Среда, 16.10.2024, 03:39
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Июль » 23 » Inson Pokiza Bo‘lmog‘i Lozim (Mutolaa)
10:57
Inson Pokiza Bo‘lmog‘i Lozim (Mutolaa)
Bir kuni Qozining huzuriga bir xotin keldi va qo‘li bilan ko‘rsatib:
— Bu kishi mening erim bo‘ladilar.U bilan qurgan turmushimizni o‘ylab ko‘rdim. Uch oydirki, bular bilan totuv yashash uchun ko‘p harakat qildim. Ammo erimda bunga rag‘bat ko‘rmadim. Uch oy davomida bir-birimizni tushuna olmasligimizga aqlim yetdi. Biz ajrashamiz, — dedi.

Qozi qarshisida indamay turgan odamdan ya’ni uning eridan so‘radi:
— Xotiningga nima deysan, — dedi.
U odam:
— Qozi janoblari, xotinimdan mening hech qanday shikoyatim yo‘q. Men ajralishni istamayman, — dedi.
Qozi ahvolni yaxshi tushundi. Sababi u odamning kiyinishi yaxshi emas, g‘alati edi. Qozi u xotinga:
— Hozir uyingga ketginda, birozdan keyin kelasan. Biz ering bilan suhbatlashib olamiz, — dedi.

Qozi u odamni hammomda yuvintirib, uqalab, toza kiyimlar kiygizishni, chiroyli ko‘rinishga keltirishni buyurdi. U odamni pokiza bir holga keltirdilar. Picha vaqt o‘tgach, xotini keldi. Erini bashang kiyimlarda, chiroyli bo‘lib ketganini ko‘rgan ayol beixtiyor quvonib ketdi. Qozi ayolga:
— Xonim, mana eringiz. Endi xushchaqchaq, suyunib uyingizga boring, — dedi.
Xotin erining qo‘lidan ushlab, «yuring ketamiz», dedi.
Ayol Qozi janoblariga ular rahmat aytib, uylariga ketdilar.

Qozi janoblari u yerda hozir bo‘lganlarga:
— Sizlar oilalaringizning (ayollaringizning) yaxshi va pokiza kiyinib, sizni kutib olishlarini sevganingiz kabi, ular ham sizni pokiza va yaxshi kiyinganingizdan zavq oladilar, sizlarni yasangan holda ko‘rishni istaydilar, — dedi.
Qissadan xissa shuki, xurmatli erkaklar, ayolingizdan go’zal bo’lishni talab qilar ekansiz, bu talabga o’zingiz ham javob bering. Ayolingiz oldida doimo soch soqolingiz olingan, kiyim-boshingiz toza, o’zingizdan esa xushbo’y iforlar taralib tursin.
Категория: Suxbat | Просмотров: 1137 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Июль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz