Среда, 16.10.2024, 04:25
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Май » 16 » Ko'chadan mehr izlagan qiz...
10:50
Ko'chadan mehr izlagan qiz...
Necha kundan beri yuragimni ezib kelayotgan qayg’u, iztirob va aybdorlik hissidan xalos bo’lish uchun sizga maktub yozishga qaror qildim. To’g’ri, hammasiga o’zim aybdorman. Meni asrab-avaylab voyaga yetkazgan dadamni qattiq hafa qilib qo’ydim, u kishining betoblanib shifoxonaga tushib qolishiga sababchi bo’ldim…
Oilada yolg’iz qizman. Uch o’g’il ukam bor. Onam bundan bir necha yil oldin og’ir xastalik tufayli vafot etgandi. O’shanda kichkina qizaloq edim. O’lim nima, ayriliq azobi qandayligini bilmasdim ham. Shuning uchun bo’lsa kerak, uyimizga o’gay ona kelganda menga unchalik og’ir botmagan. Baxtimga, o’gay onam juda yaxshi ayol bo’lib chiqdi. Menga va ikki ukamga biror marta bo’lsin o’gaylik qilganini eslolmayman. O’gay onam o’g’il farzandni dunyoga keltirganida ham uni boshqa ukalarimdan kam ko’rmadim. Maktabni tugatishim bilan dadam meni o’zining kafesiga ishga joylashtirib qo’ydi. Kafeda oshpaz bo’lib ishlay boshladim. Avvaliga bu ish menga juda yoqqandi. Bora – bora zerika boshladim. Men ham dugonalarim singa oily o’quv yurtiga xujjat topshirib, o’qishga kirmaganimdan afsuslanardim. Ayniqsa, ikki ukam institutda o’qiy boshlagach, o’qishga xavasim ikki chandon ortdi. Ammo ming afsuski, endi buning iloji yo’q edi. Chunki o’zim ham bolaligimdan o’qiyman deya harakat qilmagandim. Shuning uchunmi yo boshqa sababmi, juda asabiy edim. Arzimagan gap ko’nglimga qattiq tegar, dadamning oddiy tanbexlaridan ham tutaqib ketardim. Tan olaman, telefonda yigitlar bilan ko’p gaplashardim. Ammo biror marta bo’sin, ular bilan uchrashuvga chiqmaganman.
Bir kuni qo’l telefonim dadamning oldida qolib ketgan ekan. Tanish yigitlardan biri qo’ng’iroq qilsa, dadam ko’taribdi. Xullas, dadamning mendan rosa jaxli chiqdi, ancha koyidi. Xonamga qamalib olib: " Shuyam menga mumkin emas ekan-da ”, deya rosa yig’ladim. O’gay onam yupatdi. Nazarimda, shundan so’ng dadam menga sovuq munosabatda bo’lib qolgandek edi. Dadam bilan munosabatlarimiz ana shunday taranglashib yurgan kunlarning birida u kishi darvozaxonada turib, menga qandaydir ish buyurdi. Men esa uyda yumush bajarayotgandim.
- Nima? – dedim yaxshi eshitmay.
Dadam yana gapini takrorladi. Uzoqda bo’lganim uchun baribir eshitmadim. Uchinchi marta so’rashga uyalganimdan, indamay qo’ya qoldim. Oradan yarim soatlar o’tgach, dadam: "Men aytgan ishni qildingmi?” deb so’rab qoldilar.
- Yo’q, yaxshi eshitmagandim, - dedim to’g’risini aytib.
Dadam esa tutaqib ketdi.
- Men ish buyursam, o’zingni eshitmaganlikka olasan.Hayoling joyida emas. Bir qulog’ing telefonga yopishib qolgach, albatta, eshitmaysanda! – deya bir qancha gaplarni gapirib tashladi.
Ayniqsa, dadamning: "Yigitlar bilan gaplashasan”, degan gapi suyak – suyagimdan o’tib ketdi.
- Bir marta ishingizni qilmaganimga shunchami?! Axir umrimni, yoshligimni sizning yumushlaringizni bajarishga sarflayapman-ku! – dedim titrab-qaqshab.
- Yigitlar bilan gaplashmasang, yanada ko’proq yumush bajargan bo’larding, dedi dadam.
Jaxlim chiqib ketdi. "Men dadamga faqat ish uchun kerak ekanman-da”, degan alamdan butun vujudim zirqirayotgandek edi.
- Sizdan ko’rmagan mehrni ko’chadan qidiraman! – deb yuborganimni o’zim ham bilmay qoldim.
Bu gapim dadamga juda qattiq botadi deb o’ylamagandim.
- Sendek bolam yo’q! – dedi dadam g’azabdan rangi ko’karib. So’ng gandiraklagancha uyga kirib ketdi. O’ksib-o’ksib yig’ladim.
- Dadangning gapiga xafa bo’lma qizim. Dadasi koyimaydigan farzand yo’q, - deya yupatdi o’gay onam.
Ertasi kuni dadamning mazasi qochib qoldi. "Tez yordam”ga qo’ng’iroq qildik. Darhol kasalxonaga olib ketishdi. U yerda doktorlar insult deya tashxis qo’yishdi. Qattiq qayg’u oqibatida kelib chiqqan emish. Bu gapdan vujudim titrab ketdi. Naxotki, dadam men tufayli shunday dardga chalingan bo’lsa? Endi nima qilaman, aybimni qanday yuvaman?
O’sha kundan buyon xalovatim yo’qoldi. Xato dadmdan uzr so’rashgayam yuzim chidamaydi. Nima qilsam dadam yana avvalgidek sog’lom xoliga qaytarkin, mendan ranjimaskin?..
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1232 | Добавил: nigora | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Май 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz