Среда, 24.01.2018, 00:52
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 237

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Сентябрь » 8 » Sevgi - bu sevilish emas
13:59
Sevgi - bu sevilish emas

- Sizningcha, sevgi nima? Agar tarix boshidan beri daholar-u, shoirlar javob berishga intilgan – ammo hech bir mukammal ta’rif aytilmagan tuyg’u nimaligini ayta oladi deb bu savolni bergan bo’lsangiz – mayli, javob berishga urinib ko’ray. Keling, avval Yaratganga bo’lgan sevgidan boshlaylik. Allohga sevgi – bu shaksiz va shartsiz Yaratuvchi, uning qudrati va marhamatiga ixlos va mehr. Bu hammaga ayon. Lekin ba’zilarimiz o’zimiz bilmagan holda Yaratganga bo’lgan sevgimizga xiyonat qilib qo’yamiz. Masalan, internetda yoki uyali aloqa vositalarida "Allohning mo’jizalari” rukni ostida videolavhalar ko’p uchraydi. Juda ko’p tanishlarimda ham shundaylarini ko’rganman. Bir tanishimda shunday materiallardan kattagina uyum to’plangan ekan. Mening qiziqishimni payqab, u birma-bir hammasini menga ko’rsata boshladi. Birida qatlab qo’yilgan joynamoz huddi namoz ado etayotgandek tasvirga olingan. Boshqasida ko’z shaklidagi bulut tasvirlanib, lavha chetida "U hamma narsani ko’rguvchidir” deb yozilgan. Xullas, "Alloh” deb o’kirgan she’rlar-u, duo o’qigan to’tilargacha ko’rdim. Ko’rdim-u – dahshatga tushdim! Nahot, odamlarning e’tiqodi, Yaratganga bo’lgan sof ishqi shunchalar susayib ketgan degan vahima bosdi. O’zingiz o’ylab ko’ring – bunday soxta belgilarga yaqqol mo’jizalar kabi qarab, o’zidagi ishonchni mustahkamlash kimga kerak? Nima, bu narsalarni o’zi ko’rib, boshqalarga ham ko’rsatib, lol qolib bosh chayqab, tavba keltirib yurganlar ana shunga o’xshagan "mo’jizalarni” ko’rib turmasa, Xudoga ishonmay qo’yadimi? Nahotki, Tangriga bo’lgan sevgi Uning mavjudligini tasdiqlovchi dalillarga asoslansa? So’zlarim o’ta ochiq, shafqatsiz tuyilishi mumkin. Ammo men hech kimni qoralamoqchi emasman. Birovni tanqid qilishni istamayman – buning gunohi og’ir. Menimcha, Allohga sevgi hech bir shartsiz bo’lishi lozim. Men Xudoga ishonaman – va buning evaziga hech narsaga umidvor emasman. Men uchun Tangri o’z qudratini foniy mo’jizalar bilan tasdiqlab turishi shart emas – uning mavjudligiga men shusiz ham ishonaveraman. Aslida bizga mo’jiza kerak bo’lsa, uzoqqa borishimiz shart emas – har birimiz bir mo’jizamiz. Xudoning borligini bilib, anglab turadigan aqlimiz, buni his etadigan qalbimiz borligi mo’jiza… Endi insoniy sevgiga o’tsak. Bu yerda ta’rif quyidagicha: sevgi – bu bir insonning boshqa inson yoki atrof dunyo tarkibidagi istalgan narsaga hech bir sabab, shart va manfatsiz paydo bo’lgan sof mehri yoki mehr ko’rsatish ilinji. Shunday ekanini hamma biladi – ammo shunday sevgini har kim ham ko’ra bilmagan. Ta’rifda "sababsiz, shartsiz va manfatsiz” deyilishi bejiz emas. Hayron bo’lishingiz mumkin – qanday qilib kishi biror narsani yoki kimnidir sababsiz sevishi mumkin deb. Ammo sizning sevgingizga sabab yo’q – siz shunchaki sevasiz, yuragingiz shunchaki sevadi. Masalan, men anorni juda yaxshi ko’raman. Xo’sh, nima uchun uni yaxshi ko’raman? Mana shu savolni berishim bilan mening anorga bo’lgan munosabatim sevgi emas, tobe’lik munosabatiga aylanib qoladi. Qalbning odati shundayki, u bir ishni qilishni istaydi va uddalasa – qiladi. U bu ishni nima uchun qilishi kerakligi unga ahamyatsiz. Sevgida ham huddi shunday – u biror kim yoki narsani sevadi – va tamom. Buning sababi, sharti va manfatini aniqlash aqlga kerak – u hamma narsani mantiqan asoslab, sabab-natija aloqasini keltirib chiqarishga ko’nikkan. Aytganlarim umumiy ma’nodagi sevgiga ta’luqli bo’lsa ham, ikki inson o’rtasidagi (yoki bir tomonlama) ishq-muhabbat ham huddi shu tamoilga ega. Farhod-u Shirinlar, Romeo va Julettalar sevgisi – to’laqonli sevgi emas, mening nazdimda. Chunki unda sevishganlar bir-birlariga va sevgilariga shart yuklab sevishgan: "Agar sen meni sevsang, men bilan birga bo’lasan”, "Agar men sen bilan birga bo’lmasam – unda o’laman”, "Biz bu dunyoda bo’lmasa, u dunyoda albatta topishamiz”. Bunda ikki shaxs o’rtasida sof tuyg’u emas, tobe’lik bor – yoki biri boshqasiga qaram, yoki, eng yomoni, ikkisi bir-biriga. Afsuski, sof ko’rinishdagi sevgi juda kam uchraydi hayotda. - Demak, aytaylik, men bir qizni yoqtirib qolsam, unga erishishga harakat qilmasligim kerak ekanda? Nimaga endi? Bemalol harakat qilavering. Sevgan narsasiga erishishga intilish – tabiiy harakat. Faqat bunda to’g’ri yo’ldan borsangiz bo’ldi. Keling, avval bir tomonlama sevgini ko’raylik. Bu odatdagi javobsiz sevgi holati. Siz kimnidir sevasiz – ammo u sizni sevmaydi. Xo’sh, u sizni sevishga majburmi? Bu savol sizga g’alati tuyulmasin. Axir, men anorni yaxshi ko’rsam, anor ham meni yaxshi ko’rishi kerak degani emas-ku. Siz "Axir, men uni sevaman-ku – nimaga u meni sevmaydi?” deyishingiz mumkin. Mana sizga sof sevgi – siz uni u ham sizni sevishi uchun sevasizmi? Unutmang – sevgi bu sevilish emas. - Sevgan insonimdan meni sevishini talab qilmasam, unga qanday erishaman? Talab qilmang – unga sizni sevish erkinligini in’om qiling. Bu nima degani? Bu sevgan odamingizga sizning muhabbatingiz malol kelishini emas, maroq berishini ta’minlash degani. Unga sevishingizni ayting – ammo evaziga hech narsa so’ramang, biror narsaga umidvor bo’lmang ham. Mana sizga ikki holat. Birida siz sevgan insoningiz bilan ko’rishdingizda, unga "Men sizni sevaman va siz ham meni sevishingizga umidvorman” dedingiz. Bu bilan siz unga yuk yukladingiz – burch yukini. Axir, sizga birov u sizdan umidvor ekanini aytsa, o’zingizni mas’uliyat yukini olganday his qilmasmidingiz? Ikkinchi holatda siz unga "Men sizni sevaman. Shunchaki, sevaman” deb aytdingiz. Unda mas’ullik hissi uyg’onmadi – aksincha, unga bo’lgan bu e’tibordan mamnun bo’ldi. Axir, sizni birov shunchaki, hech narsaga da’vo qilmasdan, evaziga hech narsa so’ramasdan sevsa – bu sizga yoqmasmidi? Xullas, javob sevgiga erishish uchun shunchaki seving – sevilishga intilmang. Ana shunaqa.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 2028 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Сентябрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2018Создать бесплатный сайт с uCoz