Главная » 2012»Май»27 » Odnoklassniki “Prinsessa” sining qismati
09:26
Odnoklassniki “Prinsessa” sining qismati
Ushbu hikoyamiz hikoyamiz buzuq hulqli qizning taqdiri haqida.
Hozirda
odnoklassniki saytiga juda ko’plab yoshlarimiz kirishadi. Bu sayt
aslida do’stlashish, sinfdosh do’stlar bilan muloqot qilish uchun
ochilgan. Lekin shunday insonlar borki odnoklassnikni buzuq makonga
aylantirib tashlashgan. Bazi bir qizlar behayo suratlarni qo’yib achko
5+ lar klasslar yig’ish bilan ovora. Yana yigitlar bilan so’kishib
bexayo so’zlarni yozib o’tirishadi. Unday qizlarga Allohdan ibo hayo
iymon berishini tilab qolamiz.Odnoklassnikda bir 18 yoshli qiz bor edi.
Uning niki Prinsessa Uzbechka edi. U saytga behayo suratlar qo’yib
yigitlar bilan bo’lar bo’lmas buzuq gaplarni gaplashib o’tirardi. Uning
ismi Nigina edi. Bir kuni Nigina odatdagidek odnoga kirib o’tirib o’ziga
o’xshagan buzuq hulqli yigitlar bilan bexayo gaplarni gaplashayotgan
edi. Saytda Aziz ismli yigit (Glamurniy Best boy) nikli yigit bor edi.
Aziz yoshi 21 da badavlat oilaaning farzandi Angliyaga o’qishga
ketishiga 1 kun qolgandi o’shanda. U saytda o’zini rasmini qo’ymagan
edi. Aziz ham bazida qizlar bilan bo’lar bo’lmas bemaza narsalarni
gaplashib o’tirar edi. U Nigina bilan saytda tasodifan tanishib qolgan
edi. Niginaga o’zini Begzod deb tanishtirgan edi asl ismini aytmagan
edi. Ular deyarli 1 oydan beri saytda gaplashib o’tirishardi. Niginani
aldab suldap boshini aylantiradi. U bilan ko’ngilxushlik qilish jirkanch
ishlarni amalga oshirish maqsadida Nigina bilan uchrashishga qaror
qiladi. Nigina ham bunga rozi bo’ladi. Bir amallab Niginani boshini
aylantirdi. Nigina bilan uchrashishdi ham. Aziz aytdi: Ho’sh Nigina
saytda man bilan gaplashmagan gapingiz qolmadi mana uchrashdik endi
gapizga javob berasizmi yuring man sizni kvartiramga olib boraman.
Nigina: Yo’g’ey man hazillashib gaplashgandim. Man hali qiz bolaman. Man
gaplashganim bilan unday ishlarni qilmiyman. Man yigitla bilan
yurganman lekin unaqa qish qilmaganman siz bilan tog’ri manoda gaplashib
yurishga roziman dedi. Shunda Aziz jahl bilan Niginaga baqirib uni
so’kib haqorat qila boshladi. Nigina ham uni so’kib o’rtalarida janjal
boshlangandi. Nigina Azizni juda qattiq haqorat qildi Aziz esa bu
gaplarga chidolmay Niginani urib mashinasi tomonga sudray boshladi. Ular
chekka bir holiroq joyda uchrashishgan edi.Atrofda odam yo’q edi.Aziz
ancha baquvat yigit edi. Niginaning og’zini ro’molcha bilan berkitdi.
Uni boshiga zarb bilan urib hushidan ketkazib qo’ydi. Uni kvartirasiga
olib borib o’sha yerda uni nomusiga tegdi va chekka bir joyga uni yarim
yalang’och holatda tashlab ketti. Nigina hushiga kelgach nima qilishini
bilmasdan ho’ng ho’ng yig’lardi. Aziz esa o’sha kuni kechki payt
Angilyaga uchib ketti u endi 4 yildan keyin qaytarkan. Nigina juda
qattiq afsuslandi hammasini o’ylab ko’rdi ayb o’zida ekanligini tan
oldi. Bir amallab mahallasiga yetib bordi. U ko’p qavatli honadonda
yashardi. Nigina sharmandachilikka chidolmay o’z joniga qasd qilishga
ahd qildi. O’zi yashaydigan uyga chiqdi. Eshikni taqillatdi hech kim
ochmadi. Kalitda eshikni ochdi u 7 qavatda yashardi. Balkonga chiqdida
o’zini tashlab yubordi. Pasda turgan mashinaning ustiga tushdi.
Daxshat…..tasodifni qarangki u ustiga tushgan mashina dadasining
mashinasi ekan. Dadasi do’konga chiqib ketgan ekan. Bir pasda mahallada
qiy chuv boshlanib ketti. Militsiya tez yordam yetib keldi. Lekin
Niginaning joni uzilgan edi. Dadasi Davron aka bu manzarani ko’rib
qattiq baqirdi va hushidan ketib qoldi. Niginani kim zo’rlagan kim uni
o’limiga sabab bo’lgan buni topa olishmadi. Aziz bilan Niginani
uchrashganini hech kim ko’rmagan ekan. Azizlar bu voqea hayotda sodir
bo’lgan real voqea. Bu o’tgan yili Toshkent shahrida sodir bo’lgan.
Faqat hikoyaning bazi joylari o’zgartirib keltirilgan. (Niklar ham
haqiqiy emas)Nigina buzuq gaplarni gaplashib hayotni faqat shunaqa
ko’ngilxushlik maishatdan iborat deb o’ylardi. U o’z yog’iga o’zi
qovurildi. Bunday bemazagarchilikni oqibati yaxshi bo’lmasligiga yana
bir bora ishonch hosil qildik. Azizda ham ayb bor Niginani haqoratlariga
chidolmay uni nomusiga tegdi. Gaplariga parvo qilmay ketsa ham
bo’lardiku. Alloh yigitlarga iymon g’urur qizlarga ibo hayo bersin. Автор: .::MEX:.Manba:okey.uz