Bizni ayirgan kuzBu
voqeaga ham ikki yildan oshibdi…mana Ikkalamiz ilk tanishgan yoz fasli
yana hukm surmoqda . Atrofda suv sirab ochilgan oppoq gullar go`yoki
bizni tabriklash uchundek edi… Biz uchrashadigan o'sha xiyobon xozit
xuvillab qolgandek Ikkimiz uchrashgan kezlar Moviy osmonni tomosha
qilardik, olis-olislarda suzayotgan siyrak bulutlar yoniga uchgimiz
kelardi. Har safar yoninga kelganimda, senga gul tuhfa etardim. Atigi
bir dona bo`lsa ham, ular sen uchun yuzta guldan-da qadrli ekanligini
juda ko'p bora aytarding . Bizning ko`p sevishganlardan farqimiz shunda
ediki, sevgimizni hech kimdan sir tutmasdik. Bundan ota-onalarimiz xam
xabardor edilar. Bu esa bizning birga bo`lishimiz uchun, yana bir
yengillik edi, xullas, bir-birimizdan ajralib qolishdan hecham
qo`rqmasdik, lekin… . Biz bir-birimizni qanchalar sevardig-a?! sen bahor
faslini yoqtirarding. Lekin negadir men sevgan kuz fasli senga hech
yoqmasdi. Lekin bir kun kelib men ham shu faslni yomon ko`rib qolishim
tushimga ham kirmagan edi…Aynan mana shu kuz fasli bizni bir-birimizdan
to abad ayirdi… Afsus! O`shanda
kasalxonaga tushib qolganingda, vrachlar ahvoling o`ta darajada xavfli
emasligini aytgandi. Lekin kegin bilsam, ularni shunday deb aytishga sen
majbur qilgan ekansan-da?! Aslida-chi, bu yorug` dunyodan bevaqt ko`z
yumishingni bilgan ekansan. Oxirgi marta seni ko`rishga borganimda,
o`zingni ancha yaxshi his etayotganding va men bundan xursand edim,
sog`aygach, sayohatga chiqishga so`z berganding… shunda sen: " Kechki
payt yonimga kelib ovora bo`lmang, ertaga bemalol ishigizga borib
kelaverering , tong sahar menga javob berishadi va men uyga borgach,
singa qung`iroq qilaman”,-deding. Men esa baribir kelishligimni aytdim.
Sen esa bunga astoyidil qarshiling uchun, nachora rozi bo`ldim. Endi
o`ylasam, o`shanda katta xato qilgan ekanman… Nega endi senga quloq
soldim-a? Agar borganimda seni so`ngi marotaba ko`rarmidim… Balki bunga
yuragim dosh beraolmay, meni o`zing bilan olib ketarmiding… o`shat tun
yuragim juda notinch edi. Tuni bilan uxlay olmadim. Tong yorishishini
intizorlik bilan kutdim, biroq, kutganda vaqt ham o`tmas ekan. Nihoyat
tong yorishdi, negadir ishga oyog`im tortmay, sening yoningga
shoshildim.ertalab ko`chaga chiqganimda, havo qop-qora bulut, qarg`alar
tinmay aylanardi, buning ustiga juda kuchli shamol edi… xullas, juda xam
kayfiyatni buzadigan havo edi. Kasalxonaga sening oldinga 2ta sen
yaxshi ko`radigan shokolad etdim. Lekin… oila a`zolaringni o`ta
kayfiyatsiz holati, onangning achchiq ko`z yoshlarini ko`rib, mening
yuragimdan ham bir narsa uzilib ketdi. Hech kimga gapirmasdan to`g`ri
xonanga kirdim, hatto vrachlar "Kirish mumkin emas” deb eshikka yozib
qo`ygan bo`lsa xam…Kirdim, sen ko`zlaringni ochgan holda yotarding… Men
esa biroz tinchlanib: " Qara, sez yoqtiradigan shokolad olib keldim,
hali noushta qilmagandirsan-a”-deya senga gap boshladim, lekin sendan
sado chiqmsdi, hatto qayrilib ham qaramading… balsam… shunda o`zimni
yo`qotib qo`yishimga ozgina qoldi, bor ovozim bilan baqirdim, vrachlar
meni olib chiqib ketishdi… Nega, nega meni tashlab ketding? Menga shuni
ravo ko`rdingmi? Baxtimizni shu yo`l bilan yakunlamoqchimiding?... Axir
va`dalar unaqa emasdi-ku?! Sening shu kichkina joning shunchalik katta
dunyoga sig`madimi? Xullas, bundan kegin sensiz bu dunyoda yashashdan
maqsadim nima ekanligini ham bilmasdim… Agarda mening o`rnimga boshqa
bilan birga ketib qolganingda ham bunchala kuymasdim… lekin sen bu
yorug` olamni jimgina yolg`iz tark etding.o`shanda men birinchi bor
o`kinib-o`kinib yig`ladim, osmon xam xuddi mening yig`lashimni kutib
turgandek, bor ko`z yosharini to`kib-soldi…endi balsam, o`sha xosiyatsiz
ob-havoning qora bulutlari- mening ko`z yoshlarim, uyimiz yonida
pastlab uchayotgan qarg`alar- sening vafoting darakchilari va o`sha
qattiq shamol-seni uzoq-uzoqlarga olib ketish uchun shay bo`lishgan
ekan. Ana shun kundayoq men kuz faslini juda ham yomon ko`rib qoldim,
demak sen ham bejiz bu faslni yoqtirmas ekansan…
|