Пятница, 03.05.2024, 03:27
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Март » 17 » BOSH OG‘RIG‘IGA AYLANGAN TELEFON
08:38
BOSH OG‘RIG‘IGA AYLANGAN TELEFON

Jamoat transportida yurganlar avtobus tramvayda kundalik ko‘ngilsizligu asabbuzarliklarga ko‘p uchrashadi. Yo‘lovchilarning birgina qo‘pol gapi kun bo‘yi kayfiyatingiz buzilishiga kifoya qiladi. Axir hammaning farosat darajasini bir xil deb bo‘lmaydi-da. Kimdir oyog‘ingizni bosib, uzr so‘rashni xayoliga keltirmay bezrayib turaversa, kimdir turtib-surtib o‘tib ketadi. Bular holva, endi yana bitta bosh og‘riq qo‘shilgan: uyali telefon!

Ha, bosh og‘rig‘i desam, hayron bo‘lmang. Ishdan chiqib, uyga yo‘l olarkansiz, transportdagi odamlarning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozi-yu, qahqahasi ham ba’zida g‘ashingizga tegadi. Charchagansiz-da, hech narsa yoqmaydi. Bo‘sh o‘rindiq topilsa-yu, manzilga yetguncha biroz tin olib ketsangiz. Lekin qayoqda?! Odamlarning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘iriga quloqqa tikilgan naushniklardan eshitilayotgan musiqaning ting‘ir-ting‘iri xayolingizni buzadi, sokin xayol surishingizga, asabingiz bo‘shashishiga yo‘l bermaydi. Musiqa ovozi bitta odamning telefonidan eshitilsa mayliku-ya, avtobusda yuzta odam bo‘lsa, shundan kamida o‘ntasi har xil musiqa tinglaydi. Bir tomondan Shakiraning qo‘shig‘i yangrasa, boshqa tomondan Beyons Noulz kuylab turibdi. Bunday musiqani diskotekayu tungi klublarda tinglasangiz ham, bunchalik asabiylashmaysiz (chunki u yerga siz musiqa tinglab dam olishga borasiz), biroq transportda bunday jahon yulduzlarining xizmati asabingizni buzishdan boshqaga yaramaydi. Har tomondan taralayotgan g‘ing‘ir-g‘ing‘irni eshitishga majbursiz. Bunday paytda musiqa va ijrochining ovozi qanchalik yoqimli bo‘lmasin, naushnikdan o‘tib, sizning qulog‘ingizga yetib kelayotgan musiqa arining g‘ing‘illashiga o‘xshaydi, xolos.
Afsuski, uyali telefon ishqibozlari muisqa tinglash bilangina cheklanishmaydi. Yo‘lovchilarning cho‘ntaklariyu sumkalaridagi yoki qo‘llaridagi telefonlar biri olib, biri qo‘yib jiringlaydi. Har tomondan yana har xil musiqa yoki "prikollar” eshitiladi. Bitta telefondan "Asalim, jonim. Qalaysiz?” degan erkalovchi so‘zlar eshitilsa, boshqa birovning telefonidan dag‘al musiqa sadolari yangraydi. Siz esa jimgina eshitishga majbursiz. Asabingiz yana buziladi. Lekin telefon jiringlagandan so‘ng, egasi qo‘ng‘iroqqa javob berishi kerak. Bu esa bosh og‘rig‘ini yanada kuchaytiradi.
Qizlaru yigitlar telefonda munosabatlarni aniqlashtirishni, bir-birlariga dil izhori qilishni so‘nggi paytlarda shunchalik yoqtirib qolishganki, aloqaga qancha pul sarflashayotganini o‘ylab ham o‘tirishmaydi. Axir his-tuyg‘ular mol-davlatdan ustun turadi-da! Biroq uyali telefon operatorlari sevishganlarning bu boradagi mushkulini ham oson qilib qo‘yishgan. Aksariyat tarif rejalarida kirish qo‘ng‘iroqlari tekin. Demakki, kiruvchi qo‘ng‘iroqlarga karmonning ahvolini o‘ylab o‘tirmay, siqilmay bemalol javob berish mumkin. Bu yog‘iga esa... har qancha gapingiz bo‘lsa, gaplashaverasiz. Atrofdagi yo‘lovchilarning hammasi sizning munosabatlaringizga beixtiyor guvoh bo‘layotgani bilan ishingiz yo‘q (Nima bo‘pti, ularning hammasi yetti yot begonalar, ertaga ko‘rasizmi-yo‘qmi, tortinishning nima keragi bor?).
O‘nta odam gaplashsa, o‘n tomondan e’tiboringizni tortadi. Har bir yo‘lovchining muloqoti bir daqiqadan davom etgan taqdirda ham, o‘n daqiqa asabingizni o‘g‘irlaydi. Eng qizig‘i, odamlar xuddi o‘z uyida o‘tirgandek, ovozining boricha gapirishadi. "Ha, falonchi! Yaxshimisiz? Ishlaringiz yaxshimi?..” Savollarning keti ko‘rinmaydi. Yuqorida aytganimdek, yigit-qizlar munosabatlarini oydinlashtirish uchun telefondan foydalansa bormi, suhbat degani yarim soatda ham tugamaydi. Tortinish, qimtinish degan narsa yo‘q. "Avtobusdagilarning bari gaplashyapti-yu, men ham gaplashsam, nima qipti?” — degan o‘y o‘tsa kerak ularning ko‘nglidan.
Yaxshisi, yaqinda guvoh bo‘lgan voqeani aytib beray. Avtobusda ketyapman. Bir qiz telefonda gaplashyapti. "Aka” deb birovga murojaat qilyapti-yu, akaga qilinadigan muomalani sezmadim. Qaysidir dugonasi bilan urishib qolgani-yu, akasining unga nima uchun qo‘ng‘iroq qilgani, nega buning qo‘ng‘iroqlariga javob bermagani, telefonni o‘chirib qo‘ygani sababini yarim soat ham, roppa-rosa qirq besh daqiqa surishtirdi. Surishtirganda ham, butun avtobus eshitadigan qilib. O‘sha qizning yonida o‘tirib ketayotgan ayol bir necha marta ta’nali qarab qo‘ysa ham, qiz parvoyiga keltirmaydi. Qaytaga, "tergovi”ni avjiga chiqardi. Shunda ham o‘zi istagan javobni ololmadi, chog‘i, "Mayli, aka, men hozir avtobusdaman. Uyga borganimdan keyin bemalol gaplashamiz”, — dedi!
Ana shunaqa gaplar. Uyali telefon jamoat transportidan foydalanuvchilar uchun bosh og‘rig‘iga aylanib boryapti, desam, ajablanmang. Bunga o‘zingiz ham ko‘p marta guvoh bo‘lgandirsiz.


manba:hayol.uz
Категория: Ilm-fan | Просмотров: 1380 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Март 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz