LG videotasvirni simsiz yuboradigan HD texnologiyani namoyish etdi
LG Ultra HD imkoniyatiga ega birinchi video ma'lumotlarni simsiz jo'natish texnologiyasini namoyish qildi.
LG
Electronics (LG) kompaniyasi Barselonada bo'lib o'tgan Mobile World
Congress (MWC) 2013 anjumanida ilk bor o'zining yetakchi Wireless Ultra
High Definition (UltraHD) Transmission texnologiyasini taqdim etdi.
Mazkur
yangi avlod mobil texnologiyasi smartfondagi o'yin va boshqa
kontentlarni televizor ekranlarida Ultra HD orqali simsiz uzatish tizimi
yordamida tomosha qilish imkonini beradi.
"Wireless Ultra HD
Transmission innovatsion texnologiyasi yordamida foydalanuvchilar
sevimli mobil kontentlaridan Ultra HD imkoniyatiga ega eng ilg'or
zamonaviy televizorlar orqali bahramand bo'lishlari mumkin", - deydi "LG
Electronics Mobile Communications" kompaniyasi Prezidenti hamda bosh
direktori doktor Chong-Seok Pak. - Texnikada o'ziga xos inqilob qilgan
LG kompaniyasi sohada o'z peshqadamligini yana bir karra isbotladi.
Wireless
Ultra HD Transmission texnologiyasi smartfon multimedia kontentlarini
televizorlarga avvalgi mobil texnologiyalarga qaraganda yanada tez va
ravon o'tishini ta'minlaydi. Yangi avlod LG mobil texnologiyasi ushbu
vazifani to'xtashlarsiz va ma'lumotlarni yo'qotishlarsiz WiFi tizimini
ishlatgan holda amalga oshirish imkonini beradi.
Multimedia
kontentini uzatish chog'ida u avtomatik ravishda televizor imkoniyatiga
moslashadi, bu esa tasvirni benuqson ko'rsatishni ta'minlaydi.
Bundan
tashqari LG Wireless Ultra HD Transmission tizimi avvalgi ma'lumot
uzatish texnologiyalaridan farqli o'laroq ikkikarra kam quvvat
sarflaydi.
Bunga smartfonning markaziy protsessor va boshqa uskuna tarkibiy qismiga tushayotgan yukning kamayishi yordamida erishiladi.
manba: naesmi.uz