Воскресенье, 06.10.2024, 22:46
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Июль » 23 » Ish Vaqtida Uxlab Qolyapsizmi? Buning yechimi bor!
11:04
Ish Vaqtida Uxlab Qolyapsizmi? Buning yechimi bor!
Kechasi bilan uxlamasligingizga to’gri kelgandir, yoki bo’lmasa tunda uyqungiz qochgandir. Xullas, ertalab uyquga to’ymaganingiz ko’zlaringizdan ma’lum, kamiga ishga borsangiz ko’zingiz yumulib ketyapdi. Bunday holatda nima qilish kerak? Yoki yozning jazirama kunlarida kunning issiqligidan ish vaqtida lanj bo’lib, uxlagingiz kelyapdi. Bunday vaziyatda qanday tetik o’tirishingiz mumkin? Shular haqida batafsil quyida berilgan.
Uyquni qochirish yo'llari:
1
Hidlardan foydalaning. Har qanday hid, hoh u yoqimli bo’lsin, yoki yoqimsiz – barchasi uyquni qochirishda ko’maklashadi. Keraksiz vaqti uyqungizni kelishi bartaraf etishda aromaterapiyaning o’rni katta. Quyida berilgan yog’lar asab tizimini aktivlashtiradi, charchoqni kamaytiradi. Uyqungiz kelganda ushbu yog’larni hidlasangiz uyqungiz qochadi. Ular quyidagilar:
Rozmarin
Evkalipt
Yalpiz (Ma’lumotlarga ko’ra, yalpizni hidlash charchoqni 15 %ga, jahldorlikni 25 %ga kamaytirarkan, tetiklikni esa 30 %ga oshirarkan.)
Kofe (Uni ichish emas, kofe donachalarini hidlash kerak.)

Albatta bu yog’lar hammaning ham ishxonasida yoki doim yonida yurmasligi mumkin, ammo ularni dorixonalardan harid qila olasiz. Agar harid qilishni imkoni bo’lmagan taqdirda, bu yog’lar o’rniga los’onli nam sochiqchalar yoki hidli shamlar ko’maklashadi. Rozmarin va yalpizning quritilganini har qanday dorixonadan topishingiz mumkin. Undan bir chimdim olib, barmoqlaringiz bilan ezg’ilabhidlasangiz kifoya.

2
Massaj qiling. Uyquni qochirish uchun tananing quyidagi qismlarini yengil massaj qiling:
Boshning tepa qismini
Bo’yinning orqa qismini
Qo’lning orqa tomonini (Bosh va ko’rsatkich barmoqlarning oralig’ini)
Tizzaning orqa qismini
3
Muz shiming. Agar siz muz shimsangiz, uxlab qolmasligingiz aniq. Muz miyani butunlay tetiklashtiradi. Xatto kechasi yo’lga chiqqaningizda, yoki juda qattiq charchaganingizda muz xaqiqiy halaskorga aylana oladi.

4
Noqulay o’tiring. Iloji boricha oyoqda turishga harakat qiling. Agar o’tirishingiz shart bo’lsa, eng noqulay stulni tanlang. Harakat qiling, o’tirgan o’rindig’ingiz sizga qulay bo’lMAsin.
5
Badantarbiya qiling. Kompyuter qarshisida o’tirib ishlashingiz – bu degani siz harakat qilmasligingiz kerak deganimasku! O’tirgan joyingizda ham badantarbiya qilib turing, ayniqsa uyqu kelishni boshlaganda.
6
Qorningiz to’q bo’lmasin. To’q qorin - odamni yalqov qilib, uyquni faollashtiradi. Shuning uchun to’yib ovqatlanmaslikka harakat qiling. Uning o’rniga sizga ermak bo’ladigan narslar iste’mol qiling. Masalan, olma, mayiz, pista, quruq mevalar. Ular ham qorin to’ydiradi, ham sizni chalg’itadi.
7
Tetiklashtiruvchi musiqa tinglang. Sho’x ashula kayfiyatni ko’taradi, sizga quvvat beradi. Agar imkon bo’lsa qo’shiqni birgalashib ayting. Faqat yodingizda bo’lsin: tinglayotgan qo’shig’ingiz hamkasblaringizga halaqit bermasin.

8
Chalg’ituvchi mashq qiling. Har 30 daqiqada quyidagilarni bajaring:2-3 daqiqa xona ichida mashq qiling: turgan joyingizda yugurishingiz, yengil sakrashingiz, yoki xona bo’ylab yurishingiz mumkin.
9
Muzdek suvdan foydalaning. Yuzingizga muzdek suv seping yoki sovuq suvda chaying. Muzdek suv iching.
10
Saqich chaynang. Saqich chaynash yuz muskullarini harakatga keltiradi, boshga qon quyulishi yaxshilanadi, sizni uyg’oq va sergak o’tirishingizda ko’maklashadi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 7562 | Добавил: Admin | Рейтинг: 2.0/2
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Июль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz