Mastlik o'lsin, sezmaydi.
Qachon nima qilganin.
Avliyoxam bilmaydi.
Bu alkashni bilganin.
Aslida bizni Sobir.
Kotta bir ximik bo'lgan.
Adashib moddalarda. ₯
Kegin enasin ko'rgan.
Kashfiyotlar qilib-qilib.
Sevgiga topgan davo.
Davoni sharob bilib.
Mast yuradi doimo.
Aytishicha mast bo'lsa.
Sevgi esdan chiqarmish.
Mana shuni kashfiyot deb.
Sobir alkash icharmish.
Bir tomondan u xaqdek.
Ichsang davo toparsan.
Lekin juda yomoni.
Oxiratni yoparsan.
Bu o'lmagur Sobirbek.
Qo'shnimizni sevardi.
Ichib olsa bechora.
Biz tomonga kelardi.
Erta tongda u kayf.
Kochamizda yuribdi.
Bir qo'li yo'q ko'ylagu.
Yirtiq shimda turibdi.
Qo'lini arang kotarib.
Qo'shni uyni ko'rsatar.
Ovoz keladi uydan.
*bu kuningdan bo'l battar*
Chiday olmay bechora.
Boshin egib ketadi.
Shu bilan u piyoda.
Tunda uyga yetadi...
U yegan kaltaklarni.
Xatto itam yemagan.
Lekin, kuni yo'qki xech.
Ko'chamizga kelmagan.
Sovuq qishmi, yomg'ir kuz.
Xar kuni u keladi.
Shuncha yillar o'tsa xam.
U qo'shnimni sevadi.
Bazida u alamdan.
Ko'z yoshlarin to'kadi.
Yuraksiz qo'shnilarim.
Chin oshiqni so'kadi.
Bechora chindan sevsa.
Yana u mi ayibdor.
Aslida Sobir emas.
Mani qoshnim gunoxkor.
Ko'chada ko'rib kecha.
Gapga soldim o'zimcha.
- Bugun dam olmabsizda.
- Kelmasam bo'lmasdida.
Homush edi nigoxi.
Umidini uzgandi.
U tirik ediku lek.
Orzulari o'lgandi.
Unga judayam qiyin.
Buni yolg'iz men bildim.
Kelgan edi dardlashgim.
Qandaydur xazar qildim.
O'sha kun esdan chiqmas.
Kelib ketdi xo'rligim.
Sobir oshiq yotardi.
It xidlardi o'ligin.
Qaxraton qish kunida.
Sobir o'ldi xor bo'lib.
U makon bilgan ko'cha.
Qolgan endi tor bo'lib.
Oynadan termulgancha.
Qo'shnim xarkun yiglaydi.
Hursand bo'ling qo'shnilar .
Sobir endi kelmaydi.
(janob-prikol)