Четверг, 26.12.2024, 23:25
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 3
Гостей: 3
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Август » 6 » Jajji barmoqlar
10:11
Jajji barmoqlar
-Dada!!!Dadam qaytdiiiiiiiiiiiiiiiii!!!-degan xitoblar yangradiyu, bir to’da bolalar yugurib dahlizdan hovliga tusha boshlashdi,
-Dada!!! Dadajon!!! Urraaa Dadajonimm!!!Non olib keldingizmi???

Shiddat bilan hovliga kirgan Ashur xuddi shunday shiddat bilan to’xtadida , orqasiga tisarildi,Ko’zlarini katta ochib , peshanasini tirishtirdi,So’ng gavdasini og’irligini qo’llariga tashlab , qo’ltiqtayoqni tutqichini tajanglik bilan siqqancha devorga suyaldi, asta sekin ko’z oldi qorong’ilashib , boshi aylandi,. Va birdan miyasi karaxt bo’lib qoldi, "Dadalaring o’lmadi senlar qutulmadilaring,"deya ko’nglidan o’tkazdi, keyin va u qo’l oyoqlari bo’shashib borayotganini his etdiyu yiqilishga kelganda tirsagini devorga qattiqroq tirab, arang o’zini o’nglab oldi, , To’ng’ichi 14 kenjasi 3 yoshli 9 bola yiqilib surilib hamon Ashur tomon yaqinlashar, u, o’zi tomon cho’zilgan jajji barmoqlarini aniq ko’rib turar, tahlika , dahshatdan qalt-qalt titrardi,

-Dada!!!Dadajon!!!Non , non bering….-Ashurning quloqlari ostida goh ingichka , goh g’am g’ussaga to’la do’rillagan ovozlar uzluksiz jaranglardi, ovozlar quloqlaridan go’yo vujudga ko’char , tobora vahimali, qo’rqinchli tus olayotgandi,go’yo tanasi kengayar, torayar, keyin birdan og’irlashar, yana qaytadan yengillashar, u esa sarosimada bo’gilardi ,nihoyat u bilak va yelkalarida momiq , yoqimli barmoqchalar siypalana boshlaganini his etdi.Mana shu jajji barmoqlar bir haftadan beri non ilinjida bilaklarini tinimsiz silab siypalardi…
-Dadajonim Non, NON!!!
-Non!!! NON!!!- qichqirib yubordi Ashur asabiy va birdan g’o’ldirab qoldi- As-asolatttttttttt!!! Bol- bolalaringga qara!!Nim – nimaga kelishim bilan oldimga qo’yib yuborasan!!! Insofing bormiaaaa???
-Hoy qani orqalaringizga qaytinglar, dadalaringizni tinch qo’yinglar, - dahlizdan beozor rahmdil tovush eshitildi, Sal o’tmay, Asolatning ozi ko’rindi, -Qani uyga kiringlar!!!Yo’q nonni dadangiz qayerdan oberadi???
U yalinuvchan ohangda eriga yuzlandi,
-Xafa bo’lmang…
Asolat bolalarini itarib dahlizga kirgizishga urindi, So’ng eshikni zichlab yopdida, tashqaridan tambalab qo’ydi, ichkarida yana "Non, Dada, dadajon non non " degan xitoblar yangradi va uzoq muddat jaranglab turdi,oxiri kuchli zarb bilan eshik taqillay boshladi…
Ashurning qalbi hasratga to’ldi, keskin ortiga o’girildi va g’o’ldiray-g’o’ldiray qahr-g’azab bilan ko’cha eshikni tepid, eshik uch bora ochilib yopildida , g’ichirlab-g’ichirlab oxiri to’xtadi,Ashur tushkun, jonidan to’ygan odam ahvolida gandiraklab tashqariga chiqdi, qadamlari beixtiyor sekinlashdi, qo’ltiqtayoqlari tutqichini siqdi, shu qadar qattiq siqdiki, barmoqlari uvishib, tomirlarida sanchiq qo’zg’aldi, va ancha mahalgacha behol bo’lib qoldi, Bir payt hushini yigib barmoqlari chigalini yozishga urindi, asta sekin sanchiqni ham tarqatdi, Keyin u seskanib atrofga alangladi, va tor tigiz , egri bugri toshyo’ldan tepa tomonga ketdi, u tinmay g’oldirar , go’yo kimdandir o’ch oladiganday bo’ralab so’kinar, qadoqli qo’llari bilan qo’ltiqtayoqni tutganicha siqib borar, yelkasidagi pochta xaltasiga ham e’tibor bermas, faqat tirsagiga urilganda g’azab bilan turtib borar, yo’lida davom etardi, U bir necha bor qoqilib munkidi, o’zini o’nglab ahiyri katta ko’chaga chiqib oldi, kun chiqish tomonga burildi-da bo’yoqlari ko’chib nuragan sariq darvozani qoqishga tutindi, darvoza uch bor qoqilgach ichkaridan chiqayotgan odam sharpasi eshitildi
-Kimsan???Nima gap??? -Darvoza ortidan ingichka hirildoq ayni vaqtda ilinjli, umid ohangi ifodalanayotgan ovoz yangradi,-O’g’lim qaytganga o’xshaydi….Sobirrrrrrrrrr Bolajonim!!!Nimaga indamaysanaa???Gapirsangchi bolam yuragim yorilayozdiku!!!
-Onajon, xola oching bu men Ashurman
-Ashurjon, tinchlikmi???O’g’limdan xat-xabar bormi???-zanjir tushirildi va tashqariga chiqqan kampir Ashurga termildi
- Nima gap??? Nimaga piqillayapsan??? Eyyyy gapir yoki …… Sobirjonimmmmmmm bolam ayol turgan joyida qotdi, eshik kesakasiga suyandi…
-Qo’rqmay aytaver bolam… Hammasi Hudoning hohishi - pichirladi lablari

Kampir ning ko’zlari jiqqa yoshga to’ldi va qalt –qalt titrab Ashurni bag’riga bosdi.O’tgan bahorda erini yerga qoygan bu kampir uch yil muqaddam yolgiz o’glini harbiyga jo’natgan, qaytishini intizorlik bilan kutar, ‘tiq’etsa eshikka termilardi,
-Onajonim, xola….
-Bolam gapir, Sobirjondan yomon habar eshitdingmia???
-Yo’q tinchlik Bola…- Ashurning boshi egildi,oqayotgan burnini tortib, kampirga yuzlandi,
- bolalarim och…Kirishim bilan ‘non’ deb quloq miyamni yeyishyapti, xotinim Asolatga ham osonmas, …Bolalar uning ham jonini halqumiga keltirishdi.insof qiling yegulik biror narsa bering…
-Urushning nomi o’chsin bolam,nomi o’chsinaaa bolaginam, Odamlarni itday tentiratib qo’ydiya, dushmanda insof yo’q ularga nima yetishmaydi nimaga urush qilishadi??? qani ichkariga kirchi…Rahmatli Ali amaking qotgan nonlarni boloxonaga chiqartirib qo’yardi, "qari bilganini pari bilmas’deganlari shu ekanda, Mana endi asqotyapti.. deya Ashurni ichkari boshladi….So’ng eshikni zanjirlab qiyshiq narvonni tirab, boloxonaga ko’tarildi, saldan keyin ko’ylagi etagida qotgan non bilan tushdi,
-Xaltangni yashir , hech kim ko’rmasin, Bolalaring bilan baham ko’r , o’g’zingdan gullay ko’rma,har holda ahvol juda ogir…
- Onajon xola, Onajonim…Xudo xayringizni bersin, urush tugasa albatta uzaman, iloyo o’g’lingiz sog salomat qaytsin, iloyo….O’zim boshlab kelay, uylantirganingizda belimni bog’lab o’tin yoraman
-Tilingdan o’rgilay, Xudo hohlasa,, to’yda ustingga to’n yopaman, Bor, bolalaringni tinchit,ertagacha Xudo poshsho….
Ayolmand Ashur hayajondan qaltirab , hiqirlagancha kampirning sho’rtab yuzidan o’pdi va qotgan non solingan xaltani yelkasiga olib shiddat bilan cho’loq cho’loq chopa ketdi, kampir ortidan ko’zi to’la yosh bilan qarab qoldi…Ayolmand Ashur uyi tomon yaqinlasharkan jilmayar, goh tirjayar, go’yo osmon va yer shod edi shu dam…Tut daraxti bor hovlisi bugun uni go’yo mamnun istiqboliga chorlardi u shu xonadonda katta bo’ldi, uni ota onasi ham,,,ikki singlisi ham shu uydan uzatildi, Ashur uylandi, ota onasin chirog’ini yoqdi, u shu uyda 9 bolani otasi boldi, urushga ham shu yerdan ketdi, jo’nadiyu yana shu uyga bir qo’ltiqtayoqda kirib keldi
-Dada!!!Dadajonim!!!Non olib keldingizmiaa!!!Non….Non…

-Mana, mana, jonlarim jigarbandlarim , jo’jalarim!!!Ashur yelkasidagi xaltaga qo’lini tiqib nonlarni oldi olaverdi ulashaverdi,

-Yenglar mazza qilib yenglar,faqat suvga ivitib yenglaraaa, tiqilib qolmasin, jonim sizlarga sadaqa bolsin…

haqida.uz

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1390 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Август 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz