Пятница, 22.11.2024, 01:20
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 3
Гостей: 3
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Август » 15 » AT-xabarlar: Brauzerlar kurashi
17:20
AT-xabarlar: Brauzerlar kurashi

NetApplications kompaniyasi shaxsiy komputerlar va mobil qurilmalar uchun brauzerlar bozorining navbatdagi hisobotini taqdim etdi. Unga muvofiq, iyul oyida Firefox va Safari o‘z mavqeini mustahkamlagan bo‘lsa, boshqa brauzerlarning ulushi, aksincha, pasayib ketgan.

Google Chromening bozor ulushi 19,08 foizdan 18,88 foizga kamaygan. Veb-sharhlovchilar orasida Microsoft Internet Explorer hamon yetakchilikni saqlab turibdi. Ammo u pog‘onama-pog‘ona tushib borapti: iyulda IE ulushi 54,02 foizdan 53,93 foizgacha pasaydi.

Mozilla Firefoxga ishonuvchilar ko‘payib borayotganini raqamlar ham isbotlaydi: veb-brauzerlar umumiy reytingida ikkinchi o‘rinni band etgan bu brauzerning ulushi hozirgi kunda 20,16 foizga yetdi. To‘rtinchi o‘rinda borayotgan Safari yana 0,2 foizga o‘sib 4,93 foizlik ulushga ega bo‘ldi.

Yetakchi brauzerlar orasida eng "kamtari" — Opera (1,6 foiz).

Mobil brauzerlar bozorining 66,2 foizini Safari Mobile o‘z nazorati ostida saqlab turibdi. Peshqadamga asosiy raqobatchilar Android (19,4 foiz) va Opera Mini (9,3 foiz).


Strategy Analytics kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti muammolardan qutula olmayotgan bo‘lsa-da, dunyo maishiy elektronika ishlab chiqaruvchilarining daromadlari joriy yil oxiriga borib 5 foizga oshib 790 milliardga yetishi mumkin. Yuqori o‘sishni smartfonlar, planshetlar va ixcham shaxsiy komputerlar ishlab chiqaruvchilar ta'minlaydi.

Mintaqalar orasida Shimoliy Amerika va Osiyo-Tinch okeani zonasi 5 va 7 foizlik o‘sish bilan yetakchilik qilishi kutilapti. Yevrozonadagi inqirozlarning jiddiy ta'siri o‘arbiy Yevropadagi savdolarda namoyon bo‘ladi.



2012 yilgi domen savdolaridagi eng past ko‘rsatkichlar iyul oyida qayd etildi. Chunonchi, iyulda eng qimmatga sotilgan Metal.com (140 ming dollar) yilning TOP-100ligida 16-o‘rindan joy oldi. Shuningdek, iyul oyida yana ikkita domen zo‘r-bazo‘r 100 ming dollardan yuqori baholandi: YG.com (125 ming dollar) va CricketScore.com (118 ming dollar).

TOP-15dan, shuningdek, 90 mingdan 40,5 ming dollargacha baholangan Mizu.com, ElectricCompany.com, ChargePoint.com, JustWink.com, Jolla.com, Addictions.com, Expecting.com, Stratford.com, Circumcision.com, Trash.com, Emar.com, PDC.com singari domenlar joy olgan.


Apple kompaniyasi Mountain Lionni o‘z tarixidagi eng muvaffaqiyatli loyiha dea e'tirof etdi. Mountain Lion amaliyot tizimi chiqarilganidan boshlab 4 kun davomida 3 mln. marotaba yuklab olingan. Bu bilan kompaniya o‘zining o‘tgan yilgi X 10.7 Lion amaliyot tizimi rekordini ham yangiladi.


Nokia kompaniyasini u yoki bu kompaniya sotib olarmish qabilidagi ovozalar ko‘payib borapti. Masalan, yaqinda internetda Xitoyning Lenovo kompaniyasi fin mobil ishlab chiqaruvchisiga xaridor bo‘layotganligi haqidagi xabar yashin tezligida tarqab ketdi. Shundan so‘ng Nokia aksiyalari oz emas ko‘p emas naq 17 foizga qimmatlashdi. Biroq Lenovo rasmiylari bu xabar asossiz ekanligini o‘z bayonnotlarida bildirishgan.


Janubiy korealik olimlar kelajakdagi egiluvchan qurilmalar uchun elastik batarea ishlab chiqishdi.

Shu tobgacha mobil qurilmalar uchun shaffof batarea va ekranlar chiqarilgan, ammo egiluvchan qurilmalar ommalashmayotgan edi. Buning yechimini esa Korea fan va texnologiyalar instituti (KAIST) professori Ken Chje Li boshchiligidagi olimlar topishdi. Ular tomonidan yaratilgan yupqa litiy-ionli akkumulator hatto bukilgan holatida ham elektr kuchlanishini saqlab qoladi.


General Sentiment tadqiqotlar kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan brendlarning choraklik hisobotini tayyorladi. Aprel-iyun yakuniga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda brendi 756,6 mln. dollarga baholangan Google birinchi, 594,3 mln. qiymatga teng deb topilgan Apple ikkinchi bo‘ldi.

Uchinchi o‘rinda Microsoft ($356,4 mln.), to‘rtinchi. Amazon.com ($331,3 mln.) va Hewlett-Packard ($258,2 mln.) beshinchi o‘rinda keltirilgan.


Parks Associates kompaniyasi xabar berishicha, 2012 yil oxiriga borib LTE-tarmoqlardan foydalanuvchilar soni dunyoda 50 mln. kishiga yetadi va ularning yarmidan ko‘pini osiyoliklar tashkil etadi. To‘rtinchi avlod abonentlari soni 2011 yil oxirida 9 mln.ta edi.

"Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 15ta operator LTE-servislar uchun shartnomalar tuzishni boshlab yuborgan, — deydi Parks Associates rahbari Garri Vong. — Eng e'tiborli, jihati esa ular taklif etayotgan narxlarning hammabopligidir".

Ayni paytda 43 mamlakatdagi 83ta operator LTE-tarmog‘ini ishlatmoqda. Amerikaning Verizon, Janubiy Koreaning SK Telecom va Yaponiyaning NTT Docomo operatorlari eng yirik abonentlar bazasiga ega.


Firibgarlar "Olimpiadasi"

London olimpiadasi bilan bog‘liq veb-saytlarning 80 foizi(!) firibgarlarga tegishli. Zscaler kompaniyasining o‘rganishlari ana shunday xavotirli natijani yuzaga chiqardi.

Albatta, har qanaqangi yirik tadbirda, u futbol bo‘yicha Jahon yoki Yevropa chempionati bo‘ladimi, olimpiada o‘yinlarimi — firibgarlarning oshig‘i olchi. O‘yinlarga chiptalarning qo‘lga chiqib ketishi-ku mayli, yulg‘ichlarga "mahoratlari"ni namoyish etishda hech bir vosita internetchalik ish bermaydi.

Ana shunday zararli saytlar xususiyatiga ko‘ra uch turga ajratiladi va ular foydalanuvchilarni jalb etishda o‘xshash usullardan foydalanadi.

Birinchi toifa. Bu toifa saytlarga legitim resurslar nomini terishdagi xatoliklar sabab kirib qolishingiz hech gap emas. Masalan, aksariyat saytlar nbcolympics.com nomi ostida panoh topgan. Oddiygina yechim: bu domenlar juda arzon, xostingi esa mutlaqo bepul bo‘lishi mumkin, ommaviy qiziqish ortidan keladigan reklamalar oqimi esa anchagina salmoqqa ega.

Ikkinchi toifa. Eng ommalashgan so‘rov so‘zlarini qurol qilib olgan saytlar ham shu g‘oyaga asoslangan. Bu saytlar nafaqat olimpiya o‘yinlari kontenti (aksariyat hollarda o‘g‘irlangan) va kalit so‘zlar ro‘yxati bilan, shuningdek, reklama bilan to‘lib-toshgan.

Uchinchi toifa. Bu toifa saytlari komputer foydalanuvchilariga juda arzon narxlarda "jonli" olimpiada translyatsiyasini taklif etmoqda. Besh-o‘n dollarga tavakkal qilish qimmatga tushishi aniq. Buning ustiga bu saytlarda o‘rnatish uchun maxsus dasturlar taklif etilaptiki, ularni ishga tushirish har qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin.

manba:xabar.uz

Категория: Ilm-fan | Просмотров: 1967 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Август 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz