Четверг, 18.04.2024, 20:36
ZERIKISHDAN UMID UZ!!!
 
Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar
Shou biznes
Tibbiyot
Ilm-fan
Telekomunikatsa
Xorij habarlari
Qiziqish hobbi
Tabiat
Oila va jamiyat
Sheriyat
Sport
Sevgi
Elyor Temirov
Foydali maslahatlar
Hikoyalar
Obidjon Obidov
EURO 2012 FOTO
Kashfiyot
Suxbat

Мини-чат
200

Наш опрос
Saytimizda nimalar koproq bolishini xoxlesiz?
Всего ответов: 124

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2013 » Март » 12 » LG videotasvirni simsiz yuboradigan HD texnologiyani namoyish etdi
09:52
LG videotasvirni simsiz yuboradigan HD texnologiyani namoyish etdi

LG videotasvirni simsiz yuboradigan HD texnologiyani namoyish etdi

LG Ultra HD imkoniyatiga ega birinchi video ma'lumotlarni simsiz jo'natish texnologiyasini namoyish qildi.
LG Electronics (LG) kompaniyasi Barselonada bo'lib o'tgan Mobile World Congress (MWC) 2013 anjumanida ilk bor o'zining yetakchi Wireless Ultra High Definition (UltraHD) Transmission texnologiyasini taqdim etdi.
Mazkur yangi avlod mobil texnologiyasi smartfondagi o'yin va boshqa kontentlarni televizor ekranlarida Ultra HD orqali simsiz uzatish tizimi yordamida tomosha qilish imkonini beradi.

"Wireless Ultra HD Transmission innovatsion texnologiyasi yordamida foydalanuvchilar sevimli mobil kontentlaridan Ultra HD imkoniyatiga ega eng ilg'or zamonaviy televizorlar orqali bahramand bo'lishlari mumkin", - deydi "LG Electronics Mobile Communications" kompaniyasi Prezidenti hamda bosh direktori doktor Chong-Seok Pak. - Texnikada o'ziga xos inqilob qilgan LG kompaniyasi sohada o'z  peshqadamligini yana bir karra isbotladi.

Wireless Ultra HD Transmission texnologiyasi smartfon multimedia kontentlarini televizorlarga avvalgi mobil texnologiyalarga qaraganda yanada tez va ravon o'tishini ta'minlaydi. Yangi avlod LG mobil texnologiyasi ushbu vazifani to'xtashlarsiz va ma'lumotlarni yo'qotishlarsiz WiFi tizimini ishlatgan holda amalga oshirish imkonini beradi.

Multimedia kontentini uzatish chog'ida u avtomatik ravishda televizor imkoniyatiga moslashadi, bu esa tasvirni benuqson ko'rsatishni ta'minlaydi.
Bundan tashqari LG Wireless Ultra HD Transmission tizimi avvalgi ma'lumot uzatish texnologiyalaridan farqli o'laroq ikkikarra kam quvvat sarflaydi.
Bunga smartfonning markaziy protsessor va boshqa uskuna tarkibiy qismiga tushayotgan yukning kamayishi yordamida erishiladi.




manba: naesmi.uz

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 938 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Форма входа

Поиск

Календарь
«  Март 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024Создать бесплатный сайт с uCoz