Allami yoki...
Ozodbek Nazarbekov alla aytibdi degan gap qulog`imizga chalindi.
Aniqlash uchun xonandaning sozandalariga murojaat qildik.
Tushuntirmasdan o`zingiz bir eshiting deb BOLAJON qo`shig`ini homaki
shaklini qo`yib berishdi. Xaaa... Mana buni qo`shiq desa bo`ladi, dedim
o`zimcha. Qo`shiq shunday bir mehr bilan aytilganki... Qo`shiq allalaydi
ham odamni. Konsertga tushgan muxlislar bu qo`shiqni o`zgacha kutib
olishadi degan umiddaman...
ozodbek.uz