Jahon fond bozorlari yana talvasaga tushmoqda – "Standard & Poor’s”
(S&P) xalqaro reyting agentligi tomonidan AQSh reytingining
pasaytirilishi butun yer shari bo‘ylab fond, xomashyo va valyuta
birjalarida juda kuchli reaksiyaga sabab bo‘ldi. Ulardan ko‘pchiligida
indekslar tinmay tushib bormoqda, aksincha oltinning narxi esa
yangidan-yangi rekordlarni o‘rnatmoqda.
Ko‘pchilik
ekspertlar rivojlangan mamlakatlarda retsessiyaning qaytarilish
xavfini oldindan bashorat qilmoqda, chunki aksiya bozorlarida aynan
shuning ifodasi ko‘rinmoqda.
Vaziyat
haqiqatdan ham juda qaltis – dunyodagi yirik iqtisodiyotga ega
mamlakatlar qarz botqog‘iga botib qolgan, AQSh iqtisodiyoti esa normal
o‘sishga erisha olmayapti, yevrozona esa o‘zi bilan o‘zi ovvora.
Bugungi holatni 2008-yilgi moliyaviy inqiroz bilan solishtirish asnosida
hamma o‘z-o‘ziga bir savolni bermoqda – joriy vaziyat yangi iqtisodiy
inqirozning boshlanishi emasmi?
Rossiyadagi birinchi biznes-telekanal "RosBiznesKonsalting”
eskpertlari kelajakda yangi moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin
bo‘lgan 7 asosiy sababni o‘rganib chiqdilar. Quyida o‘sha sabablar
keltirilgan.
Kelajakda moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin bo‘lgan 7 asosiy sabab:
1) AQSh davlat qarzi muammosi
2) Xitoy va uning disbalanslari
3) Yevrozonadagi inqiroz
4) Yaponiya va uning davlat qarzi
5) Rivojlanayotgan mamlakatlar xavfi
6) Iste’molchilar orasidagi inqiroz
7) Mahsulotlarning global miqyosda yetishmasligi
manba: infoman.uz