Среда, 18.12.2024, 07:25
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Август » 4 » Ayriliqning davosi bormi (psixologiya)
10:19
Ayriliqning davosi bormi (psixologiya)

Bu safargi mavzuyimiz ayriliq xaqida. Bu mavzuni olip chiqishimga sabab menga juda ko'p yoshlarni ayriliq qiynayotganini  bo'ldi.  Hayotda xam ayrilgan qalblar afsuski bor. Qo'lgan kelgancha mavzuni yoritishga xarakat qilaman, zora ushbu mavzu orqali yozganlarim ayrilgan qalblarga oz bo'lsa malxam bo'lsa... 

Ayriliq bu o'zi nima - Ayriliq naqadar sovuq va qo'rqinchli narsaki uni salobati, eng kuchli insonni xam iztorobga solip tushkunlikka va umidsizlikga olip keladi. Qalbida ayriliq kuyi chalingan insonga bazi xollarga xayotni xam qizig'i qolmay qoladi... 

Lekin ming afsuski ayriliq insonlar uchundur biz xam insonmiz. Topish va yo'qotish xayotimizning adolatsiz haqiqatidur. Demak ayriliq xar bir insondi boshida bor. Xo'sh ayriliqning davosi bormi? Ayriliqning davosi yo'q lekin unga ko'nish malxam bo'ladi... 
Aslida bu dunyoda hech kim va hech narsa abadiy emas. Har narsani boshi va oxiri bo'ladi. Shu narsalarni tushunish, ayriliqni xam mardonavor yengib o'tishga yordam beradi. Ayriliqni yengishda eng muxum narsa kuchli sabr, va irodadur. Ayriliqga eng katta davo bu vaqtdur. Eng og'ir judolik xam vaqt oldida ojizdur. Vaqt o'zi olip kelgan ayriliqni, o'z yillarida malxam bo'livchi shifokordur. Aslini olganda inson xayotda doim xamma narsaga o'zini tayyorlash kerak. Shunda ayriliq kelganda o'zini yo'qatib qo'ymaydi. Aytishadiku agar sen taqdirga tan bersang qo'llaringdan tutip olip ketadi. Agar taqdirga tan bermasang sudrap olip ketadi. Shuning uchun xar narsani boricha qabul qilip uni yenga olgan yutadi. Nima bo'lganda xam yurak urip turiptimi xayot davom etadi. Ayriliqning eng katta davosi bu albatta ishonch. Yani xammasini yengib o'tishga, yana baxtli bo'lishga bo'lgan qat'iy ishonch va xarakat bo'lsa ishoning yana ayrilganizdanda ko'prog'ini topishiz mumkun. Yaxshilab o'ylap qarasak xayotda ba'zida nimagadur erishish uchun nimadandur voz kechishga ayrilishga tog'ri keladi. Muximi ayrilganiz emas, eng muxumi ayrilgan narsangiz yoki kimsangiz oz bo'lsada sizda bo'lganligudur. Xar doim bu eng yomoni emas bundan yomoni bo'lishi mumkin ediku degan fikrni yodlang shunda ayriliq azobi sizni yenga olmidi... Qani endi tushkunlikga tuship yashash bilan ayrilganiz qaytip kelsa. Ming afsuski tushkunlik ayriliqqa yanada kattaytirip yana nimadandur ayirishi mumkun. 

Psixologlarning aytishicha aslida ayriliq azobi 3 kun bo'larkan. To'yib to'yib bir yig'lap olsez sekin sekin unut bo'larkan. Agar unda xam o'tip ketmasa 2 oyga biron joyga sayoxatga borishni va aslo bo'sh qolmaslikni yani ishlash, o'zi uchun eng qiziq mashg'ulot bilan shug'ullanishni maslaxat beradi. Ayriliqni eslatadigan xamma narsani yo'q qilishni maslaxat beradi. Agar shunda xam ayriliq a'zobi o'tip ketmasa albatta yaxshi bir psixologga uchrash undan kerakli seanslar olishni maslaxat beradilar. 
Chunki dunyoda ayriliqdanda ortiq azob yo'q. Uni yengib ketolmasa oqibati yomon bo'ladi. Ruxiy tushkunlik, dipresiya va oxir oqibat jonga qast qilish. Shuning uchun psixologga uchrap undan maslaxat olgani uyalmaslik kerak. Bizni xalqda shunday tushuncha bor psixologga faqat jinnilar boradi degan fikr. Bu notog'ri fikr ruxan tushkunlikga tuship qolganda xam borip turish kerak. Bazida insonda shunday ruxiy xolat bo'ladiki unga faqat psixologni tog'ri maslaxati yordam beradi... 
Dunyo dunyo bo'lip yaraliptiki ayriliq bor. Dunyoni oxiri xam ayrilish bilan tugaydi. Ayriliq esa bazida yoqotnamizi qolgan bor narsa yoki kimnidur qadriga yetishni o'rgatadi...

Bekorga aytmaydilar hayot bu oliy muallim. Hayotda ayriliqdan xam saboq chiqara olgan inson baxtga xam yetadi... 
Hullas bilganlarimni siz bilan baxam ko'rdim. Lekin hech qachon bu maslaxatlar sizga muxtoj bo'lmasin. Hech qachon ayriliqga yengilmang. Axir bo'lganku sizda baxt va omadlar. Sabr bo'lsa bundan keyin xam bo'ladi quvonch shodliklar...

manba: haqida.uz

Категория: Qiziqish hobbi | Просмотров: 6907 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Август 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz