Воскресенье, 05.05.2024, 06:12
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Мои файлы [29]

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » Файлы » Мои файлы

Sarob
12.12.2011, 14:01

Sog'inchning sochlari oqarib ketgan, 
Ishonchning ko'ksida toshlar yig'laydi. 
Ishonchning qo'llari endi kesilgan, 
Baxtimning boshini gumon silaydi.


Ruhimning yopingan yagona to'ni, 
Vujudim kuydirar ayovsiz gulxan. 
Alanga, o't chaqnar, qolgan tanimni 
Azoblar ayovsiz, o'zga bir sitam.


Qo'llarim yetmagan olis yulduzlar, 
Ko'ksimga bosh qo'yib aylarmish fig'on. 
Tushim deb suvlarga aytilgan so'zlar, 
Axir, hammasi ham emas-ku yolg'on!


Nahon, quyosh umri shunchalar qisqa, 
Nahotki, oyning yarmi ham zulmat. 
Yo rab! Bugun vafo dorga osilsa, 
Sevgiga go'rkov bo'lar xiyonat.


Sevinchning suvrati sarg'ayib ketgan, 
Kiprikka osilib yoshlar yig'laydi. 
Tirnog'im ostida zindonband shayton, 
Qalbimga hukmdor bo'lmoq istaydi...

Категория: Мои файлы | Добавил: Admin
Просмотров: 713 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz