Вторник, 03.12.2024, 21:09
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Февраль » 1 » Bir bo’z yigit ado bo’ldi xiyonatdan
14:47
Bir bo’z yigit ado bo’ldi xiyonatdan
Kuz ham kelmay hazon to’ldi bu bo’glarga
Sho’rlik yurak to’lib ketdi xun dog’larda
Boshim olib ketsammikan sahrolarga .
Xiyonatkor go’zallarning borligidan

Kimnidir sevasan. Ishqida yonasan. Hajrida kuyasan. Bazida o’zindan ham tonasan. Joningni fido ham qilasan. Shuncha fidoiyliy evaziga esa xiyonat bilan siylanasan. Yuraginda xun olish istagi bilan ayriliq sahrosida umrbod qolib ketasan.

Bularga sabab muhabbat sharobidan qalbingda tuygan rohatbaxsh tuyg’u aql ko’zlarinni ko’r qilganimi yoki boshqa buni faqat boshin toshga tekkanida bilasan. Biroq unda kech bo’ladi…

Shayton sabab makri bo’ldi ayol tomon

Ne yigitlar holi zabun, rangi samon

Ne bokira ayollar ham bo’ldi yomon

Xiyonatkor go’zallarnig borligidan

Ul hurliqoni makrlari oldida manaman degan yigitlar ham ip esholmay qoladi. Sen esa navbatdagi o’lja bo’lganiningni bilmaysan. Buni bilasan qachonki yangi o’lja uning to’riga ilinganda. Shunga qadar unga boringni shaylab, istaklarin bajo aylab yuravesan.

So’ngi damda shunday ustomonlik bilan xayrlashadiki unga hatto qo’lingni uchini tekkazguday bo’lsan, barbod umrningga butunlay nuqta qo’yishin majbur bo’lasan.

Undan bir amallab voz kecharsan, lekin davom etayotgan hayotinda senga uchragan malaklarga Xiyonatkor go’zalga qaraganday qarab o’tasan. Bu o’sha "Lanati sevging” mevasi bo’ladi.

Ogohmikin bu go’zallar qiyomatdan

Ne endi yuz burarlar diyonatdan

Bir bo’z yigit ado bo’ldi xiyonatdan

Xiyonatkor bir go’zalga yorligidan

Xiyonatdan ado bo’lgan yuraging baribir uni qumsayveradi. Oldiga ham borasan hijron tunlarida. Biroq endi uni bag’rida sen emas boshqa. Shun onda ko’zlaring to’ladi yoshga. Yana ne ne azab tushadi boshga… Bularga chidayolmay dod solasan dunyoga…

Bu azoblardan qutulish uchun xatto o’z joningga qasd qilishni o’ylaysan.

Biroq bundan foyda bormi ? Ha bor.

Sen bu qilgan ishingdan so’ng qiyomatda to’rgi do’zaxga tushasan. Mana foyda….

O’lim so’ngi chora emas. Bir qiz umringga nuqta qo’yishinga arzimaydi. Sen o’lib ketarsan lek u ortindan o’zini o’ldirmaydiku. Xatto eslamasa ham kerak. Chunki u uchun hechkimsan.

Bo’lib o’tgan voqealarni shunday qabul qilginki ular sen uchun eslashga arzimaydigan bir tush bo’lib qo’lsin.

Tushlarimda ko’rdim faqat Laylolarni

Chin yor uchi joni fido Zuhrolarni

O’xshashini topmadim Ranolarni

Xiyonatkor go’zallarnig borligidan

Bilaman xiyonatni va uni qalbingga joylagan go’zalni unitish qiyin…

Lekin shuni ham bilamanki… Bir kun seni Xiyonatning azobli zindonidan ozod qilgani Laylodak go’zal, Zuhrodak oqila, Ranodak vafodor bir "Farishta” keladi… Sen uni kutsang bo’lgani… U seni albata topadi… Biroq bunga biroz vaqt kerak…

manba:hayol.uz

Категория: Oila va jamiyat | Просмотров: 1071 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Февраль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz