Среда, 16.10.2024, 05:30
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Сентябрь » 28 » Ko’zmunchog’imsiz
13:14
Ko’zmunchog’imsiz
Qizga yigit yoqmasdi. Uning fe’l atvori yoqmasdi. O’zi yoqmasdi…
Uning ortidan ko’p yurdi yigit. U uchun ko’p narsalar qildi. Uni deb ko’p narsadan voz kechdi yigit. Lekin qizda iliqli k sezmadi. Yigit shoirtabiat edi. Dunyoni, olamni, tabiatni, sevardi u. gullarni, qushlarni, oy- quyoshni sevardi yigit. Yer-u osmonni, Uni sevardi yigit…
- Menga bunaqa, ko’rgandayoq yuzimga qarab she’r to’qiydigani kerakmas. Otam zamonidan qolib ketgan xatlarni yozib boshim og’ritmasin! 
Yigitdan olib kelingan hatga va hatni olib kelgan elchiga shunday dedi qiz.
Keying safar qizning dugonasini ishga soldi yigit. Ammo bu ham hech qanday natija bermadi.
- Menga so’zlaridan, ko’zlaridan o’t chaqnaydigan yigit kerak! Yonimga kelishga botinolmay, qator qator elchilarini yuboradigani emas! Shunday yigit bo’lsinki, meni tilim lol bo’lsin, uniki emas. Har gapida "Gulim,lolam” degan o’t- o’lanlar nomi bilanmas, ismim bilan chaqirsin! Chaqirsinki, o’sha ondayoq qarshisida hozir bo’lay. Ovozlaridan yuragimgacha titrab ketay!
Qizning bu gaplaridan keyin yigit unga boshqa elchi yubormadi.Shu gaplar unga hayot sabog’ini berdi.

* * *
- Nargiz!!!
Darvoza daranglab ochilib, ismini eshitgandayoq Nargizning oyoq-qo’li bo’shashib, yuragi potirlab qoldi. "yana ichibdilar-da!” xayolidan shu o’y o’tdiyu, yugurgilab hovliga chiqdi.
Ana eri! O’zi bir umr orzu qilgan, gapirganda so’zlaridan o’t chaqnaydigan, chaqirganda ovozi yuragigacha titratadigan eri.Oyog’ida zo’rg’a turibdi, hozir yana hammasi takrorlanadi. Bir shapaloq bilan qutulsa mayli edi, lekin eri holdan toyguncha uradi-da. Nargiz katta bo’lib qolgan qizlarining yonida uyaladi.O’gli hali kichkina, bunaqa narsalarni tushunmaydi.

Janjallarning boisi ‘’o’glim yo’q”edi. Ikkita qizi bor. Boshida Jamol akasi bilan yaxshi yashashdi. Yaxshi deb ham bo’lmasdi. Bu kunlar bilan qiyoslaganda u kunlar oltinga teng edi.Shirin so’zlar eshitmasa-da xar xolda urush janjalsiz edi u kunlar… ikkinchi qizi tug’ilgan keyin eri ichishga mukkasidan ketdi."Menga o’gil kerak!”- deb to’polon qiladigan odat chiqardi. Ko’zining tagidagi ko’kimtir ranglar ketib ketmasdan yana yangisi bosilardi. Nihoyat o’g’illi bo’lishdi. Lekin Jamol ichishni tashlamadi, qaytaga avj oldi.
Oxirgi paytlarda o’sha shoirtabiat yigitni ko’p o’ylaydigan bo’lgan. "Balki uning sevgisini , tuyg’ularini uvol qilganim uchun taqdir menga shunday kunni ravo ko’rgandir,” – deb o’ylaydi. O’sha o’ziga yoqmagan, yoqmaganini hammaga oshkora aytgan yigit oldida o’zini bir siqim his qiladi. Ayol bo’lib eridan bir shirin so’z eshitmaganini o’ylab, ho’rligi keladi. Bolalari ham dadasidan zirillaydi. Erkalanib, bo’yniga osilib o’tirisholmaydi.
Shuncha o’qib diplom olgani ham bir pul bo’lgan."Ishlamaysan!”- dedi tamom.
Shularni o’ylab yuragi siqildi.Talabalik yillarini eslab, suratlari, kitoblari turgan javonni ochdi. Suratlarda o’zini ko’rib yig’lab yubordi. Xozir u Nargizdan asar ham qolmagan. Yuzlariga g’am soyasini tashlab bo’lgan, ajinlarning sanog’i yo’q. ko’rganlar 5-10 yosh qo’shib aytishadi. Suratlarni ko’rarkan, orasidan kichkinagina kitob chiqdi. Kitob qanday bu yerga kelib qolganini eslolmadi. Lekin bu kitobni o’sha shoirtabiat yigit berganini esladi. Ochdi. Muqovasida tanish shoirning she’ri yigitning qo’llari bilan yozilgandi…


* * *
Gulim mehr ko’zda degani yolg’on,
Mening dilimdagi o’chmas yolqinsiz.
Qancha ko’rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo’lsak shuncha yaqinsiz.
Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting sizdan bo’lak kimim bor yana?..
Siz yo’qc hog’imdagi dunyo begona,
Siz yo’q bog’imdagi gullar yoqimsiz.
Siz achchiq qismatim, siz istirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim.
Siz mening ko’klardan topgan oftobim,
Siz mening ko’klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo’qotgan ko’zmunchog’imsiz…
Ko’zlari yoshdan harflarni ko’rmay qoldi. Hayollarga berilib o’tirarkan lablari tinmay "Siz mening ko’klardan topgan oftobim, Yerlarda yo’qotgan ko’zmunchog’imsiz…” deb shivirlardi. Darvozaning zarb bilan ochilishi-yu, erining "Nargiz!” deb chaqirgani ham uni hayollar og’ushidan olib chiqolmadi."Qars” etgan ovoz chiqdi, Nargiz yuzining lovullab yonayotganidan shapaloq yeganini angladi.
Erining baqir- chaqiriga Nargizning qalbida takrorlanayotgan so’zlar qorishib ketdi. 
"Siz mening ko’klardan topgan oftobim, Yerlarda yo’qotgan ko’zmunchog’imsiz…”

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1144 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Сентябрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz