Четверг, 25.04.2024, 19:30
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Сентябрь » 8 » “Odnoklassniki” endilikda video-reklama bilan ham shug‘ullanmoqchi
13:58
“Odnoklassniki” endilikda video-reklama bilan ham shug‘ullanmoqchi

 

"Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i endi video-reklama orqali ham pul ishlab topishga qaror qildi: kompaniya yaqinda o‘zining saytida maxsus "Video” bo‘limini ochdi. Ushbu bo‘lim uchun kontentni "Gazprom-media” xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi "RuTube” ta’minlab beradi.

"Odnoklassniki” prezidenti Ilya Shirokovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu servisdan foydalanish imkoniyati foydalanuvchilar uchun bosqichma-bosqich ravishda ochiladi. Yil oxiriga kelib esa, sayt foydalanuvchilarining har uchtadan bittasi kamida bir marta ushbu xizmatdan foydalanadi, deya taxmin qilmoqda kompaniya rahbari. Foydalanuvchilar o‘zlari yoqtirgan video-rolikni "Klass” tugmachasi orqali do‘stlariga ham ulashishlari mumkin. Servisdan foydalanish bepul.

Hozircha mazkur bo‘limga foydalanuvchilarning o‘zlari tomonidan suratga olingan, professional bo‘lmagan videolar qo‘yiladi. Biroq, "Odnoklassniki” litsenziyali kontent borasida ham muzokaralar olib bormoqda.

Kontent bilan ta’minlash va reklamani sotish ishlari bilan "RuTube” xizmati shug‘ullanadi. "RuTube” bosh direktori Mixail Ilichevning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar bir yillik ekskluziv shartnoma imzolagan. Ushbu shartnomaning muddati keyinchalik uzaytirilishi ham mumkin.

Video-reklamalardan tushgan daromadning ma’lum qismi "Odnoklassniki”ga kelib tushsa, qolgani to‘lig‘icha "RuTube” kompaniyasi hisobiga o‘tadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, "Odnoklassniki” foydalanuvchilari bir oy mobaynida 120-130 millionta video-rolikni ko‘rishlari mumkin. Hozirda "RuTube” saytida bir oyda 150 millionga yaqin video ko‘riladi.

"RuTube” ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili kompaniyalar Runetda reklama qilish uchun jami 531 million rubl sarflashgan. Bu ko‘rsatkich 2009-yilga qaraganda 77% ga ko‘p demakdir. Internetdagi video-reklama bozorida "RuTube”ning ulushi 30% deya baholanmoqda. Shunday qilib, "RuTube” 2010-yilda video-reklamadan jami 160 million rubl (5,3 million $) daromad olgan.

Litsenziyali video mahsulotlarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchi Zoomby.ru va Ivi.ru servislari ham "Odnoklassniki” bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, "Odnoklassniki”ning asosiy raqobatchisi hisoblangan "Vkontakte”da ham video-roliklarni bepul ko‘rish mumkin. Biroq, unda video-reklamalar sotilmaydi.

Avval xabar qilganimizdek, "Odnoklassniki” 2010-yilda reklama biznesidan 662 million rubl (23,3 million $) daromad olgan, pullik xizmatlardan esa – 1,3 milliard rubl.

 


Manba: infoman.uz
Категория: Ilm-fan | Просмотров: 1317 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Сентябрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz