Воскресенье, 24.11.2024, 05:51
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 8
Гостей: 8
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Февраль » 24 » Homiladorlikka tayyorlanish
08:05
Homiladorlikka tayyorlanish
Матннинг давомида мақоланинг кирилл нусхаси жойлаштирилган.

Homiladorlik davrida rivojlanadigan asoratlarning aksariyat qismini to'g'ri tayyorgarlik ko'rish bilan to'xtatish mumkinligi isbotlangan. Ayniqsa, yetishmayotgan vitaminlarni to'ldirish, ko'rikdan o'tish, ehtimoli bo'lgan kasallikka, holatiga, o'ziga yuqtiruvchanligiga tashxis qo'yish va ularni tuzatishlarni aytib o'tish mumkin.

Zararli ta'sirlar oldindan aniqlansa, ularni butkul yo'qotish mumkin bo'lgan holatlar bor: masalan, qizilchaga qarshi immunitetning yo'qligini aytish mumkin. Bitta emlash orqali ushbu muammo haqida unutish mumkin, homiladorlik vaqtida ham ushbu dard haqida umuman eslamasligingiz mumkin. Faqat emlashdan so'ng homilador bo'lishdan avval 3 oy saqlanish kerakligini aytib o'tishni istar edik.

Aks holda 9 oy stress (qattiq hayajon, ruhiy zarba)da, doimiy tahlil, Xudo asrasin, 50 % holatda homila nuqsonli bo'lish ehtimoli bor bo'lib, shifokorlar homilani olib tashlashni tavsiya etadilar.

Homiladorlikka tayyorlanayotgan vaqtda 150 mkg kaliy yodid, homiladorlik vaqtida esa, 200 mkg kaliy yodid qabul qilish homilador ayol va chaqaloqning yod tanqisligi kasalligi muammosining yechimi bo'la oladi (muddatdan ilgari tug'ilish va yuqori perinatal o'limning ham oldini oladi) shuningdek, aqliy zaiflikning oldini oladi. VOZ ma'lumotiga ko'ra, dunyoda 20 mln kishi yod tanqisligi sababli aqliy zaif bo'lib, bunday holatni oldini olish mumkin bo'lgan vaziyatlardan biridir. Qalqonsimon bezning faoliyati pasayishini o'z vaqtida kerakli miqdorda gormon qabul qilish bilan oson hal qilinadi. Bu shuningdek, yashirin, surunkali, oldin tashxis qo'yilmagan infeksiyalarga ham tegishlidir. Shamollash jarayonini davolash aksariyat hollarda sabab bo'ladigan chala tug'ilish va homiladorlikning infeksiyaviy asoratining oldini olish imkonini beradi.

Butkul hal qilib bo'lmaydigan holatlar bor, lekin ularga homiladorlikgacha tashxis qo'yish yordamida davolovchi shifokor ehtimoli mavjud asoratlarni oldindan aytib berish, ularga tayyor turish va o'z vaqtida ularni tuzatish choralarini ko'rish imkonini beradi. Ayol kishining aynan shunday yo'l tutishi, ya'ni homilador bo'lmasdan avval dori-darmonlarni qabul qilishi bilan homiladorlik davrida jiddiy muammolarning oldini oladi.

Ba'zan ayollar ko'rikdan o'tishni hohlamaydilar, buni ularni hech narsa bezovta qilmayotgani va o'zlarini yaxshi his qilayotganlari bilan izohlaydilar. Ammo yomon taraf ham shundaki, homilador bo'lmasdan avval ayol o'zini yaxshi his etadi, uni ko'p narsa bezovta qilmaydi, lekin aynan homiladorlik davrida asoratlarining ko'p qismi yuzaga chiqadi. Va ular faqat taxlil ko'rinishida namoyon bo'lishi va ayolni butkul bezovta qilmasligi mumkin.

Masalan, bu yerda rezus-faktorga kelib chiqishi mumkin bo'lgan antitanalarni atib o'tish mumkin. Bunda rezus-faktor manfiy bo'lgan ayollarda, homilaning rezus-faktori musbat bo'lgan holatni aytib o'tish mumkin. Bundagi antitanalarning paydo bo'lishini faqatgina taxlil orqali bilish mumkin.

Sog'lom odamning shifokor huzuriga borishining nima hojati bor?!

Ko'rib turganingizdek, jiddiy va havfli asoratlarning oldini olish juda oddiydir. Aynan shuning uchun unga ko'pincha e'tibor berilmaydi. Inson ruhiyati shunaqaki, agar u shifokor huzuriga borib, o'z sog'ligi haqida "lozim bo'lganidek" g'amxo'rlik qilsa, zamonaviy murakkab ko'riklardan o'tish va nomlari qiyin bo'lgan yangidan-yangi dori-darmonlar ro'yxatini tuzib berishi kerak deb tushunadi.

Sog'lom hayot tarzi tushunchasi hozirgacha ko'pincha insonda tabassum uyg'otadi. Shifokor huzuriga kelib: "Ha, doktor, bularning hammasi tushunarli, lekin Siz vitaminlar, uyqu, to'g'ri ovqatlanish, to'g'ri tartib, tamaki chekishdan voz kechish, komp'yuterda ishlashni cheklash, oilada me'yoriy munosabatda bo'lishdan tashqari konkret (aniq, lo'nda) nima maslahat bera olasiz?" Vaholanki, mana shular-ku eng muhim ishlar axir?!

Ba'zilar ko'rsatmalarga rioya qilmaydi va zarur moddalar yetishmagan holatda homilador bo'ladilar. Homiladorlik davrida vitamin qabul qilish albatta muhim, lekin homila rivojlanishining dastlabki eng zarur haftalarida bu moddalar etishmagan bo'lsa, keyinchalik ularni qabul qilish orqali rivojlangan asoratni chetlashtirishga yordam bermaydi.

Davolanish doim kasallikning oldini olishdan orqada qoladi. Hali mavjud bo'lmagan kasalliklarning oldini olish juda osondir. Agar unga jiddiy e'tibor berilsa, haqiqatan ham ularga uchramaslik mumkin. Mavjud asoratni davolash doim kechikadi, uning rivojlanish mexanizmidan orqada qoladi.

Kasallikni davolash qiyin, lekin oldini olish oson. Shifokorlar allaqachon kasallikning oldini olish osonroq ekanini tushungan. Bu nisbatan sezilarli yaxshi natijalarga olib keladi va bu nisbatan osonroqdir.

Internetning roli.

Biror muammo haqida bilish uchun ish ma'lumot yig'ishdan boshlanadi. Bugungi kunda katta hajmdagi ma'lumotlarga tez fursatda ega bo'lish manbai bu - internetdir. Aynan internet maslahatlari bu bosqichda yordam berishi mumkin: qayerga murojaat qilish kerak, aynan nimani kamaytirish kerak, o'zini qanday tutish kerak, nima mumkin, nima mumkin emas, homiladorlikka qanday tayyorlanish kerak! Homiladorlikka tayyorlanishda mavjud jiddiy kasalliklardan tashqari internet-maslahatchi yordam bera oladi. Ma'lumot yig'ish, maqolalarni o'qish, savollarga javoblar, o'z savollarini berish hisobiga bir necha hafta mobaynida oilaga tayyorgarlik ko'rayotganlar bu savollar bo'yicha mutaxassis bo'lib qoladi. Xususan, bir xil muammoli doimiy forumlar - hamma homiladorlikka tayyorlanayotganlar - o'zaro tajriba, foydali ma'lumot va dalillar bilan almashishadi.

Shaxsiy davolovchi vrach.

Nazariy bilim yig'ilganidan so'ng keyingi bosqich keladi - o'zining shaxsiy rejasini ishlab chiqish va yuzma-yuz o'z shifokorini topish. Chunki internetda tahlilni topshira olmaysiz va Sizning homiladorligingizni kuzatib boradigan shifokor topishingiz kerak. Homiladorlikka tayyorgarlik ko'rish va homiladorlik davrini nazorati qilish uchun bitta mutaxassisga ishonganingiz ma'qul.

Ishonch - bu shifokor o'z bemoriga yordam bera oladigan asosiy omil bo'lib, bu haqida Gippokrat aytib o'tgan.

Albatta yuzma-yuz muomalanining o'rnini internet bosa olmaydi. Barcha virtual maslahatlar mavhum (noaniq), chunki inson o'zi haqida batafsil gapirib bera olish imkoniga ega bo'lmaydi. Shifokorning birgina ko'rigi unga undan ko'ra ko'proq ma'lumotlar beradi.

Qabulgacha hal qilinadigan va zarur bo'lgan savollar bor. Yana internet orqali muhokama qilib bo'lmaydigan savollar ham bo'ladi. Bu holatda maslahatchi bunday savollarga javob bermasligi bilan nisbatan haqli bo'lib, buning uchun Homiladorligingizni kuzatadigan shifokorni o'zingiz tanlab, uning qabuliga kelish kerak.

.

Homiladorlikka tayyorgarlik algoritmi.

1. Sizga - homilador va ko'krak suti bilan oziqlantiruvchilaruchun mo'ljallangan polivitaminlar. Turmush o'rtog'ingizga - sifatli polivitaminlarning biri. Har ikkalangizga ham folik kislotasi, oshqozonni bezovta qilmasligi uchun ovqat paytida kuniga 1 ta tabletkadan 3 mahal ichiladi. Homiladorlik davrigacha kamida 6 oy ilgari davomiy qabul qilish homilaning asab naychasi rivojlanishidagi nuqsonlarni va boshqa nuqsonlarni keskin pasaytiradi.

2. Jadvalingizni o'zgartiring va homiladorlikka tayyorlanishdan oldin ta'tilga borib keling! Homiladorlik davrida imkon qadar samolyotda uchish va iqlim almashtirish tavsiya qilinmaydi!

2.0. Spermogramma. Rejalashtirish davrida juda ham zarur emas. Ushbu taxlil patologik shakllarni aniqlashga imkon beradi.

3. Stomatolog, terapevt, LOR ko'rigidan o'tish (surunkali tonzillit, piyelonefritni davolatish).

4. Ginekolog ko'rigidan o'tish.

5. Har ikkingizning ham qon guruhi, rezus-faktori.

Agar ayol kishida musbat rezus-faktor bo'lsa, muammo yo'q.

Agar ayol kishida manfiy rezus-faktor bo'lsa - rezus-faktorga qarshi bo'lgan antitanalarni tekshirish uchun taxlil qilinishi kerak (erkak kishining manfiy bo'lsa ham).

Agar antitanalarni aniqlash bo'yicha taxlil musbat (polojitel'nyy) chiqsa, bunday vaqtda homiladorlik vaqtincha mumkin emas, korreksiya talab qilinadi.

Agar antitanalarga qarshi taxlil manfiy (otricatel'nyy) bo'lsa, bu taxlilni homila 8 oylik bo'lgunicha har bir oyda ushbu taxlil bir marta takrorlab turilishi kerak.

Ayolning qon guruhi 1 guruh va erkak kishiniki boshqa guruh bo'lsa, qon guruhi to'g'ri kelmasligi mumkin. Rezus-faktorga qarshi antitana uchun taxlil bo'lganidek, guruhiy antitanaga taxlil topshirish ham homilaning 8 haftaligidan boshlab bir oyda bir marta topshirilishi kerak.

6. TORCH-kompleks. Qizilcha, toksoplazma, gerpes, SMB, xlamidiya-miqdoriy taxlil (titrli).

7. Infeksiyalar taxlili: oddiy surtma (taxlil uchun olinib, oynaga surtilgan yupqa qatlam), yashirin infeksiyalarga har ikkisi ham (erkak va ayol) PCR topshirishi.

8. Gormonlar - buyrak usti androgenlari va qalqonsimon bez holatini xarakterlovchilar.

9. Gemostaziogramma, koagulogramma - qonning quyilishi haqidagi bo'yicha taxlil.

10. Umumiy qon taxlili (gemoglobin, eritrositlar, leykositlar, trombositlar, SOYE, rangli ko'rsatgich, leykosit formula). Barmoqdan qon oldirish.

11. Peshobning umumiy taxlili.

Homiladorlikka muvaffaqiyatli tayyorlanishning asosiy garovi - buni mashg'ulot, ishga ayniqsa muammoga aylantirmaslik kerak.

Har qanday holatda farzandning dunyoga kelishi inson qo'lida bo'lmagan Mo''jiza. Shunday ekan, unga muvofiq munosabatda bo'lish kerak. Oxirigacha davolanmagan asoratlaringiz bilan homiladorlik davringizdni turli hayollar bilan o'tkazmaslik uchun oldindan tayyorgarlik ko'ring. Keyin xotirjam bo'lib, o'z Mo''jizangizni kutavering. Uni kimga, qachon va qanday tug'ilishini O'ZI biladi.

http://www.mariamm.ru/

Ҳомиладорликка тайёрланиш

Ҳомиладорлик даврида ривожланадиган асоратларнинг аксарият қисмини тўғри тайёргарлик кўриш билан тўхтатиш мумкинлиги исботланган. Айниқса, етишмаётган витаминларни тўлдириш, кўрикдан ўтиш, эҳтимоли бўлган касалликка, ҳолатига, ўзига юқтирувчанлигига ташхис қўйиш ва уларни тузатишларни айтиб ўтиш мумкин.

Зарарли таъсирлар олдиндан аниқланса, уларни буткул йўқотиш мумкин бўлган ҳолатлар бор: масалан, қизилчага қарши иммунитетнинг йўқлигини айтиш мумкин. Битта эмлаш орқали ушбу муаммо ҳақида унутиш мумкин, ҳомиладорлик вақтида ҳам ушбу дард ҳақида умуман эсламаслигингиз мумкин. Фақат эмлашдан сўнг ҳомиладор бўлишдан аввал 3 ой сақланиш кераклигини айтиб ўтишни истар эдик.

Акс ҳолда 9 ой стресс (қаттиқ ҳаяжон, руҳий зарба)да, доимий таҳлил, Худо асрасин, 50 % ҳолатда ҳомила нуқсонли бўлиш эҳтимоли бор бўлиб, шифокорлар ҳомилани олиб ташлашни тавсия этадилар.

Ҳомиладорликка тайёрланаётган вақтда 150 мкг калий йодид, ҳомиладорлик вақтида эса, 200 мкг калий йодид қабул қилиш ҳомиладор аёл ва чақалоқнинг йод танқислиги касаллиги муаммосининг ечими бўла олади (муддатдан илгари туғилиш ва юқори перинатал ўлимнинг ҳам олдини олади) шунингдек, ақлий заифликнинг олдини олади. ВОЗ маълумотига кўра, дунёда 20 млн киши йод танқислиги сабабли ақлий заиф бўлиб, бундай ҳолатни олдини олиш мумкин бўлган вазиятлардан биридир. Қалқонсимон безнинг фаолияти пасайишини ўз вақтида керакли миқдорда гормон қабул қилиш билан осон ҳал қилинади. Бу шунингдек, яширин, сурункали, олдин ташхис қўйилмаган инфекцияларга ҳам тегишлидир. Шамоллаш жараёнини даволаш аксарият ҳолларда сабаб бўладиган чала туғилиш ва ҳомиладорликнинг инфекциявий асоратининг олдини олиш имконини беради.

Буткул ҳал қилиб бўлмайдиган ҳолатлар бор, лекин уларга ҳомиладорликгача ташхис қўйиш ёрдамида даволовчи шифокор эҳтимоли мавжуд асоратларни олдиндан айтиб бериш, уларга тайёр туриш ва ўз вақтида уларни тузатиш чораларини кўриш имконини беради. Аёл кишининг айнан шундай йўл тутиши, яъни ҳомиладор бўлмасдан аввал дори-дармонларни қабул қилиши билан ҳомиладорлик даврида жиддий муаммоларнинг олдини олади.

Баъзан аёллар кўрикдан ўтишни ҳоҳламайдилар, буни уларни ҳеч нарса безовта қилмаётгани ва ўзларини яхши ҳис қилаётганлари билан изоҳлайдилар. Аммо ёмон тараф ҳам шундаки, ҳомиладор бўлмасдан аввал аёл ўзини яхши ҳис этади, уни кўп нарса безовта қилмайди, лекин айнан ҳомиладорлик даврида асоратларининг кўп қисми юзага чиқади. Ва улар фақат тахлил кўринишида намоён бўлиши ва аёлни буткул безовта қилмаслиги мумкин.

Масалан, бу ерда резус-факторга келиб чиқиши мумкин бўлган антитаналарни атиб ўтиш мумкин. Бунда резус-фактор манфий бўлган аёлларда, ҳомиланинг резус-фактори мусбат бўлган ҳолатни айтиб ўтиш мумкин. Бундаги антитаналарнинг пайдо бўлишини фақатгина тахлил орқали билиш мумкин.

Соғлом одамнинг шифокор ҳузурига боришининг нима ҳожати бор?!

Кўриб турганингиздек, жиддий ва ҳавфли асоратларнинг олдини олиш жуда оддийдир. Айнан шунинг учун унга кўпинча эътибор берилмайди. Инсон руҳияти шунақаки, агар у шифокор ҳузурига бориб, ўз соғлиги ҳақида "лозим бўлганидек" ғамхўрлик қилса, замонавий мураккаб кўриклардан ўтиш ва номлари қийин бўлган янгидан-янги дори-дармонлар рўйхатини тузиб бериши керак деб тушунади.

Соғлом ҳаёт тарзи тушунчаси ҳозиргача кўпинча инсонда табассум уйғотади. Шифокор ҳузурига келиб: "Ҳа, доктор, буларнинг ҳаммаси тушунарли, лекин Сиз витаминлар, уйқу, тўғри овқатланиш, тўғри тартиб, тамаки чекишдан воз кечиш, компьютерда ишлашни чеклаш, оилада меъёрий муносабатда бўлишдан ташқари конкрет (аниқ, лўнда) нима маслаҳат бера оласиз?" Ваҳоланки, мана шулар-ку энг муҳим ишлар ахир?!

Баъзилар кўрсатмаларга риоя қилмайди ва зарур моддалар етишмаган ҳолатда ҳомиладор бўладилар. Ҳомиладорлик даврида витамин қабул қилиш албатта муҳим, лекин ҳомила ривожланишининг дастлабки энг зарур ҳафталарида бу моддалар етишмаган бўлса, кейинчалик уларни қабул қилиш орқали ривожланган асоратни четлаштиришга ёрдам бермайди.

Даволаниш доим касалликнинг олдини олишдан орқада қолади. Ҳали мавжуд бўлмаган касалликларнинг олдини олиш жуда осондир. Агар унга жиддий эътибор берилса, ҳақиқатан ҳам уларга учрамаслик мумкин. Мавжуд асоратни даволаш доим кечикади, унинг ривожланиш механизмидан орқада қолади.

Касалликни даволаш қийин, лекин олдини олиш осон. Шифокорлар аллақачон касалликнинг олдини олиш осонроқ эканини тушунган. Бу нисбатан сезиларли яхши натижаларга олиб келади ва бу нисбатан осонроқдир.

Интернетнинг роли.

Бирор муаммо ҳақида билиш учун иш маълумот йиғишдан бошланади. Бугунги кунда катта ҳажмдаги маълумотларга тез фурсатда эга бўлиш манбаи бу - интернетдир. Айнан интернет маслаҳатлари бу босқичда ёрдам бериши мумкин: қаерга мурожаат қилиш керак, айнан нимани камайтириш керак, ўзини қандай тутиш керак, нима мумкин, нима мумкин эмас, ҳомиладорликка қандай тайёрланиш керак! Ҳомиладорликка тайёрланишда мавжуд жиддий касалликлардан ташқари интернет-маслаҳатчи ёрдам бера олади. Маълумот йиғиш, мақолаларни ўқиш, саволларга жавоблар, ўз саволларини бериш ҳисобига бир неча ҳафта мобайнида оилага тайёргарлик кўраётганлар бу саволлар бўйича мутахассис бўлиб қолади. Хусусан, бир хил муаммоли доимий форумлар - ҳамма ҳомиладорликка тайёрланаётганлар - ўзаро тажриба, фойдали маълумот ва далиллар билан алмашишади.

Шахсий даволовчи врач.

Назарий билим йиғилганидан сўнг кейинги босқич келади - ўзининг шахсий режасини ишлаб чиқиш ва юзма-юз ўз шифокорини топиш. Чунки интернетда таҳлилни топшира олмайсиз ва Сизнинг ҳомиладорлигингизни кузатиб борадиган шифокор топишингиз керак. Ҳомиладорликка тайёргарлик кўриш ва ҳомиладорлик даврини назорати қилиш учун битта мутахассисга ишонганингиз маъқул.

Ишонч - бу шифокор ўз беморига ёрдам бера оладиган асосий омил бўлиб, бу ҳақида Гиппократ айтиб ўтган.

Албатта юзма-юз муомаланининг ўрнини интернет боса олмайди. Барча виртуал маслаҳатлар мавҳум (ноаниқ), чунки инсон ўзи ҳақида батафсил гапириб бера олиш имконига эга бўлмайди. Шифокорнинг биргина кўриги унга ундан кўра кўпроқ маълумотлар беради.

Қабулгача ҳал қилинадиган ва зарур бўлган саволлар бор. Яна интернет орқали муҳокама қилиб бўлмайдиган саволлар ҳам бўлади. Бу ҳолатда маслаҳатчи бундай саволларга жавоб бермаслиги билан нисбатан ҳақли бўлиб, бунинг учун Ҳомиладорлигингизни кузатадиган шифокорни ўзингиз танлаб, унинг қабулига келиш керак.

.

Ҳомиладорликка тайёргарлик алгоритми.

1. Сизга - ҳомиладор ва кўкрак сути билан озиқлантирувчиларучун мўлжалланган поливитаминлар. Турмуш ўртоғингизга - сифатли поливитаминларнинг бири. Ҳар иккалангизга ҳам фолик кислотаси, ошқозонни безовта қилмаслиги учун овқат пайтида кунига 1 та таблеткадан 3 маҳал ичилади. Ҳомиладорлик давригача камида 6 ой илгари давомий қабул қилиш ҳомиланинг асаб найчаси ривожланишидаги нуқсонларни ва бошқа нуқсонларни кескин пасайтиради.

2. Жадвалингизни ўзгартиринг ва ҳомиладорликка тайёрланишдан олдин таътилга бориб келинг! Ҳомиладорлик даврида имкон қадар самолётда учиш ва иқлим алмаштириш тавсия қилинмайди!

2.0. Спермограмма. Режалаштириш даврида жуда ҳам зарур эмас. Ушбу тахлил патологик шаклларни аниқлашга имкон беради.

3. Стоматолог, терапевт, ЛОР кўригидан ўтиш (сурункали тонзиллит, пиелонефритни даволатиш).

4. Гинеколог кўригидан ўтиш.

5. Ҳар иккингизнинг ҳам қон гуруҳи, резус-фактори.

Агар аёл кишида мусбат резус-фактор бўлса, муаммо йўқ.

Агар аёл кишида манфий резус-фактор бўлса - резус-факторга қарши бўлган антитаналарни текшириш учун тахлил қилиниши керак (эркак кишининг манфий бўлса ҳам).

Агар антитаналарни аниқлаш бўйича тахлил мусбат (положительный) чиқса, бундай вақтда ҳомиладорлик вақтинча мумкин эмас, коррекция талаб қилинади.

Агар антитаналарга қарши тахлил манфий (отрицательный) бўлса, бу тахлилни ҳомила 8 ойлик бўлгунича ҳар бир ойда ушбу тахлил бир марта такрорлаб турилиши керак.

Аёлнинг қон гуруҳи 1 гуруҳ ва эркак кишиники бошқа гуруҳ бўлса, қон гуруҳи тўғри келмаслиги мумкин. Резус-факторга қарши антитана учун тахлил бўлганидек, гуруҳий антитанага тахлил топшириш ҳам ҳомиланинг 8 ҳафталигидан бошлаб бир ойда бир марта топширилиши керак.

6. TORCH-комплекс. Қизилча, токсоплазма, герпес, ЦМВ, хламидия-миқдорий тахлил (титрли).

7. Инфекциялар тахлили: оддий суртма (тахлил учун олиниб, ойнага суртилган юпқа қатлам), яширин инфекцияларга ҳар иккиси ҳам (эркак ва аёл) ПЦР топшириши.

8. Гормонлар - буйрак усти андрогенлари ва қалқонсимон без ҳолатини характерловчилар.

9. Гемостазиограмма, коагулограмма - қоннинг қуйилиши ҳақидаги бўйича тахлил.

10. Умумий қон тахлили (гемоглобин, эритроцитлар, лейкоцитлар, тромбоцитлар, СОЭ, рангли кўрсатгич, лейкоцит формула). Бармоқдан қон олдириш.

11. Пешобнинг умумий тахлили.

Ҳомиладорликка муваффақиятли тайёрланишнинг асосий гарови - буни машғулот, ишга айниқса муаммога айлантирмаслик керак.

Ҳар қандай ҳолатда фарзанднинг дунёга келиши инсон қўлида бўлмаган Мўъжиза. Шундай экан, унга мувофиқ муносабатда бўлиш керак. Охиригача даволанмаган асоратларингиз билан ҳомиладорлик даврингиздни турли ҳаёллар билан ўтказмаслик учун олдиндан тайёргарлик кўринг. Кейин хотиржам бўлиб, ўз Мўъжизангизни кутаверинг. Уни кимга, қачон ва қандай туғилишини ЎЗИ билади.

Категория: Tibbiyot | Просмотров: 8539 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Февраль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz