Kanada, Avstraliya va Buyuk britaniyalik bir guruh olimlar gripp
virusining har qanday ko'rinishiga qarshi kurasha oladigan preparat
ustida ish olib bormoqdalar. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti
ma'lumotlariga qaraganda, har yili ushbu epidemiya tufayli sayyoramizda
500 mingga yaqin kishi hayotdan ko'z yummoqda.
Mutaxassislarning
ta'kidlashicha, DFSA deya atalgan mazkur vaksina grippning odam
organizmida juda yengil o'tishini ta'minlaydi ya'ni virusni inson
organizmidagi soQlom tanachalarga kirib borishiga to'sqinlik qiladi va
nobud bo'lishiga olib keladi. Ushbu preparat dunyo farmatsevtika
bozorida 6-7 yildan so'ng paydo bo'lishi aytilmoqda.