdi.
Akrom uning chexrasidan rozilik alomatini anglab, quvondi. Nafisa
bo’lsa, uyga kirgach: "Ishqilib roziligimmi tushungan bo’lsin-da”, deya
xayolidan o’tkazdi.
Shu zaylda kunlar bir-birini quvlab o’tar, Akrom xar kuni Nafisani
universitet darvozasi yonida kutib turardi. Agar yigit kechikkuday
bo’lsa ham, qiz doim uchrashadigan joylaridan ketmasdi. Akrom kelganidan
so’ng, soxta araz, pichinglar… Lekin ular bor yo’g’i bir necha
daqiqagina davom etardi.
Bugun Nafisaning tug’ilgan kuni. Yo’lak boshida Akrom uni kutib
turardi. Qizning ko’ngli o’zi ham tushunmaydigan allaqanday tuyg’ularga
limmo-lim. Salomlashgach, Akrom uning qo’liga bir dasta gul va yaltiroq
qog’ozga o’ralgan quticha tutqazdi. - Tug’ilgan kuningiz bilan, Nafisa. Doim kulib yuring. Sizni yaxshi ko’raman. Akromdan bu gaplarni eshitib, qizning yuzlari lovullab ketdi va uyalib yerga qaradi:- Men ham…
Nafisa Akromni uyiga – kechqurungi bazmga taklif qilishga ota-onasidan
istihola qildi. Shuning uchun universitetdayoq xayrlashishdi.
Uyiga keliboq, u yigitning sovg’asini ochib ko’rdi. Ne ko’z bilan
ko’rsinki, qutining ichida Nafisaning xavasini keltirgan ko’ylak
turardi. Qiz ich-ichidan quvonar, ammo atrofdagilarga sezdirmaslik uchun
kulmasdi. Bu uning hayotidagi eng yaxshi tug’ilgan kuni edi. Ertasiga
Nafisa minnatdorchilik bildirish uchun Akromni kutdi. Lekin yigitdan
darak bo’lmadi. "Ishi chiqib qolgandir-da”, deb hayol qilib, uyiga
qaytdi. Ammo undan keyingi kunlari ham shunday bo’ldi. Nafisa ko’zlariga
yosh olib, kechgacha darvoza yonida turardi. Oradan o’n kun o’tsa
hamki, Akrom kelmadi. Qiz nega birdan bunday bo’lganiga tushunmas, uni
javobsiz savollar qiynardi. Yigit uni aldagani aniq. Nafisa o’zini
shunga ishontirishga urinib, Akromdan nafratlanishga harakat qilardi.
Biroq uning shirin gaplari qulog’idan, samimiy nigohi esa ko’z oldidan
ketmasdi. Bu orada qizga sovchilar kela boshladi. Ammo, Nafisaning
ko’ngli Akromdan boshqasini demasdi. Oxiri uning o’zi yigitni qidirib
topishga qaror qildi. Avval u o’qiydigan universitetga bordi. U yerdan
tayinli gap ololmagach, ishxonasiga bordi. Hamkasblari bir oydan buyon
ishga chiqmayotgani, og’ir kasalligini aytishdi.
Akromning manzilini aniqlagach, to’g’ri unikiga ketdi. Yo’l bo’yi uning
miyasida turli o’ylar g’ijg’on o’ynardi: "Akrom kasal bo’lsa, nega
menga bir og’iz aytmadi?..”
Akromlarning darvozasini yoshi kattaroq ayol ochdi. Onasi bo’lsa kerak,
deb o’ylab, Nafisa u bilan quyuq so’rashdi. Nega kelgani aytolmay,
biroz qiynaldi. Xijolat bo’lganidan so’zlay olmayotgan qizga xaligi
ayolning o’zi yordam berdi: - Nafisa siz bo’lasizmi, qizim?- Ha…-
O’zim o’rgilay sizdan, o’g’lim har alaxsiraganda, faqat sizning
ismingizni aytadi. Uyg’onganida kim deb so’rasam, indamaydi… Ayol gapini
tugatolmay, xo’ngrab yig’lab yubordi. - Yig’lamang, Xudo shifo berib, tuzalib ketadi o’g’lingiz.
Nafisa unga tasalli bergach, Akromning xonasiga kirishdi. Katta xonada
dori hidi anqir, burchakdagi karavotda esa, Akrom yotardi. Uning
ko’zlari kirtayib qolgan, yonoq suyaklari esa bo’rtib chiqqandi. U
Nafisani ko’rib, o’rnidan turmoqchi bo’ldi. Lekin uddalay olmadi. Qiz
yugurib kelib, karavot yoniga cho’kkaladi va yig’lab yubordi. - Nimaga indamay ketdingiz? Yo menga ishonmaysizmi? Siz uchun hech kim emasmanmi?- Unday dema, Nafisa. Shunchaki, seni qiynagim kelmadi. - Menga aytmasangiz, battar qiynalishimni o’ylamadingizmi?
Qiz o’kirib yig’lagisi kelar, lekin Akromning onasi yonida bo’lgani
uchun bunday qilolmasdi. Ularni xoli qoldirib, Zumrad opa tashqariga
chiqib ketdi. - Sizni har kuni darvoza yonida kutardim. - Bekor qilibsan, kutmasliging kerak edi. Chunki, endi u yerga bormayman. Nafisa Akromning dardga tez taslim bo’layotganini ko’rib, baland ovozda gapirib yubordi: - Bekor aytibsiz!.. Siz hali tuzalib ketasiz.- Do’xtirlar tuzalishing qiyin, deyapti. - Qiyin debti, lekin tuzalmaysan demabdi-ku. Faqat siz taslim bo’lmasligingiz kerak. Men o’zim yordam beraman. Akrom mahzun gap boshladi:- Nafisa, menga birovning rahmi kelishini istamayman. Kim ham kasal odam bilan yashashni xoxlaydi?.. - Siz tuzalasiz.-
Iltimos, gapimni bo’lma. Sen yaxshisi ket. Biror yaxshi yigitga
turmushga chiqib, baxtli bo’l. Sen baxtli bo’lsang, men ham baxtliman. - Lekin, men sizsiz baxtli bo’lolmayman. Xozir esa qo’rqoqlik qilyapsiz. Tuzalib ketishingizga o’zingiz ishonmayapsiz. -
Men tuzalaman, ammo bunga uzoq vaqt kerak. Tushun, seni ota onang uzoq
kutishga rozi bo’lmaydi. Agar baxtsiz bo’lib qolsang, men chidolmayman. - Ularga hammasini o’zim tushuntiraman. Ko’rasiz, ular tushunishadi…
Nafisa so’zida turdi. Ular muhabbatlari uchun juda qattiq kurashardi.
Qiz Akromning muolajalariga doimo birga borar, yigitga har jixatdan
dalda berardi. U kelgan sovchilarning hammasini qaytarib yubordi. Xatto,
onasining dashnomlari ham unga ta;sir qilmadi. Shuncha urinish va
Xudoga iltijolar zoye ketmadi. Sekin asta Akrom tuzala boshladi.