Четверг, 12.12.2024, 00:17
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 5
Гостей: 5
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Июль » 23 » Er-xotinning Energofiziologik Mosligi (Test)
11:00
Er-xotinning Energofiziologik Mosligi (Test)
Azal azaldan er-xotinni qo’sh xo’kizga o’xshatishgan. Sababi, ikkisiga bir butun jon bo’lib, oila uchun harakatda bo’ladilar, yelib yuguradilar. Ular nikohdan avval ko’rishib, ikkisini xarakteri bir-biriga to’gri keladimi yo’qmi tekshirib ko’rishadi. Ammo to’y o’tgachchi, buning imkoni bormi? Ularni ikkisini bir biriga mosligini bilish qanchalar muhim? Oilada nizolarning mavjud yoki mavjudmasligi, ularning munosabatlarining qay darajada mustahkamligi – ikkisining energofiziologik mosligiga bog’liqdir. Er-xotinning qanchalar bir-biriga mos yoki mosmasligini ushbu test orqali aniqlash mumkin. Ushbu testni ishlab juftingiz bilan bir-biringizga energofiziologik jihatdan qanchalik mos ekanligingizni aniqlashingiz mumkin. Test savollariga Ha yoki Yo’q deb javob berishingiz kerak.
Test savollari:

1. Sizning turmush o‘rtog‘ingiz bilan uyqu va bedorlik vaqtingiz bir xilmi? (biringiz uxlaganingizda, biringiz uyg‘oqsiz, biringiz vaqtli yotganingizda, biringiz uxlamaysiz.)
2. Turmush o‘rtog‘im asabiylashganda yoki jahli chiqqanda, men odatda uni yaxshi gap bilan yoki nimadir qilib tinchlantira olaman.
3. Biz turmush o‘rtog‘im bilan yaxshi kelishamiz.
4. Turmush o‘rtog‘im bilan biror ishni har xil tezlikda bajarishimiz meni jahlimni chiqaradi (men tez, u esa sekin bajarishi yoki aksi).
5. Turmush o‘rtog‘imning tez va ko‘p ovqat iste’mol qilishi asabimga tegadi.
6. Ba’zan ovqat tanlashimizdagi farq oilaviy nizoga sabab bo‘ladi.
7. Tez-tez men xursand bo‘lganimda turmush o‘rtog‘im xafa bo‘ladigan yoki aksincha bo‘ladigan hollar tez-tez bo‘lib turadi.
8. Uyquga ketishim va to‘yib uxlab olishimga turmush o‘rtog‘im ko‘pincha xalaqit beradi.
9. Turmush o‘rtog‘im bilan temperamentimiz juda mos.
10. Jinsiy aloqa bizning munosabatlarimizga ijobiy ta’sir etadi.
11. Jinsiy hayotda turmush o‘rtog‘im meni to‘la qanoatlantiradi.
12. Turmush o‘rtog‘imni jinsiy aloqada qoniqtirishni bilaman.
13. Jinsiy munosabatga ehtiyoj, aloqaga moyillik ikkalamizda ham bir vaqtda paydo bo‘ladi.
14. Bizdan birimiz vannada dush qabul qilishni yoqtirsak, boshqamiz aksincha.
15. Biz odatda nizolarni tez va oson bartaraf etamiz.
16. Jahlim chiqqanda yoki asabiylashganimda turmush o‘rtog‘im meni tezda tinchlantira oladi.
17. Men o‘zimni yo‘qotib qo‘yganimda turmush o‘rtog‘im o‘zini boshqara oladi, turmush o‘rtog‘imda shunday hol yuz berganida, men o‘zimni tuta bilaman.
18. Umuman bizning oilaviy hayotimiz tinchlik va o‘zaro tushunishda o‘tayapti.
19. Men uy ishlarini qilayotgan vaqtimda turmush o‘rtog‘imning dam olib o‘tirishi meni juda jahlimni chiqaradi.
20. Agar turmush o‘rtog‘im menga «zahrini sochsa» uni kechiraman.
21. Bizning kayfiyatimiz bir-biriga bog‘liq holda o‘zgaradi: birimizning kayfiyatimiz yomon bo‘lsa ikkinchimizning ham kayfiyatimiz tushadi.
22. Fasllar bizning kayfiyatimizga deyarli bir xil ta’sir qiladi.
23. Bizning turmush o‘rtog‘imiz bilan organizmimiz birbiriga juda o‘xshash – bir xil reaksiya, hissiyot, jismoniy rhtiyojlar.
24. Turmush o‘rtog‘im menga tez-tez dakki berib turadi.Qattiq chaynama, sekinroq nafas ol, oyog‘ingni chalkashtirma, oyog‘ingni sudrab yurma.
Olingan ma’lumotlar tahlili:

Turmush o‘rtoqlarning energojismoniy moslikning ko‘rsatkichi javoblarning summasi bo‘yicha aniqlanadi, kalitga mos tushuvchi, «ha» – 2, 3, 9, 10, 11, 12, 13, 15, 16, 17, 18, 20, 21, 22, 23; «yo‘q» — 1, 4, 5, 6, 7, 8, 14, 19, 24, har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball beriladi.
Natijalar tahlili:

0 dan 24 gacha bo‘lgan oraliqda energofiziologik moslikni aniqlash mumkin. Ball qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘xshashlik yuqori bo‘ladi.

0—8 ballgacha past darajada moslik.

9—12gacha noma’lum.

13—18 gacha nisbatan baland.

19—24 gacha juda baland.

manba: maslahat.uz

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 7780 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Июль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz