Yaqinda
ro’y bergan voqea hammani o’yga to’ldiradi. Qo’shnimiz qizini uzatgan
kuni kechasi otasi vafot etdi. To’yning ertasi kuni azaga ulanib ketdi.
Hamma aza bilan ovora....Mayyitni qabristonga olib ketar chog’i, haligi kelinchakning qaynonasi yetaklab kelib qoldi. Qaynonasi unga:- Kelin salom qiling, otangiz sizni ko’rolmay ketdi,- dedi.Kelinchak
ham tobutga qarata uch marta tazim qildi. Bu holatga kimdur achinib
qaradi, kimdur yig’ladi, kimdurni ensasi qotdi. Ammo keksa onaxon
kelining qaynonasiga qarab:- Chilalli kelini bekor olib kelibsiz. Bizda bunday ta’zim qilinadigan udum yo’q-ku, - deya koyib berdi.Marakalar
o’tgach , kelinchakning axvoli og’irlashdi. Kechasi bilan alaqsirab
chiqadigan bo’lib qoldi. Hatto kunduz kuni qaynonasining oldida ikki-uch
marotaba hushidan ketib qoldi. Bora-bora kelinchak oynaga qarab, huddi
qarshisida kimdur turganday, o’zi bilan o’zi gaplashadigan odat
chiqargan. Qaynonasi kelining onasini chaqirtirib, bo’layotgan voqeani
aytib berdi. Ular kelinchakni o’qitgani olib borishdi. Qayerga olib
borishmasin "Kelinga marhumning yuki tushgan deyaverishgan. Kelin ancha
paytgacha shu kayfiyatda yuradi kunlarning birida qiz yo’qolib qoladi.
Kunlar o’tgach qizni o’lik holatda mozor yonidagi daraxt tagida
ko’rishadi....