Четверг, 28.03.2024, 19:44
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Март » 19 » Nikoh
11:48
Nikoh
Jumla maxluqotni juft qilib yaratgan va insonni nikoh bilan sharaflantirgan Allohga behad hamdu sano shukronalar bo’lsinki, bu nikoh bizni fahshdan, zinodan saqlovchi, halol bilan haromni ajratib turuvchi chegara-to’siqdir. "Nikohlanish mening sunnatimdir va kimki sunnatimdan yuz ogirsa, bizdan emas”, deb shar’iy oila qurishga da’vat qilgan haq payg’ambar hazrati Muhammad Mustafoga, u zotning ahli xonadon va ashoblariga Allohning behisob salotu salomi bo’lsin.
Shariatda ijob va qabul (ikki tomonning roziligi) bilan hosil bo’ladigan nikoh tufayli er-xotinga bir-biridan barcha ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanmoq halol bo’ladi.
Nikohda muhim sunnatlar va haqlar bor. Ularni bajarish majburiyati, ma’suliyati eru xotin zimmasiga yuklatiladi. Agar er-xotin bularni ado etmasa, balo
va ofatlarga duchor bo’lishi mumkin. Masalan, oila nafaqasi uchun halol rizq topish, ahli ayol va farzandlarga to’g’ri ta’lim-tarbiya berish kabi.
Nikoh mazmun-mohiyati bilan dinni ustuvor qilish, axloqni yaxshilash va sayyidi koinot hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning faxru iftixorlari bo’lgan xayrli va muborak bir ishdir. Bu xususda hadisi shariflarning birida bunday marhamat qilinadi: "Nikohlaninglar, ko’payasizlar. Albatta,men qiyomat kunida o’tgan ummatlarga nisbatan sizlar (ya’ni ummatimning ko’pligi) bilan faxrlanaman. Hatto qorindan tushgan noraso va chala tug’ilgan bola bilan ham”
Nikohni ayrimlar moddiy qiyinchilik, etishmovchilikka sabab bo’ladi, deb gumon qiladilar. Aksincha, nikoh tufayli insonning rizqi va davlati ziyoda bo’ladi. Chunki yaratgan Parvardigor Qur’oni karimning "Nur” surasi 32- oyatida: "…Agar ular (nikohlanuvchilar) kambag’al bo’lsalar, Alloh ularni O’z fazlu karami bilan boy-behojat qilur”, deya mujda beradi.
Nikohning fazilatlaridan yana biri shuki, uylanayotgan kishi zarurat bo’lganda nikoh uchun qarz olsa,”Qanday to’lar ekanman?” deya boshi qotmasin. Zero, bu qarzning adosini mehribon Parvardigor o’z zimmasiga olgan. Bu borada hazrat Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "Faqirlik va muhtojlikdan qo’rqib oila qurmaganlar bizdan emas”,deb qattiq ogohlantirganlar.
Hanafiy mazhabimizda nikoh olti qisimga bo’linadi:
1. Ayolning mahrini berishga, nafaqasini ta’minlashga qodir, aqliy va jinsiy sog’lom, uylanmagan taqdirda zino qilishi aniq bo’lgan kishiga nikohlanish farz.
2. Jinsiy ojiz bo’lmagan, mahr berishga va nafaqasini ta’minlashga qodir, uylanmasa, zino qilish ehtimoli bo’lgan kishi uchun uylanish vojib.
3. Jinsiy tomondan o’rtacha, zino qilish ehtimoli bo’lmagan kishi uchun oila qurish sunnat.
4. Oila tebratish majburiyatiga bo’ysunmay, xotiniga zulm o’tkazishi shubhasiz bo’lgan kimsaning uylanishi haromdir. Zero, bunday turmush har ikki taraf uchun saodat emas, baxtsizlik keltiradi.
5. Oilani boshqarish haqkariga rioya qilmasdan, xotiniga zulm qilishidan qo’rqilgan kimsaning uylanishi makruh.
6. Zino qilish qo’rquvi bo’lmasa ham, jinsiy lazzat olish uchun uylanish muboh.

Ushbu ma’lumot Muhammadi Maxdum Shohmurodzoda Fazluddin
Iqroruddin Hoji o’g’lining "Nikoh va oila risolasi” kitobidan olingan
Категория: Oila va jamiyat | Просмотров: 1983 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Март 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz