Среда, 16.10.2024, 05:08
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Май » 17 » Chillasi chiqmagan kelinchak
11:58
Chillasi chiqmagan kelinchak
Sizlarga bir, baxtsiz qissani aytib bermoqchiman. Iroda o'rtaxol oilada katta bo'lgan. U kambag'al oiladagi bir yigitni, qattiq sevib qoldi. Yigitni oilasi katta, ko'p narsalarga imkoni yo'q edi. Iroda shunga qaramay ham, uni sevaman deb uyidagilarga qarshi chiqib, unga tegaman deb, turib oldi.Onasi qizini fikridan qaytarishga ko'p urindi, ammo iloji bulmadi. Qizining qaysarligi onaizorni azobga solardi. Qizni uyidagilar, to'yga qattiq qarshi chiqishdi. Qiz baribir so'zidan qaytmay, pinxona yigit bilan turmush qurishdi. Bu yangilikni eshitgan qizning ota-onasi, qizidan qattiq jaxli chiqdi va undan voz kechdi. Irodani ko'ziga xech narsa ko'rinmas edi. Sevgani yonida baxtli edi. O'zini yettinchi osmonda yurgandek his qilar edi. Irodaning
turmush o'rtog'i Elmurod ham, uni qattiq sevar edi. To'ydan so'ng, Elmurod ishsiz qoldi. To'yga bir hafta o'tar o'tmas, qaynonanig kesatiq gaplari boshlandi. Bir mahal, ovsini bir gazeta olib kelib qoldi. Unda qimmatbaxo taqinchoqlarning surati bor edi. Ularni orasidagi bir uzuk, Irodaga juda yoqib qoldi. Kechqurun turmush o'rtog'iga o'sha uzukni ko'rsatib, olib bering dedi. Elmurod olib berishga imkoni yo'qligini, uyga bozor qilish, ro'zg'or qilish kerakligini tushuntirdi. "Men ishsizman, seni o'ylayotgan gapingni qara" deb jaxl qildi. Iroda o'sha kun tonggacha yig'ladi. Ammo Elmurod, e'tibor ham bermadi. Kechasi bilan uxlolmagan kelinchakni, kuni og'ir boshlandi. Ertalabdan qaynonaning javrashi, hamma hammasidan charchagandi. Uyiga ham, bora olmasdi. Chunki uyidagilar uni, qabul qilmasligini yaxshi bilardi. To'yiga 16 kun bo'lgandan so'ng, bir kuni ovsini ishlashga men bilan chiqing dedi. Elmurod borishiga ruxsat berdi. Iroda ham juda xursand bo'ldi. Endi qaynonasini ovozini kamroq eshitishdan. Ovsini Irodani ayollar gavjum bo'lib turgan joyga olib bordi. Bu mardikor ayollar yig'iladigan joy edi. Bir mahal Irodanning yoniga kelib, bir mashina to'xtadi. Ichida chamasi qirqdan oshgan, qorindor bir erkak bor edi. Irodaga qaradida, mashinaga o'tirishini aytdi.Ovsini shartta Irodani qo'lidan ushlab, mashinaga olib chiqdi. Yo'lda ketishar ekan, ovsini bu erkakni tanishini aytdi va erkak bilan xuddi qadrdondek gaplashishni boshladi. Iroda hech narsaga tushunmas, indamay ovsinini aytganini qilar edi. Ularni bir katta dalahovliga olib kelishdi. Bir oz muddat oynalarni yuvishdi. Keyin haligi erkak, ularni abetga chaqirdi. Ichkariga kirgandan so'ng, Iroda juda hayron qoldi. Dasturxonda yo'q narsani o'zi yo'q edi. Xamma nozu ne'matlar, shirin shirin taomlar bor edi. Ovqatlangach, erkak, ularga ichkilik tavsiya qildi. Ovsini ichdi, ammo, Iroda uyga borishi kerak ekanligini aytib, ichmaslik yo'lini qidirdi. Erkak bo'lsa, o'zim olib borib qo'yaman dedi. Ovsini ham, Irodani ichishga majburlay boshladi. Irodani qulog'iga ichmasang bo'lmaydi, odobsizlik bo'ladi deb aytgandan so'ng, Iroda noiloj ichdi. Bir ozdan so'ng boshi qattiq aylana boshladi. So'ng, sal o'ziga kelgach, o'zini yotoqxonada bir ahvolda ko'rdi. Eshikdan boyagi erkak, qo'lida qadax bilan kirib kelardi. Iroda qattiq qo'rqib ketdi. Nimalar bo'layotganini, nimalar bo'lganinini eslashga urinardi. Ammo hech narsani eslay olmasdi. Yonidagi to'shakni olib, ustiga yopdida xaliga erkakka yalinishni boshladi. "O'tinaman sizdan, meni qo'yib yuboring. Axir, axir chillasi chiqmagan kelinchak bo'lsam, o'tinaman sizdan, meni qo'yib yuboring. "Ko'zlaridan yoshlar oqa boshladi. haligi erkak bo'lsa, Irodaga yanada yaqin kelardi. Iroda nima qilishini bilmasdi. Hech qachon bunday bo'lishi mumkunligi haqida o'ylamagan qiz, faqat yig'lardi va o'tinib haligi erkakdan yaqinlashmaslikni so'rardi xolos. Haligi erkak, Irodaga yaqin keldida, "bunga men aybdor emasman, chillasi chiqmagan kelinchakni ko'chaga chiqarib qo'ygan, eringiz aybdor". Iroda boshqa hech narsa demadi. Ko'zlarini yumdi. Bir oz muddatdan so'ng, ko'zlarini ochdi. Yonida katta idishda shokolad, pastroqda esa chiroyli liboslar. Iroda turdida, kiyinib oldi. Stolni
ustida ikkita quticha bor edi. Biri kichkina quticha. Ichini ochdi. Ichida o'zi orzu qilgan o'sha rasmdagi uzuk edi. Ikkinchisida esa, unga moslab olingan tumor bor edi. Iroda tashqariga chiqdi. Hovlida ovsini uni qo'lidan ushlaganda va ahvolini so'raganda, sal bo'lsa ham o'ziga keldi. Ungacham bo'lgan voqealar unga xuddi tushdek tuyilgandi. Ular mashinaga o'tirishdi. Bir maxal ichkaridan boyagi erkak, to'xtanglar deb baqirdi. Mashina to'xtadi.Erkak orqa eshikni ochdida, Irodaga boyagi ikki qutichani berdi. Mashina ketishda davom etdi. Oradan bir xafta o'tdi. Iroda o'ziga kela olmasdi. Turmush o'rtog'ini yonida bo'lganida esa, o'sha mash'um kun, yana qaytarilayotgandek tuyilar edi. Shu sabab ham, u eridan o'zini olib qocha boshlagandi. Qaynonani javrashlari ham, endi Irodani qulog'iga kirmasdi. Ko'zini bir nuqtaga qadagancha, jim yurardi xolos. Ichida esa, qattiq o'rtanar, nima qilishni bilmas edi. Bu ahvolini ko'rib, ovsini bir kuni uni chetga tortida, gaplashib oldi. "Iroda bilasizmi, men xam sevib turmush qurganman. Ammo ahvolni bilasiz, xech narsaga imkon yo'q. Meni xam o'z orzularim bor. Iltimos qilaman, bunday yurmang. O'zingiz uchun bo'lmasa, xech bo'lmasa men uchun iltimos sizdan. Eringiz o'sha kuni nima bo'ldi deb so'radi. Aytishicha o'sha kundan beri o'zgarib qolgan ekansiz. Iroda, iltimos men uchun bunday yurmang. Iltimos qilaman! Shu vaqt uyga, mexmonlar keldi. Bu, Irodaning ota onasi edi. Ular nixoyat qizini turmush qurganini tan olib, uni ko'rgani kelishgandi aslida. Xursand bo'lishi kerak bo'lgan Irodani bo'lsa, ko'ngliga qil sig'masdi. Hamma dasturxon ustida kulishib suxbat qilishardi. Faqat u yerda Iroda yo'q edi. Bir maxal, Elmurod Irodani chaqirdi. Ovozi chiqmadi. Ikki marta, uch marta chaqirdi. Ammo javob ovozi kelamdi. Elmurod sekin o'rnidan turib, xotinini qidirishga tushdi. Ammo u uyda emas edi. Shunda xamma yig'ilganlar, uni qidira boshladi. Ko'chadan, qo'ni qo'shnilardan. Ammo hech qanday foydasi bo'lmadi. Ko'chada o'ynab yurgan bir bolakay, Elmurodni yoniga kelib, kelnoyim jar tomonga ketdilar, deb aytdi. Irodani uyidan sal pastroqda katta jar bor edi. Jar, shu qadar katta ediki, uni tubi ko'rinmasdi. Uydagilar sekin jar tomonga yo'l olishdi. Jarga yaqin qolishganda, Irodani ro'molini topib olishdi. Ro'mol yerda yotardi. Elmurod yugurdi. Jarni uchigacham bordi. Ammo u yerda Iroda yo'q edi. Jarni boshida bir narsa yaltiraganini ko'rgan ovsini, sekin borib yaltiragan narsaga qo'l cho'zdi. Bu o'sha tilla uzuk edi. Ovsini bildi nega bunday bo'lganini va Iroda qayerda ekanini. Sekin pastga qaradi. Hech narsa ko'rinmas edi. U o'lgan dedi, ovsin o'ziga o'zi. Irodani o'lganini bilsada, ammo uydagilarga xech narsani ayta olmasdi. Oradan bir kun o'tib, Irodani yo'qolganlar ro'yxatiga qo'shishdi. Elmurod bo'lsa, har kuni uni izlar, ammo topolmas edi. Qaydan ham topsin, axir u o'lgan. O'lganini bilgan odam esa, hech qachon bu gapni ayta olmaydi.
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1565 | Добавил: nigora | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Май 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz