Четверг, 21.11.2024, 16:56
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 6
Гостей: 6
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Февраль » 20 » Egizaklar usuli
08:58
Egizaklar usuli
Egizaklar usulini birinchi bo'lib ingliz olimi F.Galton fanga kiritgan. Bu usul egizaklarning biri-biridan farqlarini o'rganishga asoslangan bo'lib, turli xil anomaliya va patologik belgilarning kelib chiqishida irsiyat va muhitni o'rganadi.

Egizaklar ikki xil bo'ladi. Monozigotali (Mz) va dizigotali (Dz). Monozigotali egizaklar bitta otalangan tuxumdan rivojlanadi va doimo bir xil jinsli, bir xil genotipli bo'ladi. Dizi­gotali egizaklar ikkita otalangan tuxumdan rivojlanadi va har xil jinsli bo'lishi mumkin. Bunda Hasan-Husan, Fotima-Zuhra yoki Hasan — Zuhra, Fotima — Husan tipidagi egizaklar bo'ladi.

Egizaklarni tekshirishda birnchi navbatda ularning mono — yoki dizigotali ekanligini aniqlash muhimdir. Ular qon guruhi, qon zardobidagi oqsillar, tana rangi, ko'zining tuzihshi, qosh va sochning shakli, lab shakli, bunmning tuzilishi, xromosomalar tahlillari natijalari orqali farqlanadilar. Agar biron-bir yagona farq topilsa, demak bu egizaklar dizigotali hisoblanadi.

Genlarning organizmda qanday namoyon bo'lishi, tashqi muhit ta'siriga qanchalik bog'liq ekanligini bir tuxumdan rivojlangan egizaklarni tekshirib batafsil o'rganish mumkin. Genetik ta'sir natijasida kelib chiqqan kasalliklar bir tuxumli egizaklarning ikkalasida ham baravar rivojlanadi. Ikkita jinsiy hujayradan o'sgan egizaklarda esa kasallanishda katta farq bo'ladi. Bu holni quyidagi misolda ko'rish mumkin.

Bir tuxumli egizaklarda shu narsa diqqatga sazovorki, ular ayrim vaqtlarda bir xil kasalliklar bilan baravar og'riydilar. Ayniqsa, xuruj bilan paydo bo'lgan kasalliklarda egizakarning ikkisida ham bu xuruj bir vaqtda, bir xil ko'rinishda ro'y berishi mumkin. Bunga bizning kuzatuvimizda bo'lgan bir tuxumli egizak lardagi epilepsiya kasalligi bir vaqtda, bab-baravar boshlanib, davolanganlaridan keyin ikkisida ham baravar to'xtadi.

Boshqa mualliflarning kuzatuviga binoan ham bir-biridan uzoq shaharlarda yashovchi bir tuxumli egizaklarda epilepsiya xurujlari bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda tugagani qayd qilingan. Sankt — Peterburgdagi Bexterov nomidagi psixonevrologiya instituti professori G.Z. Levinning kuzatuvida bo'lgan bir tuxumli, yuz bichimi, gavda tuzilishlari bo'yicha, bir-biriga juda ham o'xshash opa-singil bo'lib, ularning qon gruppalari ham bir xil edi. Ular boshqa-boshqa shaharlarda yashasalarda, bir xil formadagi allergiya kasalligi bilan og'riganlar, ikkisida ham hayz ko'rish baravar to'xtab, klimaks kasalligi 51 yoshlarida baravar paydo bo'lgan. Har ikkala opa-singillarda 55 yoshida bir kunda miya insulti ro'y bergan. Bu opa-singillarning «Fotimasi» 1966-yili 22-noyabrda kasallik to'satdan chap qo'lining uvishishi va tilining g'uldirashi kabi belgilar bilan boshlanadi, «Zuhrasi» ham huddi shu yili, shu oy va shu kunda, ya'ni 22-noyabrda Chukotkadan Sankt-Peterburgga kelayotganda to'satdan o'ng qo'li va o'ng oyog'i falajlanib, tili g'uldirashi kabi belgilar bilan boshlanadi.

*
Egizaklar xususida ikki og'iz

Shunday qilib, bir-biriga juda ham o'xshaydigan, qon gruppalari ham bir xil bo'lgan bir tuxumli egizak ayollarning ikkovi ham allergiya kasalligiga uchragan, bir vaqtda hayz ko'rish to'xtagan, bir vaqtda klimoterik sindromi va bir vaqtda miya insulti paydo bo'lgan.

Monozigot egizaklarda qandli diabet kasalligi bilan og'rish 42 % egizaklarning har ikkalasida ham ro'y beradi. Har xil tuxumdan paydo bo'lgan egizaklarda esa atigi 12 % ni tashkil qiladi. Yurak yoki miya qon-tomir kasalligi ham qisman naslga bog'liq. Shuning uchun bir tuxumli egizaklarning 44 % da kasallanish bilan Hasan-Husan yoki Fotima-Zuhra baravar og'riydilar. Har xil tuxumli egizaklarda esa bu hoi 14 % ni tashkil qiladi. Revmatizm bir tuxumli egizaklarda 37 %, har xil tuxumli egizaklarda 6,6 % ni tashkil qiladi.

Ruhiy kasalliklar bilan og'rishda bir tuxumli egizaklarda yana ko'proq o'xshashlik topiladi. Masalan, bir tuxumdan paydo bo'lgan ikkala egizakda monikal-depressiv psixoz 96 % bo'lsa, aqliy zaiflik 97 % bo'ladi. Dizigota egizaklarda bu kasallik 19 % (monikal-depressiv psixoz) va 37 % aqliy zayiflik kuzatiladi.

Egizaklarni tekshirishda konkordantlik (egizaklarning ma'lum belgi jihatdan bir xil bo'lishi) va diskordantlik (egizaklarda har xil belgilar, kasalliklarni namoyon bo'lishi) farqi aniqlanadi. Agarda M2 — egizaklar biron-bir belgi yoki kasallik bo'yicha yuqori konkordantlikka (80 % gacha) D2 — egizaklar esa past konkordantlikka (20 % gacha) ega bo'lsa, demak bu belgi yoki kasallik irsiy hisoblanadi. Biror belgi yoki kasallik bir xil konkordantlikka ega bo'lsa, bu belgi yoki kasallikning irsiy emasligidan dalolat beradi. Qachonki ayni belgi bo'yicha Mz egizaklar nisbiy konkordantlikka ega bo'lsa, Dz egizaklar esa bir necha marta kam bo'lsa, taxmin qilish mumkinki, bu belgi irsiy berilgan, lekin uning shakllanishiga tashqi muhit omillari katta ta'sir ko'rsatadi yoki kasallik poligen bo'ladi.

*
Bola rivojidagi kamchiliklar

Berilgan belgilarni tekshirib, olingan natijalarni baholashda ularning ajralib ketishi mumkinligini hisobga olish kerak. Masalan, egizaklarning psixik va hulq atvorining belgilarini o'rganishda, shuni esda tutish kerakki, konkordantlik tashqi muhit natijasi hisoblanadi, Mz — egizaklar yuqimli xastalik bilan kasallanganda faqat konkordant bo'lishi mumkin, lekin konkordantlik infeksiya asorati bo'yicha genetik omil sifatida namoyon bo'lmasligi, ya'ni genetik omil bo'lib, ta'sir qilmasligi mumkin. Ayrim vaqtlarda bunday aralashmalar birga tarbiyalangan va yoshligida ajratilgan Mz — egizaklarni solishtirganda to'g'rilab yuboriladi.

Belgining shakllanishida irsiyatning rolini baholashda mono va dizigotali egizaklarning necha foiz konkordantligini taqqoslash kerak. Masalan, biz bilamizki, qon guruhi genotip tomonidan belgilanadi, muhitning ta'siriga bog'liq bo'lmaydi, shuning uchun ham Mz egizaklar guruhida to'la konkordantlik 100 % bo'ladi. Dz egizaklar guruhida esa konkordantlik ota-onasining geni mos kelishiga bog'iiq bo'ladi, shuning uchun ham ' uncha katta bo'lmaydi, masalan, 35 % bo'lsa, unda:

Bir tuxumli egizaklar guruhida tutqanoq bo'yicha konkordantlik 67 %, ikki tuxumli egizaklar guruhida esa 3 % ga teng.

Ba'zi bir yuqumli kasalliklarning muhitga bog'liqligini qizamiq misolida ko'raylik. Bir tuxumdan paydo bo'lgan egizaklar guruhida qizamiq bo'yicha konkordantlik 98 %ni ikki tuxumli egizaklar guruhida esa, 94 % ni tashkil etadi.

Demak, infeksiyaning roli shundoq ko'rinib turibdi.

*
Bola miyasining rivojlanishi

Shizofreniya kasalligini tekshirish natijasida 10 ta konkordant va 14 ta diskondart bir tuxumli egizaklar topilgan.

Demak, konkordant juftlar diskordant juftlarga qaraganda ehtimollik bilan ikki hissa ko'p paydo bo'ladi, bu esa har bir juftdan faqat bittadan kasallanish demakdir.

Shunday qilib, egizaklar usuli tibbiyotda muhim amaliy ahamiyatga egadir, chunki egizaklar usulini qo'llash har bir organizmning individual xossalarini genotip va muhit nazorati ostida bo'lishini aniqlab beradi.

"Tibbiyot genetikasi” kitobidan olindi
Категория: Oila va jamiyat | Просмотров: 7536 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Февраль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz