Четверг, 26.12.2024, 22:20
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Futbol habarlari [12]
Boks [0]
Tennis [0]
Kikboks [0]
Suzish [0]
Og'ir atletika [0]

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Декабрь » 12 » Manchester Yunayted haqida
13:56
Manchester Yunayted haqida
Klubning rasmiy nomi Manchetser United Futbol Klubi. Tahallusi Qizil Iblislar. Tashkil topgan sanasi 1878-yil, Newton Heath LYT F.K. O'yingoh Old Trafford, Manchester. O'rin soni 76 212 Prezident Gleyzerlar.. Bosh murabbiy Sir Alex Ferguson. Musobaqa Premyer Liga. Manchester United hikoyasi 1878 yilda, Lankashir va Yorkshir Temiryo'llari va Vagon Zavodi ishchilari korxona egalaridan futbol jamoasi tashkil etish uchun ruxsat va homiylik so'ragan kunidan boshlandi
Ruxsat berildi va Newton Heath LYT ("Lankashir va Yorkshir Temiryo'llari" homiyligidagi) klubi dunyoga keldi. U 1885-yilda professional futbol klubi darajasiga yetdi va "Manchester Senior Kubogi" o'yinlarining finaligacha yetib keldi, keyingi yili esa anu shu Kubokni qo'lga kiritdi, bu Manchesterning ilk unvoni edi. Klub Manchester United nomiga 1902-yilda o'zgartirildi. Ularning asosiy raqibi Ardwick edi (keyinroq Manchester City nomi bilan yuritildi). Klubning taqdiri ko'pga cho'zilmadi va 1902-yilda bankrot deb e'lon qilindi. Faqat himoyachi Harry Staffordning urinishlarigina klubni saqlab qoldi. Uning mahalliy pivo zavodi egasi John Davies bilan uchrashuvi omadli bo'ldi va natijada Davies klubni sotib oldi. U klubni hamma qarzlaridan to'laqonli ravishda ozod etdi va Manchester United uchun yangi davrga asos soldi.
1910-yilda John Henry Daviesga hayrihohlik bildirib, klub Bank Streetdagi o'z maydonidan Old Trafford o'yingohiga ko'chib o'tdi. MYUNXEN AVIAHALOKATI Matt Busbyning maqsadi dunyo futboli ustidan ma'lum bir muddat davomida hukmronlik qilish va muxlislarning fikru-hayollarini qamrab olish edi. Ular allaqachon Evropada mashhurlikka erishgandi. 1957/58-yil mavsumi uchta muhim sovrin haqidagi gap bilan boshlandi, ya'ni Premyer Liga, Angliya Kubogi va Evropa kubogini qo'lga kiritish. Lekin taqdir o'z hukmini surib, rejalarini yo'qqa chiqardi. 1958-yil, 6-fevralda Belgraddan Myunxenga uchish chog'ida Elizabethan nomli Britaniya Evropa Aviatransport Kompaniyasiga qarashli samolyot halokatga uchradi va orzular so'ndi. 
United, Red Star Belgrade jamoasi bilan chorak finalning javob uchrashuvini o'tkazish uchun Yug oslaviyaga tashrif buyurdi. Birinchi o'yin Manchesterda 2-1 hisobi bilan United foydasiga hal bo'lgan edi. United darhol uchta gol kiritdi, ammo o'yinning yakunigacha Red Star jamoasi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi, ya'ni 3-3. Ikkita o'yin natijasiga ko'ra Qizillar 5-4 hisobida g'alabaga erishib, yarim finalga yetib kelishdi. Samolyot Belgradni tark etib, Myunxenga yoqilg'i to'ldirish uchun qo'ndi. Ob-havo yomon bo'lganiligi tufayli reys ikki marta bekor qilindi. Muammo shundan iborat ediki yoqilg'i zahirasining hajmi meyoridan oshib ketgan va bu holat dvigatellarning tez ishlab ketishiga olib kelgan. Myunxen Aeroportining balandligi muammoni yanada jiddiylashtirdi. Uchuvchilar uchinchi urinishda bosim bilan kurasha oldilar, ammo vaziyatni anglagan zahotlari uchishni bekor qilish mumkin emas edi, chunki ular V1 tezligida edilar va uchish tezligi birdaniga pasayib ketdi. Samolyot uc
Samolyotning chap qanoti va orqasi uzildi, o'ng tarafda joylashgan parrak chiqib ketib, yo'qilg'i bakini teshdi. Natijada portlash yuz berdi. Rasmiy ma'lumotlar, mudhish voqea uchish yo'lakchasida yig'ilib qolgan qor tezlinkni yo'qotish va qulashiga sabab bo'lgan deb tasdiqladi. Mark Jones, David Pegg, Roger Byrne, Geoff Bent, Eddie Colman, Liam Whelan va Tommy Taylorlar o'sha paytning o'zidayoq hayotdan ko'z yumishdi. Klub kotibi Walter Crickmer, murabbiylar Tom Curry va Bert Whalleylar ham olamdan o'tishdi. Duncan Edwards, Matt Busby va Johnny Berry og'ir jarohat olishdi, lekin Duncan Edwards uch haftadan so'ng bu dunyoni tark etdi.
Johnny Berry va Jackie Blanchflower tirik qolishdi, ammo boshqa hech qachon maydonga tushishmadi. Komandaning ikkita a'zosi, shuningdek ekipajning boshqa to'rtta yo'lovchisi ham o'lgan. Jamoa bilan birga sakkizta sport sharhlovchisi va Angliya Terma jamoasining sobiq darvozaboni Frank Swiftlar ham bo'lgan. Bu kun Angliya futbolining eng katta fojeasiga aylangan kun edi. Ushbu voqea futbol tarihidagi quyidagi aviahalokatlar kabi mudhish iz qoldirdi: 1949-yildagi Superga Aviahalokati, " Torino " klubining butun jamoasi olamdan o'tdi. 1993-yildagi halokat, Zambiya milliy terma jamoasini hayotdan olib ketdi. 
KLUBNI QAYTA QURISH United Myunxen falokatidan keyin Ligada kurash olib bordi , ohirgi 14 o ' yinda faqat bir marta yutib, Ligani 9-o'rin bilan yakunladi. Ular Angliya Kubogini qo'lga kiritish uchun finalgacha yetib borishdi, ammo Boltonga yutqazishdi. Keyingi mavsumda bir necha jarohatlangan o'yinchilar bilan birga Dennis Viollet va Bobby Charltonlarning qaytishi jamoa tarkibini boyitdi. United transfer bozoriga muhtojsiz xolda Ligada 2-o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi. Klubni qayta qurish davrida keyingi mavsumdan boshlab ko'zga ko'ringan o'yinchilar bilan shartnoma imzolandi, bular Denis Law, Pat Crerand va Noel Cantwell edi. 1962-63-yillarda 19-o'rinni egallashlashiga qaramay, United Uyemblida Leicesterni 3-1 hisobida yengib, Angliya Kubogini qo'lga kiritdi.
1963 yil jamoa George Bestning debyut o'yinini ko'rdi. 60 yillarda o'ziga hos trio sanalgan Charlton, Law va Best Manchester Unitedning ga'labali yurishlariga sabab bo'lgan kuchi edi. United o'sha mavsumni ikkinchi o'rin bilan yakunladi, 1964-65-yillar esa kiritilgan gollar evaziga Leedsdan ustun kelib Ligani qo'lga kiritdi. Klubni qayta qurish yakunlandi, jamoada Myunxen voqeasidan omon qolganlardan faqatgina Bobby Charlton va Bill Foulkes bor edi. O'sha mavsum boshqa sabablar tufayli ham muhim rol o'ynardi, chunki Angliya 1966-yilgi Jahon Chempionatiga mezbon edi. Old Trafford esa uchrashuvlar o'tadigan o'yingohlardan biri va hukumat uni tamirlash uchun mablag' ajratdi. United 1966/67-yilgi mavsumda, Evropa Kubogiga yo'llanma beruvchi liga titulini qo'lga kitritdi. Murabbiy Atkinson o'z vazifasidan ozod etilganidan so'ng, 1986-yil, 6-noyabrda Alex Ferguson Aberdeen klubidan taklif etildi.
United 19-o'rinda borayotgan edi, lekin Ferguson mavsumni 11-o'rinda yakunlashga muvaffaq bo'ldi. O'sha yozda Ferguson bir qancha mashhur o'yinchilar, Viv Anderson, Brian McClair, Steve Bruce va Jim Leightonlar bilan shartnoma imzoladi. 1988/89-yilgi mavsumda United omadsiz o'yinlar seriyasini davom ettirib, mavsumni 11-o'rin bilan yakunladi. Ferguson bir qancha yosh o'yinchilar bilan tanishishni boshladi va Gary Pallister, Paul Ince va Danny Wallace kabi o'yinchilarni sotib oldi. United azaliy raqibi bo'lmish Manchester Cityga 5-1 hisobida yutqizgach, Ferguson tanqid ostiga olindi. 1990-yil, yanvar oyida United 20 ta klub orasida 15-o'rinda borayotgan edi, Ferguson deyarli lavozimidan ozod etilmoqchi bo'lib turganda, u Unitedni g'alaba sari boshladi va Angliya Kubogini yutib, tanqidlarga chek qo'ydi va klub tarihida omadli davr boshlandi. 
Ligani 13-o'rinda yakunlash albatta fanatlar ko'nglini hira qildi, lekin keyingi mavsumda kutilgan o'rinni egallaydi degan ishonch yuqori edi. Navbatdagi mavsumda, United ligani 6-o'rin bilan yakunladi va Angliya Kubogida ham 5-davradan bahslarni to'htatdi. Lekin Rotterdamda Evropa Kubog Egalari Kubogining Barcelonaga qarshi uchrashuvida Mark Hughes sobiq jamoadoshlari darvozasiga 2 ta top yo'llab, MU g'alabasini ta'minladi, 2-1. Ular Liga Kubogi bahslarida ham finalgacha yetib kelib, Ikkinchi Divizion vakili Sheffield Wednesdeyga yutqazib ikkinchi o'rin sohibi bo'lishdi. Keyingi mavsumda Nottingham Forest klubini mag'lub etib Liga Kubogini qo'lga kiritdi. Premyer Ligada esa Leedsdan keyin ikkinchi o'rinni egalladi va hattoki Angliya kubogini yutib oldi. 
1991-92-yilgi mavsumda 18 yoshli Ryan Giggs va darvozabon Peter Schmeichel jamoaga taklif etildi 1998-99-yillar Mancheter United tarihidagi eng omadli mavsumga aylandi. Ular bitta mavsumda Premyer Liga, Angliya kubogi va Chempionlar Ligasi sovrinlarini qo'lga kiritishdi va xet-trikga erishgan birinchi va yagona Angliya jamoasi bo'lishdi. Premyer Ligadagi og'ir mavsumning so'nggi kunida, Manchester United Tottenham jamoasini 2-1 hisobida yutib, Liga sovrinini qo'lga kiritdi. Premyer Liga sovrinini qo'lga kiritish xet-trikning birinchi qismi edi va Alex Fergusonning fikricha bu qism eng og'iri hisoblanardi. Angliya Kubogi finalida MU Newcastle bilan uchrashdi. Teddy Sheringham va Paul Scholes gollari evaziga 2-0 hisobida zafar quchishdi. Mavsumning eng ohirgi uchrashuvida ya'ni Chempionlar Ligasi Finalida o'sha davrning yengilmas jamoalaridan biri nomini olgan, Bayern Munich bilan yuzlashdi. O'yinning boshidanoq Mario Basler jarimadan top kiritdi. O'yinga qo'shimcha 3 daqiqa qo'shib beri
MU burchak topi ishlab oldi va o'sha kuni klubda ohirgi o'yinini o'tkazayotgan jamoa darvozaboni va sardori bo'lmish Peter Schmeichel ham raqib jarima maydoniga yetib keldi. Burchakdan oshirilgan topni Teddy Sheringham darvozaga yo'llaganida, Bayern Munich a'zolari gangib qolishdi. Bir daqiqa o'tar - o'tmas, United yana bitta burchak topi ishlab oldi, va uzatilgan topni Ole Gunnar Solskjaer darvozaning yuqori qizmiga yo'lladi. Muhlislar bu goldan larzaga kelib, quvonchlari ichiga sig'masdan, joy topolmay qolishdi.
O'sha ikki daqiqa MU tarihidagi eng hayratli daqiqalarga aylandi. Ferguson futbol sohasidagi qilgan hizmatlari uchun munosib ravishda taqdirlandi. 2005-yil 13-may kuni amerikalik biznesmen Malcolm Glazer o'zining Red Futbol Ltd. nomli investitsiya mexanizmi orqali narxi taxminan 800 million funt sterlingga (ya'ni 1.5 milliard dollar) baholangan klub aktsiyalarining nazorat paketini qo'shib olish jarayonida sotib oldi. 16 may kuni u o'z aktsiyalari hissasini klubni birja bozori ro'yhatidan olib tashlab uni yana husisiy mulkka aylantirishga kifoya qiladigan miqdor, ya'ni 75 foizga yetkazdi. U o'zining bu rejasini 20 kun ichida e'lon qildi. 8-iyin kuni esa u o'z o'g'illarini Manchester Unaytedning boshqaruv kengashiga noijrochi direktorlar qilib tayinladi. 2006 yil iyul oyida klub qayta moliyalashtirish paketini e'lon qildi.
Avval Glazerlar oilasi tomonidan klubni moliyalashtirishga ishlatilgan debitor hisoblar, klub va oila o'rtasida teng ikkiga bo'lindi, ammo endi ularning hammasi klubning ihtiyorida bo'ladigan bo'ldi. Umimiy miqdori 660 million funt sterling, va bunga to'lanadigan foiz stavkalari yiliga 62 million funt sterlingdan iborat bo'ladi. Bu esa foiz stavkalari to'lovlarining 30 foizga kamayishidir. Newton Heath paytida, klub formasining ranglari sariq va yashil edi. Bu chiziq 1990-yilga kelib, klubning 100 yilligiga nishona tarzida, formaning komplektiga qo'shilgan.
MUnng eng nomdor uy formasi qizil futbolka, oq shorti va qora paypoq hisoblanadi. Mehmondagi kiyimi odatda oq futbolka, qora shorti va oq paypoqdir. Klubning uchinchi, butunlay ko'k rangdagi kiyimi ham mavjud, lekin klub shuningdek, butunlay qora rangdagi kiyimini ham ishlatadi. Ammo 1995-96-yilgi mavsum davomida bir marotaba kulrang kiyim kiygan. Bu kiyimini kiyib, MU g'alabaga erisha olmagach, klub mazkur rangdagi kiyimdan voz kechgan. Southamptonga qarshi o'yinda birinchi taymning o'zidayoq MU 3-0 hisobida ortda qolayotgan edi, ammo ko'k va oq rangli kiyimga almashtirishgandan so'ng, yakuniy hisob 3-1 bo'ldi. O'yinchilarning fikricha, kulrangdagi kiyim ko'rimsiz bo'lgan, va o'ziga yarasha omadsiz natijalarga yetaklagan.
Hozirgi paytda ularning futbolkalarida bosh homiy AIG va Nikening ramzlari oq rangda ifodalangan. Kiyimning old yuqori chap qismida Manchester Unitedning ramzi, o'ng qismida Nike savdo belgisi va past chap qismida esa, "The Red Devils" (Qizil Iblislar) yozuvi joylashtirilgan. Orqa qismida o'yinchining ismi va raqami oq rangda va qora chiziq bilan o'ralgan. Raqamning tepa va past qismida "qizil iblis" ramzi va "MUFC" so'zi oq rangda va qora rangli chiziqda yuritilgan. Shorti oq va qora rangda, getr esa faqat qora rangdan iborat. Kiyim maxsus Nike Dri-FIT materialidan ishlangan bo'lib, u o'yinchilar uchun juda ham qulaydir. Havoni yaxshi o'tkazadi va bu o'yinchilar o'zlarini yaxshi his qilishlariga zamin yaratadi
. Klub ushbu kiyimini ilk bor 2007/08-mavsum oldi "Urava Red Daymonds" klubi bilan bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvida kiyib chiqdi. Manchester Unitedning ramziga bir necha marotaba o'zgartirishlar kiritilgan, ammo ohirgi shakli bugungi kundagidek. Ramz Manchester shahrining emblemasidan kelib chiqqan. Ramzdagi Iblis ifodasi klubning "Qizil Iblislar " tahallusidan olinga. Mazkur ramz fikri 60-yillardan keyin Sir Matt Busby tomonidan ilgari surilgan. 1960-yillarning ohirida iblis siymosi klubning dasturiga kiritiladi va faqatgina 1970-yillarga kelib MU ramziga kiritilgan.
1998-yilda ramz qaytatdan loyihalashtirildi. QO'LGA KIRITILGAN SOVRINLAR Premier League/Premyer Liga 1907-08, 1910-11, 1951-52, 1955-56, 1956-57, 1964-65, 1966-67, 1992-93, 1993-94, 1995-96, 1996-97, 1998-99, 1999-00, 2000-01, 2002-03, 2006-07, 2007-08 FA Cup/Angliya Kubogi 1909, 1948, 1963, 1977, 1983, 1985, 1990, 1994, 1996, 1999, 2004 League Cup/Liga Kubogi 1992, 2006, 2009 FA Charity/Community Shield 1908, 1911, 1952, 1956, 1957, 1965*, 1967*, 1977*, 1983, 1990*, 1993, 1994, 1996, 1997, 2003, 2007
League Cup/Liga Kubogi 1992, 2006, 2009 FA Charity/Community Shield 1908, 1911, 1952, 1956, 1957, 1965*, 1967*, 1977*, 1983, 1990*, 1993, 1994, 1996, 1997, 2003, 2007 European Cup - UEFA Champions League/Evropa Kubogi- UEFA Chempionlar Ligasi 1968, 1999, 2008 UEFA Cup Winners' Cup/Kubok Egalari Kubogi 1991 European Super Cup/Evropa Super Kubogi 1991 Intercontinental Cup/World Club Championship/Halqaro Kubok 1999 Klublar O'rtasida Jahon Chempioni/FIFA Club World Cup 2008 KLUB REKORDLARI Ligadagi Rekord yutuq: MU - Wolves 10-1 , 1-Divizion, 15-Oktyabr, 1892-yil Premyer Ligadagi Rekord yutuq: MU - Ipswich Town 9-0, 4-Mart, 1995-yilda Evropa Kubogidagi Rekord yutuq: MU - Anderlecht 10-0 , Evropa Chempion Klublari Kubogi, 26-Sentyabr, 1956-yil UEFA Chempionlar Ligasidagi Rekord yutuq: MU - AS Roma 7-1, 10-Aprel
2007-yil O'z maydonidagi Rekord yutuq: MU - Anderlecht 10-0 , 26-Sentyabr, 1956-yil Mehmondagi Rekord yutuq: MU - Nottingham Forest 8-1, 6-Fevral, 1999-yil Eng ko'p muhlis tushgan uy rekordi: 83,250, MU - Arsenal, 1- Divizion, Maine Road o'yingohida, 7-Yanvar, 1948--yil Eng ko'p muhlis tushgan Liga rekordi: 76,098 Old Traffordda, MU - Blackburn Rovers, 31-Mart, 2007-yil. Eng ko'p g'alabali yurish: 45 (barcha musobaqalar bo'yicha), 1998-yil 24-Dekabrdan, 1999-yil 3-Oktyabrgacha Eng ko'p maydonga tushgan o'yinchi: 754 Bobby Charlton Ligadagi eng ko'p maydonga tushgan o'yinchi: 606 Bobby Charlton Eng ko'p urilgan gollar: 247ta Bobby Charlton tomonidan 
Ligada eng ko'p kiritilgan gollar: 199ta Bobby Charlton tomonidan Mavsumdagi eng ko'p kiritilgan gollar: 32ta Dennis Viollet tomonidan, 1-Division, 1959-60-yillar Mavsumdagi hamma musobaqalarda kiritilgan go'llar: 46ta Denis Law tomonidan, 1963-64-yillar O'yindagi eng ko'p gol: 6ta barchasi George Best tomonidan, MU - Northampton Town , 7-Fevral 1970-yil / Harold Halse tomonidan MU - Swindon Town, 25-Sentyabr, 1911-yil Evropa musobaqalarida kiritilgan eng ko'p gol: 38ta Ruud van Nistelrooy tomonidan Ketma - ket Liga o'yinlarida kiritilgan gollar: 10 ta ketma-ket bo'lib o'tgan o'yinlarda, Ruud van Nistelrooy tomonidan.
2003-yil 22-Martdan 23-Avgustgacha Eng yuqori transfer harid: 31.12 million funt sterling, Rio Ferdinand, 2002/2003 Mavsumdagi eng ko'p Liga gollari (klub tomonidan): 103ta 1956/57, 1958/59 Mavsumning 42ta o'yinidagi eng ko'p ochko: 92ta - 1993/94 Mavsumning 38ta o'yinidagi eng ko'p ochko: 91ta - 1999/2000 Eng ko'p jamoa sardori bo'lgan o'yinchi: 129 marta, Peter Schmeichel Eng tez gol: 15 soniyada Ryan Giggs tomonidan, MU - Southampton, Premyer Liga, 18-Noyabr, 1995-yil Eng tez to'rtta gol: 13 daqiqada Ole Gunnar Solskjaer tomonidan, MU - Nottingham Forest , Premyer Liga, 6-Fevral, 1999-yil
Категория: Futbol habarlari | Просмотров: 2443 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Декабрь 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz