Ohirgi
kunlarda deyarli har kuni yangi bir libosni ko'rish odat tusiga
kirmoqda. Shunga qarab dizaynerlar ham hammabop yangicha dizayn yaratish
sohasida ko'proq o'ylanishga majbur bo'lmoqdalar. Bugun oddiygina narsa
bilan hech kimni hayron qoldirib bo'lmaydi. Shunging uchun dizaynerlar
bu safar "ustki kiyim" bilan "musiqa"ni birlashtirishga qaror qildilar.
Biz ilgari sizga musiqiy krossovkalar haqida ham ma'lumot bergandik. Bu
safar Old Navy kompaniyasi esa yangicha musiqiy liboslarni taqdim
qildi. Ushbu kiyimlarni o'ziga hos tarafi ularga "naushniklar" qo'shib
o'rnatilgan bo'lib, musiqani juda sevuvchilar uchun mo'ljallangan.
Ushbu sport kiyimlariga yuqori sifatli "naushnik"lar o'rnatilgan va ular kiyimning o'ng cho'ntagi ichidagi 3.5-mm.li standart hajmga ega moslama orqatli sizning telefoningiz yoki iPodingizga ulanadi. Bunday universal kiyimlar narhlari 15 - 29 $ miqdorda baholangan. Hozirda ushbu kiyimlarning 29 xil rangi chiqarilmoqda.
|