Suluvdayin yoringiz turib, O'zga yorni izlab qoldingiz. Taqdir bitgan ravon yo'l qolib, Qay ko'chani ko'zlab qoldingiz. Kelinlikda oydayin yuzlar, Xor bo'ldimi oy o'tib yillar. Tunday qaro sochlar oqarib, To'kildimi durdayin tishlar. Axir sizning gardaningizdan, Yukingizni oldiku bo'lib. Ayb emas tiriklik qilmoq, Deb ishladi mardikor bo'lib. Dugonasi begoyim kiysa, Xavas qilib qo'ydi yutunib. Mayli jonim tinch bo'lsin deya, Qo'ya qoldi o'zin ovutib. Axir yo'qmi unda xam xavas, Ayol bo'lib nima ko'rdi-u Siz edingiz suyanga tog'i, Unga najot bo'lmoq kerak-ku. Zora endi qaytib qolar deb, O'z o'ziga sabr tiladi Xar kimlarga dardini aytib, Sizdan gina-qudrat qilamdi. Mo'ltillagan ko'zlaringizga, Qalam bilan najot bo'layin. Siz AYOLsiz metin iroda, Yaratgandan Sabr tilayin... Zulfi_Zarxonim ijodidan.