Пятница, 19.04.2024, 22:59
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizga siz qaysi shaxar hududidan kirasiz?
Всего ответов: 249

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2013 » Январь » 22 » Sen ketarsan
08:04
Sen ketarsan

Yolg’izlik! Bu sen menga qoldirgan eng shavqatsiz… mehrga ega bo’lmagan sovg’a. Bu ”sovg’a”ni qabula qildim… Qabul qildim-u, borimdan ayrildim. Qalbim yig’laydi. U mendan hafa… Juda ham hafa! Uning o’rnida bo’shliqdan o’zga hech qanday his sezayotganim yo’q. Nega? Shu savolni o’zimga - o’zim beraman. Hatoni o’zimdan izlayman… Hatolar, hatolar, hatolar… Nahotki hatolar sabab sevgi nobud bo’lsa, arzimas hato sabab. Ko’zguga boqaman, ko’zlarimga sevgining qotili ko’rinmoqda… Sendan ayrilishimga sababchi insonni ko’rmoqdaman. Sevaman… Achinamano’tgan damlarning yomg’irlarga to’laligiga. Bahorga o’xshar edi sevgimiz, biz esa uni yig’latdik! Sen ketmoqdasan. Ortingga boqishni o’ylaganmisan hech? Menga shu onlarda bir bora bo’lsa ham boqishni, ko’zlarimga to’yib – to’yib termulishni o’ylaganmisan hech? Men-ku seni kutmoqdaman. Ortingdan borishni esa… Bormaslik… bilmadim. Ne qilarim bilmasman hamon. Ketma deya jar solgim keladi. Qarayqol menga?! Eshitmaysan qalbim nolasin.. Tinglamaysan hozir so’zlarim. Sen jimgina ketmoqdasan, uzoqlarga, mendan olislarga. Hozir hayolingda nimalar o’z izini qoldirayotgan ekan a?... Qiziqdim. Meni hayollarim seni qiziqtirarmikan... Ketma! Sen uzoqlashganing sari shu so’z yuragimni holsizlanishiga, nafasim esa siqilishiga sababchi bo’ladi. Ketmagin deb tinmay aytmoqda ahir bu bedor qalbim... Kechir degim keladi, beg’ubor sevgim. Aytay deyman so’zlarim, tinmayin senga. Eshitishing hohlayman, istadim shuni...Tushunishing istadim qalbim so’zlarin, uning nolasin. Ketma deyman, ketmagin...qolgin yonimda. Birga ketaylik uzoqlarga, topolmasin bizni hech kim... dardlar, alamlar...qayg’u va ayriliq. Ko’z yoshlarim qolmadi-ku, qaragin menga. Nega gapirishga kuchim yo’q?! Senga ayta olaman, aytmoqchiman, lekin mador yo’q. Uzoqlashganing sari jon ham tark etayotir tanimni.. Gar boqmasang qayrilib, yuragim urishdan to’xtashi aniq... Qaytaqol jonim, ketmagin hech ham.

 ”To’xta!” .... Nahotki...bu mening ovozim?! Men aytdim! Sen qayrilib qarading. Kutmagandim men...ko’zlaringda yosh, qalbing yig’lardi... Ayriliqdan yonar diling olovlarda. Qaytishni istading, ammo... Nega qaytmading? Men kutdimku, ketishingni istamagandim. Hatolarga, yolg’onlarga aldanding, ishonding-ku sen. Meni haqiqatdan ham yolg’izlikka topshirmoqchi edingmi? Sen hali ham turibsan menga ma’yus termulib... Ilk qadam... Uni sen tashlading, men tomon kelmoqdasan, qaytmoqdasan.. Onlar... Bizni ayamay, o’tib bormoqda. Men kutmay ham so’zladim: ”Ketmagin, jonim”. Sen gapimni eshitmay ham aytding: ”Kechir meni!” .... Yuragingni urishini sezdim, yuragim urishni boshladi... Yo’qotishdan qo’rqqaningni aytib, bag’ringga bosding... Men buni sog’ingan edim... Nega ketishni istaganingni bilgim keldi, sen huddi buni sezganday: ”Meni sevmaysan deb o’ylagan edim”, deb ko’zlarimga boqding.... va men kutgan savolni berding... ”Meni sevasizmi?” ..............

....................... ”Sevaman...”

 ”Seni jonimdan ortiq sevaman, kechir...!!!”

Категория: Sevgi | Просмотров: 2096 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Январь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz