Четверг, 21.11.2024, 21:50
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Март » 25 » 3G modem narxi qancha? +“3G Wi-Fi router Bilayn”ni taqdim qiladi
09:46
3G modem narxi qancha? +“3G Wi-Fi router Bilayn”ni taqdim qiladi
Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK) Internet tarmog‘iga Wi-Fi orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta uskunadan ulanishning yangi imkoniyatini taqdim qiladi.

"Individual foydalanish uchun mo‘ljallangan USB-modemdan farqli ravishda, 3G Wi-Fi router Internentga bir vaqtning o‘zida bir nechta uskunadan ulanishning imkonini beradi, – voqeani sharhlaydi Unitelning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktori Erkin Achildiev. – Uning yordamida hatto yo‘lda, tok manbaiga ulanmagan holda ham osonlik bilan hamkasblaringiz uchun Internetga chiquvchi Wi-Fi lokal tarmog‘ini tashkil qilish mumkin”.

Mobil "3G Wi-Fi router Bilayn” GPRS/EDGE/UMTS/HSDPA uyali tarmoq signalini qabul qiladi va uni Wi-Fi orqali tarqatadi. Undagi litiy-polimerli batareya routerni yo‘lda, tok manbaidan uzoq bo‘lgan joylarda ishlatish imkonini beradi.

Uskunaning texnik xossalari:

• GSM/GPRS/UMTS 850/900/1800/1900/2100/900 MGs tarmoqlari qo‘llaniladi
• Ma’lumotlarni qabul qilish tezligi – 7,2 Mbit/s gacha, yetkazish – 5,76 Mbit/s gacha
• 5 ta uskunaga simsiz Wi-Fi 802.11.b/g router: kompyuter, smartfon, planshet, o‘yin ilova va shu kabilar
• USB 2.0 port
• Ma’lumotlarni shifrlash: WEP, WPA, WPA2
• 32 Gb gacha bo‘lgan MicroSD kartalari qo‘llaniladi
• Amal qilish radiusi 50 metrgacha
• Akkumulyator yordamida 6 soatgacha avtonom ishlaydi
• Windows 2000/XR/Vista/7 32/64 Bit, Mac OS X 10.4 va undan yuqorisi qo‘llaniladi
• Hajmi: 98,5 x 54 x 13,9 mm
• Og‘irligi – 80 g.

Uskuna faqatgina "Bilayn” SIM-kartasi bilan ishlatishga mo‘ljallangan. Ulanish bahosi – $192.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

MTS
«МТS 3G Modem» — 45 000 so’m
«МТS 3G Modem Turbo» — 50 000 so’m
UCELL


Modem Sovg’a!
"Ucell Modem" to'plami

"Ucell Modem Plus" to'plami


Ikkita "Max 5000” Internet to’plamini faollashtiring va Ucelldan MF 190V yoki MF 190S 3G modem sovg’asiga ega bo’ling!
Bir dona "Max 5000” Internet to’plamining narxi - $20.

Sovg’aga ega bo’lish uchun, Kompaniya sotuv markazlari yoki dilerlarida Prepaid raqamiga yangi ulanish hosil qilib, ikkita "Max 5000” narxi miqdoridagi pulni abonent hisob raqamiga to’lashi kerak. Abonent hisobida umumiy 60 kunlik amal qilish muddatiga ega ikkita "Max 5000” to’plamlik (10000 MB) trafikga ega "3G Modem” tarifidagi SIM karta bilan birgalikda 3G modemi sovg’a sifatida beriladi.



Uchta "Max 3500” Internet to’plamini faollashtiring va Ucelldan MF 631V yoki MF 631 3G modem sovg’asiga ega bo’ling!
Bir dona "Max 3500” Internet to’plamining narxi - $16.

Sovg’aga ega bo’lish uchun, Kompaniya sotuv markazlari yoki dilerlarida Prepaid raqamiga yangi ulanish hosil qilib, uchta "Max 3500” narxi miqdoridagi pulni abonent hisob raqamiga to’lashi kerak. Abonent hisobida umumiy 90 kunlik amal qilish muddatiga ega uchta "Max 3500” to’plamlik (10500 MB) trafikga ega "3G Modem” tarifidagi SIM karta bilan birgalikda 3G modemi sovg’a sifatida beriladi.






To'plam shartlari:
Aksiya faqat Kompaniyaning sotuv markazlari yoki abonentlarga xizmat ko’rsatish shahobchalarida "3G Modem” va "3G Modem Plus” to’plamlariga amalga oshirilgan ulanishlar uchun amal qiladi;
Mazkur narx Kompaniyaning sotuv markazlarida amal qiladi;
Ulanish uchun abonent o’z fuqarolik pasportini taqdim etishi shart;
"Ucell Modem” to’plamiga ulangan abonentlarga 10000 MB miqdoridagi trafik beriladi (ikkita "Max 5000” trafigiga teng miqdorda);
"Ucell Modem Plus” to’plamiga ulangan abonentlarga 10500 MB miqdoridagi trafik beriladi (ikkita "Max 3500” trafigiga teng miqdorda);
To’plamlarga "3G Modem” tarifi beriladi;
Trafiklar faqat abonent raqami "Faol” (Aktiv) bo'lgan holatidagina sarflanadi;
MF 190V yoki MF 190S modemlarini o’z ichiga oluvchi "Ucell Modem” to’plamiga berilgan trafikning amal qilish muddati ulanish kunidan boshlab – 60 kun;
MF 631V yoki MF 631 modemlarini o’z ichiga oluvchi "Ucell Modem Plus” to’plamiga berilgan trafikning amal qilish muddati ulanish kunidan boshlab – 90 kun;
Berilgan trafiklar qoldig’ini tekshirish uchun *107# raqamiga USSD-so'rov yuborish zarur;
Yangi Max to’plamlarini harid qilish orqali ulanishda taqdim etilgan trafik amal qilish muddatini cho’zish mumkin emas. Shu bilan birgalikda, ulanishda berilgan trafik va yangi harid qilingan Max to’plam trafigi bir biriga qo’shilmaydi;
Ushbu aksiya faqatgina jismoniy shaxslar uchun mavjud;
Modemlardan faqatgina Ucell tarmog’ida foydalanish mumkin;
To'lov O'zR MBning to'lov kunidagi kursi bo'yicha amalga oshiriladi.

Kafolat shartlari:


To'plam shartlari asosida berilgan modemlar kafolat muddati ulanish kunidan boshlab 3 oy;


Ulanish vaqtida kafolat muddati ko’rsatilgan kafolat taloni beriladi;
Категория: Telekomunikatsa | Просмотров: 6031 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Март 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz